Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (73). 
Sabr bila ko‘p bog‘lig‘ ish ochilur, ishda oshuqqon ko‘p toyilur, ko‘p toyilg‘on ko‘p yiqilur. Ishda 
oshuqmoq yosh o‘g‘lon ishidur, sabr bila ish qilguvchi tajribalig‘ ulug‘ yoshlig‘ kishi ishidur.
Bayt: 
Har kimsaki aylamas oshuqmog‘ni hayol,
Yafrog‘ni ipak qilur, chechak bargini bol.  
Tanbeh (74). 
Razli daniykim, hazl qilig‘i bo‘lg‘ay, kuldurmak uchun tobonning qichig‘i bo‘lg‘ay. Fasaqa xaylida 
muqallideki, g‘arazi el kulgusidur, go‘yo fohishai qahbaning ko‘rganni ko‘rguzgan ko‘zgusidur. Rakik 
hazl ishtig‘olikim bo‘lg‘ay birovning mujibi infioli yomonlarg‘a shiordur va yaxshilarg‘a, andin ordur.


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
60
Mutoyabaki, boisi inbisot bo‘lg‘ay, xushturki, mujibi farah va nishot bo‘lg‘ay. Adosida rakik guftor 
yo‘q, birovga andin xijolat va ozor yo‘q. Ul zarofat va ibbhatdur, andinki o‘tti safohat.
Bayt: 
Tiybat xush erur bo‘lsa daqoyiqdin anga zeb,
Chun bo‘ldi safohat netar ul so‘zni kishi deb.  
Tanbeh (75). 
May ichmak nahy erur tengri qavli, har hol bila aning tarki avli. Oshkor va ko‘p ichmagi nosoz
sharti maxfiy ichmakdur va oz. Oz ichmagi hikmatqa dol maxfiy ichmagi xush ahlig‘a xisol. Yaxshi 
ichmagi xilqati solim elga hol, mutlaq ichmagi ofiyatqa maol.
Ulki «umm ul-xabois»
22
bo‘lg‘ay, anga shefta bo‘lmoqqa ham ummi xaboisi bois bo‘lg‘ay. 
Yamonroq ichguchi anga mag‘lubroq, har necha yamonlig‘i zohir bo‘lsa aning qoshida mahbubroq. 
Badmastqa damodam ichmog‘idin ne bahrkim, odamiylig‘ qatlig‘a ichar qadah-qadah zahr. Har oqshom 
usruklardin xorij tarona, telba itlar ulushqondin nishona. Mastlar orasida bir hushyor - xushyorlar orasida 
bir mast hukmi bor. Manhidur ulki oshkor toat etgay, oshkor ma’siyatg‘a ko‘rkim ne yetgay.
Bayt: 
Kimgakim haq ro‘zi aylabdur tariyqi ofiyat,
Oshkoro aylamas ne toatu ne ma’siyat.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling