Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Muqaddima  
1. Mahmud— Muhammad payg‘ambar (a. s.)ning laqabi.
2. Anosir — to‘rt unsur (suv, havo, tuproq, olov).
3. Masih— Iso payg‘ambarning laqabi.
4. Ya’qub — Ibrohim payg‘ambarning nevarasi. Uning 12—o‘g‘li
bo‘lgan. Otasi o‘limidan so‘ng uni Olloh payg‘ambarlikka noil qilgan. Og‘alari Yusufni quduqqa 
tashlab, bo‘ri yeb ketdi, deb xabar berganlaridai keyin Ya’qub o‘g‘li hasratidan Bayt ul-ahzon kulbasida 
yig‘lay—yig‘lay ko‘zlari ko‘r bo‘lib qoladi. Yusufdan yaxshi xabarlar eshitgach, ko‘zi ochiladi. Ya’qub 
payg‘ambarning laqabi «Isroil»dir. Undan so‘ng kelganlarni «Bani Isroil» deydilar. Qur’oni karimda 
Ya’qub haqida 15 ga yaqin oyatlar bor (masalan, Baqara, Imron, Niso va b.). Adabiyotda talmih san’atida 
ko‘p keladi. Oshiqning huzn, iztiroblari, ayriliqdan ko‘z yoshlari to‘kishi va h. k.lar qalamga olinar ekan, 
uning o‘zini yoki ko‘nglini Ya’qubga o‘xshatiladi. Ko‘pincha Ya’qub Yusuf bilan birga tilga olinadi.
5. Hizr — Obi hayot ichib, barhayotlikka erishgan avliyolardan. Adabiyotda kishilarga yo‘ldoshlik, 
madadkorlik qilish bilan mashhurligiga urg‘u beriladi.
6. Buroq — Muhammad payg‘ambar (a. s.)ning oti. «Me’roj» kechasi payg‘ambar uni minib, ko‘kka 
ko‘tarilgan.
7. Ruh ul—amin — Jabroil (a. s.)ning laqabi.
8. Tarj. ar.: ishq haqida gapiriladigan narsa.


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
79
9. Tarj. ar.: vahydan boshqa narsa emas.
10. 
Tarj. ar.: olamga [Allohning] rahmat bo‘lsin!
11. 
Tarj. ar.: yulduzlar kabi.
12. 
Tarj. ar.: Qiyomat kunida unga, uning oila a’zolari va sahobalariga ollohning salavotlari 
bo‘lsin. 
13. 
Tarj. ar.: gunohlaridan kechib, ayblarini bekitsin.
14. 
Soir un—nosning af’ol va ahvoli kayfiyati — har xil toifa odamlar fe’l—atvori va ahvoli 
kayfiyati demakdir.
15. 
Hamida af’ol va zamima xisol xosiyati — yaxshi fe’llar va yomon xislatlar xosiyati 
demakdir.
16. 
Mutafarriqa favoid va amsol surati — xilma—xil foydalar va hikmatli so‘zlarning 
ko‘rinishi demakdir.
I qism  
1. Tarj. ar.: men yer yuzida qilg‘uvchi — xalifa.
2. Tarj. ar.: Odil sulton zamonida tug‘ilish demakdir.
3. Xojai kavnayn — a. f. ikki dunyo egasi demakdir. Muhammad payg‘ambar (a. s.) ko‘zda tutiladi. 
4. Tarj. ar.: bir soatlik adolat, insu jins ibodatidan yaxshiroq.
5. Shoh Abulg‘oziy — Husayn Boyqaroning laqabi. Shoh Sulton Husayn Boyqaro (1438, Hirot —
1506, o‘sha shahar) temuriylardan. Temurning o‘g‘li Umarshayxga nabira, Mansur binni Boyqaroga 
o‘g‘il. Onasi Temurning nabirasi Feruzabegim. Bu tarafdan Mironshoh Mnrzoning ham nabirasi edi. 
Husayn Boyqaro she’riyat bilan shug‘ullangan sohibi devon shoirdir. U «Husayniy» taxallusi bilan 
asosan dunyoviy ishq va unnng kayfiyatlari haqida she’rlar bitgan. Husayn Boyqaro 1485 y.da nasriy bir 
Risola ham yozgan. Unda o‘zining faoliyatini shaxsiy kechinmalarga boy, ko‘tarinki ruhda bayon etar 
ekan, mamlakatdagi madaniy ilmiy, adabiy ijod ravnaqiga alohida to‘xtaladi va Jomiy hamda 
Navoiylarga yuksak baho beradi. Ma’lumki, Alisher Navoiy ham o‘z faoliyatida, ham o‘zining har bir 
asarida Husayn Boyqaroga mustasno o‘rin ajratadi. Bu yerda Navoiy Husayn Boyqaroni odil 
sultonlarning eng sarasi sifatida tilga oladi.
6. Jabroil — Xudo bilan payg‘ambar o‘rtasidagn vositachi, vahy keltiruvchi farishtaning nomi.
7. Homon — Muso payg‘ambar zamonidagi Misr Fir’avnining vaziri. Muso dushmani bo‘lgan 
eronli bu vazir Fir’avnga bolalarini o‘ldirishni tavsiya qilgan. Homon Fir’avn uchun ikki ish qilgan: biri 
«tarixi Homon» nomi bilan mashhur rasadxona qurgan; ikkinchisi — katta bir savatga o‘limtik yeydigan, 
uzoq umr ko‘radigan kargas qushlarini solib, ustiga go‘sht parchasi tashlab qo‘ygan. Fir’avn go‘yo 
ularga minib, Muso tangrisini mahv etajagini bildirgan.
8. Osaf — Sharq adabiyotlarida eng yaxshi vazirga berilgan unvon sifatida keladi. Osaf ben Barhayo 
Sulaymon payg‘ambarning mashhur vaziri bo‘lgan. U «ilmi simiyo (botiniy ilmlardan — Ollohning 
so‘zlari, go‘zal ismlarnnnng sirlarini ochish)ni puxta bilgan. Bir rivoyatda Osaf «Ismi a’zam (Ollohning 
eng ulug‘ 1000 ta ismidan 300 tasi Tavrotda, 300 tasi Zaburda, 300 tasi Injilda yodga olinadn. Qur’onda 
100 dan 99 yodlanadi. 1 ismi esa xalqdan yashirin qoldiriladi. Bu esa Sulaymon payg‘ambar xotami—
uzugida naqshlangan ekan) qudrati bilan Sabo malikasi Bilqisni taxti bilan birga Sulaymon payg‘ambar 
huzuriga keltirgan ekan. Adabiyotda Osaf «sohibi tadbir», donishmand vazir timsoliga aylanib ketgan. 
Umuman Osaf ismi vazir ma’nosida qo‘llaniladi. Ko‘pincha bu obraz Sulaymon payg‘ambar va uning 
xotami-uzugi bilan birga keladi. Bu yerda Navoiy ham shu ma’nolarda qo‘llaydi. 
9. Tarj. ar.: Insof qilganga Olloh rahm qiladi so‘zlari Osaf uzugiga naqshlangan.
10. Tarj. ar.: azob keltiradigan (narsalardan) qutulding. 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling