Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

III qism  
1. Ja’far — Kamoliddin Ja’far binni Ali Tabriziy (vaf. 1456—58, Buxoro). Shohrux zamonida 
kamol topib, Boysunqur mirzo (1399 — 1434) davrida kotibi va musavvirlarning boshlig‘i bo‘lgan. Shu 
bois ja’fari Boysunquriy deb imzo chekkan. «Suls», «nasx», «riqo’», «rayhon», «tavqe’» va «shikasta» 
xatlarining mumtozi bo‘lgan. Firdavsiy «Shohnoma»si Nizomiy «Xusrav va Shirin»i, Hasan Dehlaviy 
«Devoni», Sa’diynnng «Guliston»i, Hofiz devonini ko‘chirgan va bu mo‘‘tabar qo‘lyozmalar Tehron, 
Parij, Istambul, London, Leningrad shaharlarining nufuzli kitobxona va muzeylarida saqlanadi.
2. Azhar — Azhar Tabriziy (1422, Tabrez — 1502/03, Baytul-muqaddas). Ja’far Tabriziyning 
shogirdi, xattot Mirali va Ja’fardan so‘ng «Nasta’liq» xatining uchinchi ustodi hisoblanadi. «Suls»ni oliy 
darajaga olib chiqqann sababli —«usuli shashgona» (sitta) ustodi ham sanaladi. Jaloliddin «Masnaviy»si, 
ibni Yaminning «Muqattot» (qit’alar)i, Nizomiy va Xusrav Dehlaviyning «Xamsa»larini kitobat qilgan. 
Bu nodir qo‘lyozmalar Tehron, Istambul, Lohur, Manchestr, Nyu—York shaharlari kitobxonlari va 
muzeylarida saqlanadi.
3. Abdulhay (1360, Bog‘dod —1420, Samarqand) — xattot va musavvir. Sulton Uvaysiy Jaloiriy 
saroyida, Bog‘dodda yashagan. 1393 y. Temur Iroqni istilo qilganda Abdulhayni Samarqandga olib 
kelib, o‘zining tasvir ustaxonasiga boshliq qilib tayinlagan. Uning «Bat» (o‘rdak), «Jang manzarasi» va 
«Guliston» hikoyatlariga chizgan rasmlari davrimizgacha yetib kelgan. Umri oxirida irtijo’chi doiralar 
ta’sirida o‘z san’atidan voz kechgan va ko‘p rasmlarini kuydirib tashlagan. «Nasx», «suls» va «riqo’» 
xatlarini go‘zal bitgan. Bu yerda mohir xattot sifatida nomi keltiriladi


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
89
4. Moniy — Qadimiy afsonalarga ko‘ra Rumda yashagan naqqosh. Nubuvvat da’vo qilib, 
naqqoshlikni o‘zining mo‘‘jizasi deb xaloyiqni ishontirishga intilgan. «Arjang» («Arjang», «Arsang» 
nomida ham uchraydi) nomli asar yozgan deyiladi. Bu asarning bir nusxasi G‘aznada mavjud degan 
ma’lumotlar bor. Deydilarki, Moniy «Arjang»ni bir g‘orda saqlagan ekan. G‘orning devorlariga turli— 
tuman go‘zallarning rasmlarini va manzaralarini chizgan ekan. Bu g‘orni «Nigoristoni Moniy» deb 
atashar ekan. Mumtoz adabiyot vakillari (Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Navoiy va b.) Moniyni buyuk 
rassomning timsoli sifatida talqin qiladilar.
5. Atorid — Utorid — Merkuriy sayyorasi. Mifologiyada bu yulduz yozuvchilarning homiysi 
hisoblanadi. «Dabir» deb ham yuritiladi. Utorid hokim bo‘lgan burjlarda tug‘ilganlar zehnli, hiylagar 
bo‘lar emish. Do‘st yulduzlari — Qamar, dushmanlari Shams va Zuhra emish.
6. Yusuf Kan’oniy — Ya’qub payg‘ambarning o‘g‘li, hayoti va qissasi Qur’oni karimda «Yusuf» 
surasida keltirilgan, laqabi Sinodir. Yusuf payg‘ambarlikka noil bo‘lgan. U go‘zallik va ezgulik timsoli 
sifatida Sharq adabiyotiga kirgan. U haqda ko‘p qissa va dostonlar yaratilgan, jumladan, X asrda 
Abulmuayyad Balxiy Baxtiyoriy, Am’aq Buxoriy dostonlarn yaratilgan. Firdavsiyga nisbat berilgan 
Yusuf haqidagi qissa muallifi Amoniy degan shoir ekanligi ma’lum bo‘ldi: XI asrda bu mavzu’da 
Mas’ud Hiraviy, Ozori Tusiy, Mas’ud Kumiy, Mas’ud Dehlaviy, XV — XIX asrlarda shoirlar o‘nlab 
dostonlar yaratdilar. Turkiy zabon adabiyotlarda Ali (XII), Hamidulloh Chalabiy (XI) dostonlari yozildi. 
Nozim Hikmat «Yusuf Kan’oniy» nomli asar yozdi. Nemis yozuvchisi Tomas Mani 1926—33 yillarda 
bu mavzu’da qator romanlar ijod qildi. O‘zbek adabiyotida «Yusuf va Zulayxo» dostonini Durbek 
yozgan, deyiladi. Lekin Afg‘onistonlik olim Muhammad Ya’qub Vohidiy Juzjoniy bu doston 
muallifinnng nomi Homidi Balxiy ekanligi haqida ma’lumot e’lon qildi.
7. Ankar al—asvot — a.: Eng yoqimsiz tovush, ovozni anglatadi.
8. Yusuf Andigoniy — «Badiiy» taxallusi bilan yozgan shoir. Navoiy «Majolis un—nafois»da 
ta’kidlashicha, tahsil uchun Samarqandga borganida, u Andijondan kelgan va birga bo‘lishgan. Keyin 
Hirotda yashagan. Navoiy uning yaxshi she’rlari borligini, aruzni bilishligini, muammo risolasi borligini 
ta’riflaydi. «Birmuncha takabbur ham bor edi», deb qayd qilib o‘tadi. Lekin Yusuf Andijoniyning ovozga 
aloqador jihati haqida tazkirada so‘z kelmaydi. Binobarin, bu yerda Navoiy nimani ko‘zda tutayotganini 
aniqlash mumkin. Balki shoir chiroyli ovoz bilan she’r o‘qigan, balki xushovoz xonanda bo‘lgandir.
9. Salmon — qarang: shu kitob 25—b.; 35—izoh.
10. Jorulloh — bu nom bilan Mahmud Xorazmiy — Abulqosim Mahmud bin Umar Zamahshariy 
(467/1074 — 538/1143 — 44) Asli Xorazmning Zamaxshar shahridan adabiyot va lug‘at ilmida katta 
ishlar qilgan olim, ma’lum muddat Ka’ba mujoviri (Ka’ba yonida yashagan) bo‘lgani uchui Jorullox 
(ollohning qo‘shnisi) laqabi bilan mashhur bo‘lib ketgan. Bir oyog‘idan ayrilgan ekanligi haqida 
ma’lumotlar bor. «Kashshof», «Asos ul—balog‘a», «Muqadima dar lug‘at» kabi asarlar yozgan. 
11. Bu yerda Navoiy Zamaxshariyning «Kashshof» (kashf qiluvchi, ochuvchi, tushuntiruvchi, 
ma’nodor, puxta) asarini namuna sifatida keltirmoqda.
12. Tarj. ar.: U yagonadur va uning sherigi yo‘qdur. Ollohdan o‘zga iloh yo‘qdir.
13. Jilla jalolahu umma va umma navalahu va lo iloha hayrahu — a.: Buyukligi yana ham yuksalib, 
ne’matlar umumiy bo‘lsin. Undan o‘zga iloh yo‘q.
15. 
Tarj. ar.: Olloh sanga qanday yaxshilik qilsa, sen ham boshqalarga shunday yaxshilik 
qilgin. 
16. 
Nuh — payg‘ambar. Rivoyatlarga ko‘ra, odamlarni imonga da’vat qilib maqsadiga erisha 
olmay sarosimaga tushgan Nuhga «Kema yaratgil», — deb vahy keladi: kema tayyor bo‘lgan to‘fon 
alomatlari ko‘rinadi. Nuh oilasi, bir qancha mo‘minlar va har tur hayvondan bir juftdan olib kemaga 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling