Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanbeh ( 104).
- Tanbeh ( 105). Shabob ayyomi zikrida
Tanbeh (103).
Tengri el aybig‘a nozir va sotirdur. Bovujudkim, jazosig‘a qodirdur. Va tengri dushmani ani ko‘rmas va bilmas. Ammo tuhmat bila fosh qilurda taqsir qilmas. Masnaviy: Tengri ishin qilmoq erur farzi ayn Kim, ko‘rubon aylamoq sho‘ru shayn. Ko‘rmoyin ulkim, ishi bo‘hton erur, Bilki bu xislat bila shayton erur. Tanbeh (104). Xiradmandg‘a el xatosidin pand yetar va savob yo‘qlig‘a azm etar, andin burunkim, aning xatosidin pand olg‘aylar va aybin aning yuzig‘a solg‘aylar. Qit’a: Oqil chu ko‘rsa elda xato ijtinob etib, Andin savob yo‘l sari moyil qilur o‘zin, Qo‘ymas aning xatosig‘a el aylab e’tiroz Ayturg‘a yuzi o‘trusida saxvining so‘zin. Tanbeh (105). Shabob ayyomi zikrida Yigitlik umr gulshanining bahoridur va hayot shabistonining nahori. Bu biridin ayshu nishot gullarining ochug‘lug‘i va ul biridin zavqu inbisot uylarining yorug‘lug‘i. Insonning zebu ra’nolig‘i andin va basharning tobu tavonolig‘i andin. Havos va quvog‘a andin quvvat, javorih va a’zog‘a andin sihhat. Ko‘ngulga ishq oshubi andin hodis va sho‘xlar sari oshufta bo‘lmoqqa ul bois. Yigitlarga husnu noz tug‘yoni aning mag‘rurlig‘idin, qarilarg‘a ashku niyoz to‘foni Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 68 aning mahjurlig‘idin. Ko‘z uyi mash’ali andin ravshan va yuz bog‘i anjumani andin gulshan. Nozaninlar husni istig‘nosig‘a sabab ul va ishqoyinlarg‘a ishq balosidin mujibi ranju taab ul. Zabardastlar boshida mulk havosi sho‘ri andin va zeridastlar ayog‘ida ham mulkdin jalo bo‘lib qochmoq ro‘zi andin. Chobuklar aning natijasidin maydonda takovar chopib, balki ul takovar ham aning nash’asidin maydonda yugururga quvvat topib, ma’siyatdin nafsg‘a yigitlikda kom topmoq ham ibodatdin ruhg‘a yigitlikda biyik maqom topmoq. Xarobat ahlig‘a rindliq va mastlik yigitlikda dilpazir va munojot ahlig‘a porsolig‘ va xudparastlig‘ yigitlikda benazir. Ruboiy: Ahbob, yigitlikni g‘animat tutunguz. O‘zni qariliq mehnatidin qo‘rqutunguz. Oyini adovatu hasaddin o‘tunguz, Har nav’ ila o‘zni necha kun ovutunguz. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling