Dvigatelni yurgizishdan oldin
Download 0.91 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Traktorlarni boshqarish va nazorat-organlarini o‘rganish
Traktorchi agregatlarni yaxshi bilishi, ayniqsa rul boshqarmasi, tormoz, ilashish muftasi yoki yurish g’ildiraklari nosoz holatda ishlashi mumkin emas. 6.Tunda ishlagan vaqtda traktorni yoritish vositasiz yoki nosoz yoritish vositalari bilan boshqarish ta’qiqlanadi. 7.Traktor dvigateli ishlab turganda rostlash, texnik qarov o’tkazish va nosozliklarni bartaraf etish ta’qiqlanadi. 8.Ish boshlashdan oldin belgilangan maydon tekshirib chiqiladi va xavfli yerlarga ko’rsatgichlar o’rnatiladi. Dvigatelni yurgizishdan oldin: traktorni ko’zdan kechirib, asbob va qo’shimcha buyumlarni joylashtirish; uzatmalar qutisi richagini neytral holatga qo’yish; gidravlik o’rnatish sistemasini boshqarish richagini neytral holatga qo’yish; quvvat olish vali (QOV) ni uzib qo’yish kabi ishlarni bajarish kerak. Yurgizib yuboish dvigatelini o’t oldirish ipini qo’lga o’rash yaramaydi. Traktorni o’rnidan qo’zg’atish uchun traktorchi quyidagilarga rioya qilishi kerak. Traktorchi traktorni yurgizishdan oldin traktor va qishloq xo’jalik mashinalari ostida, zanjir yoki g’ildiraklarning ustida, traktor bilan tirkalgan mashina o’rtasida kishilarning yo’qligiga, tirkovichlar o’z joylarida ekanligiga ishonch hosil qilishi hamda ogohlantirish signali berishi va tirkovichlardan javob signalini olganidan keyin traktorni yurgizishi mumkin. Haydab ketayotgan traktorni to’xtatish oldidan ham signal berish lozim. 1.Yurib ketayotgan traktordan sakrab tushish va chiqish, kabina tepasida, zinada va boshqa joylarda turib ketish, traktordan tirkalgan mashinaga o’tish. 2.Traktorni tepalikda keskin burish. 3.Traktorni boshqarishni boshqa kishilarga yoki yoshlarga topshirish. 4.Traktorni dvigatel ishlayotgan holda qoldirib ketish. 5.Traktor tepalikdan tushib kelayotganda tishlashish muftasini ajratish va uzatmalarni almashtirish, traktorni tik yonbag’irlarda to’xtaish va ko’ndalangigi yurgizish. 6.Odamlarni pritseplarda tashish. Traktordan transport ishlarida foydalanilganda g’ildiraklar oralig’ini (koleyani) keng masofaga qo’yish zarur. Qiyaliklarda ishlayotganda qiyalik darajasi g’ildirakli traktorlar uchun -120, gusenitsali traktorlar uchun -180 dan oshmasligi, traktor to’ntarilib ketmasligi uchun ularni boqarishda juda xushyor bo’lishi kerak. Temir yo’llarning faqat belgilangan joylarida va past uzatmada kesib o’tishga ruxsat etiladi. Mavzu:Traktorlarni boshqarish va nazorat-organlarini o‘rganish Talabalarga traktorning boshqarish va nazorat organlarining asosiy vazifasi va tuzilishini o‘rgatish. TTZ-80.10 (11) traktori Toshkent traktor zavodida ishlab chiqarilgan, 1,4 sinfdagi tortish kuchiga ega. Dvigatel quvvati (80 o.k.) ega. Unda 6 ta oldinga va 3 ta orqaga yurish tezligi mavjud. 1- ilashish muftasi pedali polning chap tomonida joylashgan. Pedal bosilganda ilashish muftasi ajraladi; 2- uzatmlarni almashtirish chap tomon richagi. Richag sharnirli birikmada birikmada uch xil holatga keltiriladi. Bu richag birinchi bo‘lib ishga tushiriladi; 2.1- uzatmlarni almashtirish o‘ng tomon richagi. Richag sharnirli birikmada birikmada uch xil holatga keltiriladi; 3- tormoz pedali polning o‘ng yarmida joylashgan bo‘ladi. Pedal bosilganda traktorning o‘ng tormoz mexanizmi ishga tushadi va tormozlanish signali yonadi; 4- tormoz pedalini birlashtirish pedali. 5- suv radiatori to‘siqlarini boshqarish chambaragi; 6- dvigatelni avariyada to‘xtatish dastagi; 7- rul ustunchasi; 8- rul ustunchasining fiksatsiya dastasi ishchi va yoyiq holatlari; 9- asboblar qutisi; 10- gidrotaqsimlagich boshqarish dastagi; 11- yonilg‘i berish dastagi (o‘ng dasta- osma tizimning asosiy silindrini, o‘rtadagi dasta – o‘ng tirkagich silindirini, chap dasta - chap tomon tirkagich silindrini boshqaradi); Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling