Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
www.ziyouz.com kutubxonasi
70 Pir amrini qilmasa, keraktur tag‘yir, Onsiz qadam ursa, angla makru tazvir, Mal’un desa behrakki, desalar be pir. Tanbeh (108). Safar manofii zikrida Arzi sokin qayda va sipehri davvor qayda va turobi mutamakkin qayda va kavkabi sayyor qayda?! Ul biri sukundin xoksorlar poyandozi bo‘ldi va bu biri taharrukdin sarafrozlar sarafrozi. Ranj va mashaqqat moyai tavozu’ va adabdur va safar ranj va mashaqqatg‘a sabab. Safar ko‘rai gudoz va so‘zdur va ul gudoz va so‘z erning vujudi oltunig‘a iyoranduzdur. Safar mahjurlarni matlubig‘a yetkurguvchi va mahrumlarni murod uyig‘a kivurguvchi va xomlarni pishirguvchi va taomlarni singurguvchi. Olam g‘aroyibidin bahra yetkurguvchi va ofarinish ajoyibig‘a ittilo’ berguvchi. Buzurgvorlar mazorati fayzig‘a musharraf va mukarram bo‘lmoq safardin va fayzosor eranlar xizmatig‘a muazziz va muhtaram bo‘lmoq safardin. Solikning atvoriga andom berguvchi safar, ko‘ngulning har sari havo qilurig‘a orom berguvchi safar. Musofirni manozillardin boxabar qilg‘uvchi ul, ul marohilg‘a rahbar qilg‘uchi ul. Issiq-sovuqdin jong‘a intiboh berguvchi ul, achchig‘-chuchukdin ko‘ngulni ogoh qilg‘uvchi ul. Safar vodiysida musofir ayog‘ig‘a dardu balo tikanlari ko‘p sonchilur, lekin har tikandin maqsud guli ochilur. Yo‘l emgagi shiddatidin badani ko‘p tovshalur va vujudi rohravlar ayog‘ig‘a to‘shalur va a’zosi ul ayog‘ ostida ushalur, ammo ko‘ngli buzug‘lug‘lari yasalur, va ruhi ko‘zgusi safo olur. Har kishvarning oroyishini va har manzilning osoyishini safar ahlidin so‘r va musofirdin ko‘r. Safar qilmag‘on orom farog‘atin qayda bilsun va g‘urbat chekmagan vatanda kom rafohiyatin ne nav’ ma’lum qilsun. Daryoki sokindur, suyidin yutsa bo‘lurmu va ro‘dkim mutaharrikdur, zuloli tarkin tutsa bo‘lurmu? Taharruk ahlig‘a hayotdin asardur va jamodot xayli tiriklik nishonasidin bexabar. Bu sayr agarchi zohir sayridin hikoyatdur, ammo haqiqat yo‘li sayru sulukidin qinoyatdur. Ul maxsus emas sukun va harakatg‘a, muqayyad emas batiy sur’atg‘a va ani debdurlarki, anjumanda xilvat va vatanda sayr va harakat. Qit’a: Bu jamoatdurki, manzilgohdin olmay qadam, Ko‘z ham ochmay ul tarafkim, olami kavnu fasod. Bahrdin zavraqni tortarlar tutub sohil sargi Kim, ani g‘arq etgali yetkurmish bo‘lg‘ay tundu bod. Ruboiy: Yorabki, bu qavmkim erur xizrqadam, O‘lgan ko‘ngul ehyosi uchun isodam. O‘lgan va itganlarga qilib lutfu karam, Yetkurgandek yetkur mening boshima ham. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling