Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
90
chiqadi. Uning o‘g‘li Yom «men toqqa chiqib, qutilib qolaman», — deydi. Kema dahshatli dalg‘alar 
orasida suzib yuradi. 
Nihoyat, Ollohning qudrati bilan bo‘ron to‘xtaydi. Olam boshqa olam bo‘ladi. Nuhning uch o‘g‘li 
Som, Hom va Yofasdan insonlar yaraladilar. Nuhni ikkinchi Odam deb ta’riflaydilar. Nuh 1000 yoki 250 
y. yashagan emish. Shuning uchun xalq orasida «Nuh umri» degan tushuncha keng tarqalgan.
Adabiyotda Nuh umri, to‘fonlarga bardosh bergan oshiq, to‘fon esa oshiqning, ko‘z yoshi sifatida 
qalamga olingan. Bu yerda Navoiy Nuh umricha umrim bo‘lsa ham davr ahli bevafoliklari va zamon 
xayli behayoliklarini yozib tugatishim mahol, — demoqda.
17. 
Luqmon — Sharq xalqlari orasida Luqmoni hakim nomi bilan mashhur asli habash bo‘lib, 
Dovud payg‘ambar zamonida yashagan ekan. U kimningdir solih quli bo‘lgan, keyin ozod qilingan, 
degan rivoyatlar ham bor. Ko‘p bilimlarni ayniqsa, tabobatni yaxshi bilgan Luqmon umri oxirida 
aqldan ozgan ekan. Jomiy «Nafahot ul-uns»da «Shayx Luqmon Saraxsiy» deb maqola beradi va 
uning dunyodan o‘tgan chog‘ida mashhur shayxlardan Abu Sayd Abul Xayr va Abul Fazl Hasanlar 
tepasida bo‘lganlarini yozadi.
Jomiy Luqmonning «Ilohi, podshohlarning qullari qarib qolganda, uni ozod qiladilar. Sen aziz 
podshohsan, men senga bandilikda qaridim, ozod qil», — deb iltijo qilganida, g‘oyibdan «Ey Luqmon» 
seni «Ozod qildim» degan nido kelgan. Uning ozodligi shunda ediki, aqli olingan edi», — deb yozadi. 
Bu yerda Navoiy Luqmonning oddiy bir qul bo‘lgann haq inoyati bilan hakim va nabiylikka noil 
qilinganiga diqqatni qaratadi.
18. 
Tarj. ar.: yaxshilik qanotlari yo‘q bo‘lmaydigan va yo‘q bo‘lmaydi.
19. 
Tarj. ar.: Toqat qilib bo‘lmas narsadan qochish.
20. 
Tarj. ar.: Senga buyruq qilingandek to‘g‘ri bo‘l.
21. 
Tarj. ar.: Qanoat qilgan azizdur.
22. 
Tarj. ar.: Yaramasliklar onasi.
23. 
Tarj. ar.: Ikki dunyo (bu va narigi dunyo)da muqaddas — sharif insondir.
24. 
Tarj. ar.: Iflos bo‘lmoq.
25. 
Tarj. ar.: Olloh taolo ularning ruhlarini muqaddas qilsin.
26. 
Shayx Boyazid Bistomiy — Tayfur bin Iso bin odam bin Sarushon (vaf. 280/873—74) 
ulug‘ mashoyixlardan, buyuk avliyolardan. Jomiy birinchi tabaqaga mansub, deb yozadi. Junayd 
Boyazid haqida: «Bizning oramizda Boyazid maloikalar orasida Jabroil kabidur», — degan ekan.
Attor «Tazkirat ul—avliyo»da Boyaznd Bistomny haqidagi makrlatlarda 125 naql, karomat va 
hikmatlar. Shayx Boyazidning me’roji, «hamd», «Shayx Boyazidning munojati» deb nomlangan alohida 
boblar beradi. Navoiy bu yerda pir irshodidan chetga chnqish solik uchun xatarli, degan tushunchaning 
isboti uchun Boyazid Bistomiy haqidagi bir naqlga e’tiborni tortadi.
27. 
Horun ar—Rashid (763 yoki 766, Bog‘dod — 809, Tus) abbosiylar sulolasinnng beshinchi 
xalifasi. Uning davrida dehqonchilik, hunarmandchilik, tijorat, ilm—fan va madaniyat ravnoq 
topgan. «Ming bir kecha»dagi naqlu rivoyatlarda u adolatli hukmdor sifatida tilga olinadi.
28. 
Shayx Bahlul — Horun ar—Rashid davrining mashoyixlaridan, zamona allomasi Umar 
Kufiyning o‘g‘li bo‘lgan. O‘zini devonavashlikka solib, jamiyat norasoliklari va a’yonu ashroflar 
riyokorligini fosh etib yurgan. Leknn Shayx Bahlulning jununi bor, deb uni jazolashmas ekanlar. 
Navoiy Horun ar—Rashid bilan Bahlul orasidagi bir suhbatni shukr va qanoat bobidagi o‘z 
o‘gitlariga misol tarzida keltiradi.
29. 
«Xush» so‘zining arabcha yozilishidagi harflar yig‘indisidan «abjad hisobi» bilan 
906/1500 — 1501 y. chiqadi.


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling