Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
II qism
1. Tavba sharoitda vojib, tariqatda shart, sulukda lozim bo‘lgan tushuncha. Tasavvufda bandaning parvardigor sari safari (uning hayoti) bo‘lsa, bu safar manzillari — maqomlari yettitadir. Birinchi maqom tavbadir. Tasavvuf istilohotida tavba ruhning bedorligidir, deb ta’rif qilinadi. Hatto tavbani inson ruhining birinchi isyoni hisoblaganlar. Olloh ismlari orasida Tavvob (tavba qabul qiluvchi) bor. Quroni karimda tavba 87 bor eslatiladi. Muhammad payg‘ambar (a. s.) «har kuni 70 marta tavba’ qilaman», — degan ekan. 2. Tarj. ar.: Bu Ollohning fazilatidur, uni xohlagan kishisiga beradi. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 86 3. Shayx Abdullo Muborak — Abu Abdurahmon Abdulloh bin Muborak Marvaziy (vaf. 171/787— 88) Iroqning Hit shaxari, Shahanshohi ulamo, shariat va tariqatning imomi, qalam va qilich amiri deb ta’riflangan buyuk shayxlardan Attor «Tazkirat ul-avliyo»da uning manoqiblaridan 22 naql keltiradi. Jomiy «Nafahot ul-uns»da, Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat»da Abdullo Muborak haqida alohida maqola beradilar. Navoiy Attor keltirgan Abdulloh Muborak manoqiblaridan biri — tavbasining boshlanishi haqidagi naql beradi: U bir kanizak ishqiga giriftor bo‘ladi. Bir qish kechasi tongga qadar ma’shuqa devori ostida turadi. Qor va sovuqda qoladi. Sahar namozi azonini xufton deb o‘ylaydi. O‘ziga kelgach, deydi: —ey Muborakning nomuborak o‘g‘li, senga uyat emasmi? Agar Imom namozda uzunroq sura qiroat qilsa, toliqarding. Endi nafsing havosiga tong otquncha mundog‘ azob tortarsen». Shundan so‘ng Abdulloh Muborak tavba qilib, sulukka beriladi. Xuddi shu naql bu yerda ham keltiriladi. 4. Zuhd — dunyo va uning lazzatlari orzularidan kechib, toat—ibodat bilan mashg‘ul bo‘lishlikni anglatadi. Mashoyixlardan Junayd: «Zuhd shuki, mulkdan qo‘l, tab’dan dil xoli bo‘lg‘ay». Zohid parhezkor bo‘lib, jismoniy xalovat va lazzatlardan saqlanib, dunyo, molu joh, yoru ag‘yorning ko‘pu oziga parvo qilmaydi. Muhammad payg‘ambar: «Zohid shunday kimsaki, dunyo ya’ni, undagi xayriyatlarni yeganda mo‘mindanmi yo kofirdanmi u qo‘rqmaydi»,— degan ekan. 5. Mavlono Shamsiddin Muiddi Ucha — XV asrda Jomda yashagan, sufiylar boshlig‘i. 6. Tarj. ar.: kechasi bezor. 7. Tarj. ar.: yil bo‘yi ro‘zador. 8. Uhud g‘azvasi — 624 y.da Abu Sufyon boshchiligidagi 3 ming yaxshi qurollangan qo‘shin Muhammadga qarshi qo‘shin tortadi. Muhammad 700 qo‘shin bilan ularga qarshi chiqib, Uhud degan joyda jang qiladi. Jangda Muhammad boshidan yaralanadi va tosh tegib ikki tishi sinadi. Alining jasorati bilan madinaliklar g‘alaba qozonadilar. Bu yerda Muhammadning muqaddas jangda yo‘qotgan ikki tishi xotiri uchun Shamsiddin Muiddi o‘zining 32 tishini sug‘irib tashlagani haqida so‘z ketadi. 9. Kichik Mirzo — Husayni Boyqaroning egachisi Oqobegimning o‘g‘li. Boburning yozishicha «Burunlari tag‘oyisiga mulozamat qilur edi. So‘ngra sipohiylikni (hukumat xizmati, amaldorlik) tark qilib, mutolaag‘a mashg‘ul bo‘ldi. Derlarki, donishmand bo‘lub ekandur». Navoiy «Majolis un— nafois»da yozadi: «xo‘b tab’lik, tez idrokliq, sho‘x zehnlik, qaviy hofizalik yigit erdi. Oz fursatda yaxshi tolibi ilm bo‘ldi va ko‘proq ulum va funundin o‘z mutolaasi bila vuquf hosil qildi. She’r va muammoni xo‘b anglar erdi, balki ko‘ngli tilasa ayta ham olur erdi. Bovujudi bu fazoil darveshliqlarga moyil bo‘lib, Makka ziyorati sharafiga musharraf bo‘ldi». Bu hikoyat kichik Mirzonnng ana shu darveshlikka moyilligidan dalolat beradi. 10. Tarj. ar.: unga Ollohning rahmati bo‘lsin. 11. Tavakkul — Parvardigorga dilbastalik va komil e’timod —ishonchdir. Bu ma’rifatning kamoliga bog‘liq maqom bo‘lib, valiylarga nasib qiladi. 12. Tarj. ar.: Ollohga tavakkal qilsin. 13. Shayx Ibrrhim Sitnaba — Ibrohim Adham sahobalaridan. Kunyasi Abu Ishoq. Asli Kirmondan bo‘lib, Hirotda yashagan, shu bois uni Hirotiy ham deyishgan. Qabri Qazvinda. 14. Qanoat — qismatdan rozi bo‘lish, nafsdan voqiflikdir. Ozga qone’lik qanoatdir. 15.Muxbiri sodiq — sadoqatli xabar yetkazuvchi. Muhammad payg‘ambar (a. s.)ga nisbatan qo‘llaniladigan ibora. 16. Shayx Shoh Ziyoratgohiy — XV asrdagi Xuroson mashoyihlaridan bo‘lsa kerak. 17. Tarj. ar.: qanoat qilgan aziz bo‘ladi. 18. Tarj. ar.: tez davolanmaydigan demakdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling