Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
Tanbeh (127).
Kafshsizlikdin malul bo‘lmag‘il, ayog‘sizlarg‘a boqib shukr qil. Dastor yirtug‘lug‘idin g‘am yema, boshi yorug‘larg‘a boqib tengri hamdidin o‘zga dema. Tanpo‘shung durust bo‘lmasa tandurustlug‘ungg‘a shokir bo‘l, iching quvvatig‘a g‘izo topmasang, ich og‘rig‘in yo‘q shukrig‘a zokir bo‘l. Kisangda agar diram yo‘q, ko‘nglungda kisabur g‘ami ham yo‘q. Iflos mashaqqatin burjlulug‘ung yo‘qidin unut, har holda shukr va qanoat tariqin berk tut. Agar oting yo‘qtur, arpa g‘amin yemassen. Agar qulung yo‘qtur, kishi quli xud emassen. Qamar kursig‘a ilking yetmasa, qo‘g‘lama, o‘tmak ham mag‘namdur. Zarbaft baholi libosi bo‘lmasa, farog‘at bo‘ryosi qachon andin kamdur. Agar shunqordek boshingda zardo‘zluk tumog‘adin toj emasdur, shukr qilkim, ko‘zung yoruq dunyoni ko‘rarga muhtoj emastur. Agar shunqor egasidek belingda bahliyi zarnigor yo‘q ham, shukrdurkim, ilging bahli panjasidek nokor yo‘q va andin sanga ozor yo‘q. Har shiddatekim, bilursen andin qatiqroq hol bordur va har suubateki, gumon qilursen andin sa’broq ko‘b kishiga giriftordur. Har mashaqqatkim, senda yo‘qtur, seningdekda bor. Ul sanga ne’matedur shukr ayturg‘a sazovor. Har ne’matkim, sanga beribtur va seningdekka bermaydur. Hamdu sano ayturg‘a kiromand haqdin bu behisob inoyatlarni bil va munga ko‘ra bandalik fikrini qil. Har necha ibodat qilsang, ko‘nglungni taqsir qilg‘ong‘a moyil tut va har necha toat qilsang, tilingni uzr ayturg‘a qoyil tut. Sen va qilg‘aning ma’dumi mahz, vujud haq vujudi, har ne aning g‘ayri nobudi mutlaq va bud aning budi. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 77 Ilohi, bu ajzokim, yaxshi-yomon sifoti anda mazkurdur, maqbulu mardud holoti mastur, bitguvchisi agarchi yomonlardindur va yaxshilardin emas, ammo sendin yaxshiliq tama’ig‘a o‘zin yomonlardin demas. Ilohi, ani yaxshilar orasidin havr etma va yomonlar xaylig‘a qotma. Tiliga kelgan bila ko‘nglin sodiq tut va qalamig‘a yozilg‘on bila zamirini muvofiq tut. O‘zingdin o‘zga so‘zin ko‘nglidin chiqar. Ul yon tutkim, sanga yetishgay va ul yo‘lg‘a yurutkim, sanga qorishgay. Tiliga o‘zungdin o‘zgani yovutma va ko‘nglini o‘zungdin o‘zgaga ovutma. Ko‘nglini tasalliyi visoling bila ovut va ko‘zini tajalliyi jamoling bila yorut. Bu zamiri farzandin ko‘zlarga mahbub et va bu bag‘ri payvandin ko‘ngullarga marg‘ub et. Ruboiy: Bu nomaki, xomasig‘a qilding maktub, Qil ahli qulub olida «Mahbubi qulub» . El ayb topardin qilma ma’yub. Har kim o‘qusa nasiba etgil matlub. Tarix: Bu nomag‘akim, lisonim o‘ldi qoyil, Kilkim tili har nav’ el ishiga noqil. Tarixi chu «xush» 29 lafzidin o‘ldi hosil, Harkim o‘qusa, ilohi, o‘lg‘ay xushdil. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling