Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
87
19. 
Ayyub — payg‘ambar. Ishoq payg‘ambarning nabirasi. Rivoyatlarga ko‘ra Ayyubning 
moldunyosi, Rohma ismli xotini, bir uy farzandlari bor ekan.U dunyo lazzatlaridan bahramand ekan. 
Olloh uni imtihondan o‘tkazmoqchi bo‘ladi. Molu mulki qo‘lidan ketadi. Ayyub sabr qiladi. Bir—
bir bolalari vafot etadi, u sabr qiladi. Kasal bo‘ladi, a’zoy badaniga yara toshadi, hatto bu yaralar 
qurtlab ketib, azob beradi, u sabr qiladi. Rohma unga mehribonlik bilan xizmat qiladi. Nnhoyat Olloh 
Ayyubga shifo baxsh etadi, Havran eliga payg‘ambar qilib jo‘natadi. Unga yangidan mol-dunyo va 
farzandlar ato qiladi. Adabiyotda Ayyub sabr qanoat timsoli sifatida tilga olinadi. «Ayyub sabrini 
bersin» degan duo xalqlar orasida keng tarqalgan.
20. 
Tarj. ar.: ta’zim [faqat] Alloh amrichadir.
21. 
Tarj.ar.: Shavqat Allohning yaratganigadur.
22. 
Tarj. ar.: Allohnnng yaratgani.
23. 
Tarj. ar.: Alloh tomonidan yaratilgan.
24. 
Xoja Abdullo Ansoriy — Abu Ismoi Abdulloh bin Abiy Mansur Muhammad al—Ansoriy 
— laqabi Shayx ul—islom (396/1005—06 —481/1088—89), Orif, yozuvchi, shoir va donishmand. 
Jomiy «Nafahot ul—uns»da yozishicha, qalami ostidan chiqqan narsalari yodida naqshlanib qolar 
ekan. 1000 bayt arab shoirlari sherlarini yod bilgn. Xoja Abdullo Ansoriy Qur’on tazkir va tafsirida 
o‘zini Xoja Imom Yah’yo Ammornig shogirdi hisoblangan. U sof sunniy bo‘lgan 300 ming hadisni, 
ming—ming isnodi (dalillar bilan) yoddan bilgan. Asarlari Naqli tabaqoti sufiya», «Qoshif ul—
asror», «Munojotnoma», «Muhabbatnoma», «Zod ul-orifin», «Qand ul-solikin, «Qalandarnoma», 
«Haft hisor», «Ilohiynoma» va b. Navoiy «Nasoyim ul—muhabbat»idagi Ansoriyga bag‘ishlangan 
maqola Jomiy asaridagi maqolaning qariyb aynan tarjimasidir.
25. 
Mansur — Husayn bin Mansur Halloj Bayzaviy Kuniyati Abulg‘ays (857—922). Attor 
«Tazkirat ul—avliyo»da uning maqolasidan ko‘plab naqllar, karomatlar, qatlining tafsilotlarini 
keltiradi. Uning «Analhaq»ini tushungan tarafdorlari va rad etgan muholiflarini nom-banom sanab 
o‘tadi. Jumladan, Shibliy aytgan ekan: «men va Xalloj bir mashrab (fe’l—atvor, tariqat, din) danmiz. 
Lekin meni devonalikka nisbat berdilar, omon qoldim. Husaynni esa uning aqli halok qildi». Mansur 
Xallojdan «ishq nima?» deb so‘raganlarida: «O‘ldirilgan, sovrulgan kun — ishqdir», — deb javob 
bergan ekan. Attor Mansurning qay tarzda qatl etilishini yozadi: avval toshbo‘ron qilinadi, keyin 
qo‘llarini, so‘ng oyoqlarini, chopib, burun, quloqlarini kesib, ko‘zlarini o‘yib, tashlaydilar. Har bir 
a’zosidan judo qilisharkan, Mansur javoblar berib turgan, jumladan tilini qirqishdan avval: «Biroz 
sabr qiling so‘zim bor, deb yuzini osmonga qaratib: Ilohi, sening uchun shu ranjni tortayotganlarni 
(ya’ni, unga azob berayotganlarni) marhamatingdan mahrum qilma, ularni shu davlatdan benasib 
etma!» deb iltijo qilgan ekan. Attor ta’kidlaydiki, namozshom paytida Xallojning boshini tanidan 
judo qilar ekanlar, u tabassum bilan boqardi har andomidan «Anal — haq» eshitilar, oqqan har 
tomchi qonidan «Olloh» naqshi zohir bo‘lar edi», — deb yozadi. 
Jomiyning «Nafaxot ul—uns», Navoiyning «Nasoim ul— muhabbat» asarlarida Mansur Halloj 
haqida maqola mavjud. Oxirida (har ikki maqola aynan) Mansur Hallojnyng ustodi Abu Amr binni 
Usmon Makkiy tavhil (Xudoning yagonaligiga va ulug‘ligiga e’tiqod qilish ilmi — S. G‘.)da bir risola 
yozganligi aytiladi. Uni pinhon tutar ekan. Mansur uni yashirincha olib, oshkor qiladi. Bu asar 
nozikliklarini tushunmay, el uni rad etadi. Ustod Hallojni «ilohi, birovni anga gumonlakim, ilik— 
ayog‘in kesgay va ko‘zin o‘yg‘ay va dorg‘a tortqay, deb qarg‘agan ekan.
Nimaiki Mansur Halloj boshiga tushgan bo‘lsa, ustodi duosi bilan bo‘ldi», deyiladi.
26. 
Tavajjuh — zohiran, qalban butun borlig‘ing bilan haqqa yuz tutmoqlikdir. 27. Rizo — 
tasavvufda tavakkuldan keyingi maqom bo‘lib, solik
o‘z nafsi rizosidan kutilib, Xudo iroda qilgan, taqdir etgan narsalarga rozi bo‘ladi (Rizo qazoning


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling