Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (65). 
Kulagach yuzluk xush axloqkim, nifoq kuduratidin bo‘lg‘ay yiroq, gulshani bihisht erur jilvagoh va 
maqomi va firdavsi a’lodur taharruk va oromi. Ochuq yuzidin xaloyiqqa nishot va chuchuk so‘zidin 
ulusg‘a inbisot. Mardumluq bila ko‘ngullarga mahbub va insoniyat bila jonlarg‘a matlub. Osuda andin 
yoru ag‘yorki, mundoq kishi bo‘lsun umridin barxurdor.
Masnaviy:  
Yuzidin ko‘ngullarga ayshu tarab, So‘zidin 
badanlarg‘a daf’i taab.  
Ochug‘ chehrasi toza guldin nishon
Hadisig‘a bulbul bo‘lub jonfishon.  
Tanbeh (66). 
Dushman g‘ururidin g‘am yema va maddoh xushomadin chin demakim, aning g‘arazi o‘z 
maqsudig‘a komdur va munung maqsudi sendin muhaqqar in’om. Agar ikkalasiga iltifot qilmasang va 
qabulin lozim bilmasang, ul o‘z qasdi ijrosidin muattal va tadbiri muhmal bo‘lur va munung madhi 
hajvg‘a mubaddal bo‘lur.


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
58
Masnaviy:  
Birisiga g‘araz o‘z muddaosi,  
Birisi qasdi in’om iltimosi,  
Chun sendin topmadilar hech parvo, Biri 
xasmu biridur hajvoro.  
Tanbeh (67). 
Muvahhish xabarni chindur deb do‘stg‘a yetkurma va birovning aybi voqe’ bo‘lsa yuziga urma. 
Qo‘yg‘ilki, ul chin xabarni dushman yetkursun va tahammul qilki, ul ayb mojarosin aduvsi sursun.
Nazm: 
Ne so‘zdinki, yetgan birovga g‘ubor, Ne 
lozimki, sen qilg‘asen oshkor.  
Qo‘yaberki, qilsun ayon dushmani.  
Ki, bordur adovat aduvning fani.  
Tanbeh (68). 
Xiradmand uldurkim, yolg‘on demas, ammo barcha chin deguluk ham emas. Birovki ko‘zi ahvaldur, 
chun xilqati xoliqdindur - anga ne madhaldur. Bu so‘zni aning yuziga qilmoq izhor bartaqdirki, chindur, 
ammo ne lutfi borki, haq sun’ig‘a e’tirozdur va nohaq birovga xijolat va o‘zungga nodonliq izhoridur va 
bir ko‘ngulga malomat. Bu nav’ vahshatangiz chindin bo‘l yiroqki, muloyamatomiz yolg‘on andin 
yaxshiroq.
Bayt: 
Yolg‘on o‘lsa muloyamatomiz,  
Vahshatangiz chindin angla aziz.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling