Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
www.ziyouz.com kutubxonasi
82 shoirning mashhur «Hibsiyot» manzumalari yaratiladi. Xoqoniy devoni 17 ming baytdan tarkib topgan. Unda 220 qasida, 330 g‘azal, 300 ruboiy, 230 forscha qita va 450 arabcha she’rlar bor. Xoqoniy she’riyatining keyingi davr shoirlariga ta’siri sezilarli bo‘lgan. Navoiy bu yerda Xoqoniyni majoz tariqida qalam tebratgan shoirlar qatorida sanab o‘tadi. 28. Xojuyi Kirmoniy— Abulato Kamoluddin Mahmud ibni Ali (1290, Kirmon —1354, Iroq), shoir Xusrav Dehlaviydan keyin Nizomiy Ganjaviy an’analarini davom ettirgan ikkinchi shoirdir. U olti doston yozib «Xamsai Xoju»ga birlashtirgan. Ikki she’riy devoni bor. «Gul va Navro‘z» hamda «Shavqiyot» nomli masnaviylar ham yarattan. Hofiz uni o‘z ustozlaridan deb bilgan. Xoju Kirmoniy Sanoiy, Shayx Attor Jaloliddin Rumiy an’analarini davom ettirgan. Navoiy bu yerda shoirni majoz yo‘lida ijod qilgan so‘z san’atkorlari sirasida tilga oladi. 29. Mavlono Jaloliddin — Ibni Ja’far Farohoniy (vaf. 1336) sohibi Devon shoir. Nizomiy Ganjaviyning «Maxzan ul—asror»iga 3 ming baytli javob yozgan. She’riyatda falsafiy, diniy va axloqiy g‘oyalarni tarannum etgan. 30. Xoja Kamol — Kamoluddin Amid XII asrda yashab, ijod qilgan shoir. Buxorodan Xurosonga Sulton Sanjar saroyiga kelgan. Donishmand inson, mohir xattot va musiqachi bo‘lgan. Anvariy ta’sirida yozgan she’rlari anchagina. Kamol devoni zamonamizgacha yetib kelmagan. Ulardan ba’zi namunalar tazkiralarda berilgan. Navoiy bu shoirni majoz yo‘lida she’r bitgan ijodkorlar sirasida keltiradi. 31. Anvariy — qarang: Avhadiddin Ali ibni Muhammad. Shu kitob, 7-6. 32. Zahir — Zahiruddin Nishopuriy XII asrda yashagan shoir va tarixchi, ishqiy va axloqiy mavzularda parokanda she’rlari bor. Yana Zahir Samarqandiy degan (XII) nasrnavis bo‘lgan. Eng muhim asari «Sindbadnoma» bo‘lib, adolatli shoh timsolini serjilo badiiy bo‘yoqlarda yaratgan. Navoiy bu yerda majoz tariqida qalam tebratgan shoirlarni sanab o‘tayotgani uchun so‘z Zahir Nishopuriy ustida ketayapti chog‘i. 33. Abdulvose’ — Badeuzzamon Fariduddin ibni Umar ibni Rabe’i Gurjistoniy. Abdulvose’ Jaboliy nomi ostida taniqli (vaf. 1160). Hirotda tahsil ko‘rgan, G‘azna va Mashhadda faoliyatda bo‘lgan. Devoni qasida, g‘azal va ruboiylardan tarkib topgan. Ularda bahor va navro‘z, ishqu muhabbat, do‘stlik va sadoqat tarannum etilgan. Ayni chog‘da, zamonadan shikoyat, xalq ahvolidai ogohlikka da’vat, shaxsiy dard—alam ohanglari ham baralla seziladi. Navoiy bu shoirni majoz tariqida yozganlar sirasiga kiritadi. 34. Asir — Asiruddin Abdulloh Avmoniy (vaf. 1236) arab va fors tillarida ijod qilgan, ayniqsa Anvariy she’rlariga payravlik qilgan shoir. Sodda, ta’sirchan va shirin she’rlaridan tuzilgan Devoni taxminan 5000 baytni tashkil qiladi. Qariyb shu davrlarda yana bir Asiri Axsikantiy (Asiriddin Abulfazl Muhammad Tohir) degan shoir (1108, Farg‘ona Axsikati —1196 — 98, Ozarbayjon Xalxoli) yashagan. U Hirot va Marvda tahsil olib, riyozat, tib, kimyo, nujum, hay’at, falsafa, tilshunoslikda shuhrat qozonadi. Ma’lum muddat Iroqi Ajamda istiqomat qiladi. Devonida 120 qasida, 220 g‘azal, 80 qit’a, 80 ruboiy, 4 tarkibband va tarje’band, 24 fard mavjud. G‘oyalari — kajraftor falakdan shikoyat, davlatmandlarning hirsu havasga ruju’lari va tama’korliklarni qoralab, sabru toqat, ilm-donishga da’vat kabi irfoniy fikrlardan iborat. Fikrimizcha, Navoiy Asir deganda Asiriddin Axsikatiyni emas, Asiruddin Abullohni ko‘zda tutgan. Zeroki, bu shoir Navoiy tilga olgan majoz tariqida ijod qilgay shoirlar jumlasidandir. 35. Salmon Sovajiy — Jamoluddin Xoja Salmon ibni Xoja. Alouddin Muhammad (1310, Iroqi Ajam Sovasi — 1376, o‘sha yer) Sharq she’riyatida voqea sanalgan mashhur «Qasidai masnu’» ijodkori. Bu qasida jaloiriylar vaziri (davri 1327—35) Xoja G‘iyosuddin Muhammadga bag‘ishlangan. Muvashshah tariqida yozilgan bu qasidada bir necha bahrlardan mohirona foydalanilgan. Adabiyotda badiiy jihatdan g‘oyat barkamol asarni «qasidai Masnu’»ga o‘xshatiladi. She’riyatda Sa’diy Hofiz, Kamoluddin Ismoil, Zahiri Foryobiy, Anvariy va Manuchehrlarga payravlik qilgan. O‘zi asarlaridan «Kulliyot» tuzgan. 16 ming baytni o‘z ichiga olgan «Kulliyot»ida g‘inoiy she’rlari va «Jamshed va Xurshid» hamda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling