Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
88
achchiqligiga nisbatan dilning shohligidir).
28. 
Tarj. ar.: Ollohning axloqlarini qabul qilguvchilar, demakdir.
29. 
Xalilullox — Ibrohim payg‘ambarning laqabi.
30. 
Namrud — Ibrohim payg‘ambarni o‘tga tashlagan podshohning ismi.
31. 
Ishq tasavvufda tariqatning eng muhim maqomlaridan. Unga faqat komil inson yetishadi. 
Bu maqomda oshiqda shunday holat yuz beradiki, u o‘zidan begona, noogoh, zamonu makondan 
ozod, mahbub firoqida kuyadi, yonadi, unga yetishishga intiladi.
32. 
Tarj. ar.: Haqiqatda Olloh go‘zaldur va go‘zallikni sevadi, demakdir.
33. 
Shayx Iroqiy — Shayx Faxriddin Ibrohim Iroqiy (1213, Hamadon —1289, Damashq). 
Yoshligida Qur’oni majidni yod olgan va g‘oyat go‘zal qiroat bilan o‘qishni o‘rgangan. 17 yoshida 
tasavvufga mayl qilgan. Darveshlarga qo‘shilib, Hindistonda Zakariyoyi Multoniyga shogird bo‘lgan 
va uning qiziga uylangan. Makka va Madinaga safar qilib, Bag‘dodda Shihobiddin Suhravardiy 
suhbatida bo‘lgan. Kuniya hokimi Mu’iniddin parvona Tavqon shahrida unga xonaqoh qurib bergan. 
Shom va Misrda ham bo‘lgan. Qasida va g‘azallardan iborat devonida 4800 bayt va Sanoiyning 
«Hadiqa»si payravida «Ushshoqnoma» nomli manzumasi bor. Asarlari ishqiy va irfoniy mazmunda. 
«Lamaot» nomli nasriy risolasi g‘oyat mashhur bo‘lib, unga Jomiy sharh yozgan. Shayx Iroqiyning 
qabri Damashqning Solihiya degan yerida Shayx Muhyiddin al—Arabiy qabri oyog‘idadir. Uning 
yonida o‘g‘li Qabiriddin ham dafn qilingan.
35. Siddiq tasavvufda so‘zlari va ishlari, bilimu ahvoli, ravishu niyatlari, tabiati va axloqi to‘g‘ri 
bo‘lgan kishilardir. Siddiqlar valoyatning a’lo va nubuvvatning adno (quyi) darajasida turadilar.
35. Tarj. ar.: qudratli podshoh huzurida, demakdir.
36. Shayx Abu Said Harroz — Ahmad bin Iso Bag‘dodiy (vaf. 277/890—891). Uni «Lison ut—
tasavvuf» (tasavvuf tili) deb ulug‘laganlar. Asli Bag‘doddan, Ikkinchi tabaqa mashoyixlaridan. Laqabi 
Harroz (payabzal yamoqchisi). Muhammad bin Mansur Tusiynnng shogirdi: Zunnun Misriy suhbatida 
bo‘lgan. Tasavvufda 400 asari borligi Attorning «Tazkirat ul-avliyo»sida qayd etilgan.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling