Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
85
64. Rind — dunyo ishlarini xush ko‘rgan kishi. «G‘iyos ul—lug‘at»dan «Rind shariat qoidalarini
johillik yuzasidan emas, ongli suratda inkor qiluvchi odam, deyiladi. Adabiyotda rind johu davlatni 
ko‘zga ilmagan hur fikr, isyonkor ruhiyatli, mayparast, bodadan haqiqat sarmasti bo‘lib ishq sahrosi 
sargardonlari timsashda keladi. Hofiz
Rindon bodano‘shki, bo jam hamdamand
Voqif zi sirri olam va az holi odamand  
(ya’ni, rindlar jom bilan hamdam bodanushdirlar, Ular olam sirlariyu odam holidan voqifdirlar), deb 
yozadi.
65. Dayr — lug‘aviy ma’nosi — ibodat gunbazi: kaliso, butxona, majozan: mayxona. Tasavvufda 
lison olamini anglatadi.
66. Jamshid — Jam Qadimiy Eronning peshdodiylar sulolasining 4—hukmdori. Mifologiyaga ko‘ra 
u Nuh zamonida 700 yoki 1000 y. yashagan. Insonlarga zarur bo‘lgan ko‘p narsalarni, jumladan, 
sipohiylik aslahalari nayza, qilich, pichoq, qalqon, yasatgan. Hammom bino qilgan. Ipak liboslar, ranglar 
ixtiro etgan. Istahr degan shaharni kengaytirib, unda ulug‘ bir bino qurdirgan. Imorat bitgach katta 
tantanali yig‘in o‘tkazib, o‘zi javohirlar qadalgan taxt ustida o‘tirganda, quyosh chiqib, uning 
hashamatidan hamma yoq porlab ketadi. Xalq bu kuni Navro‘z (yangi kun) Jomni esa Jamshid (nur 
shohi) deb atay boshladi. Oqibat Jamshidda g‘urur va kibr paydo bo‘ladi. Navoiy «Tarixi anbiyo va 
hukamo» asarida yozadi: o‘z suvrati bila butlar yasab, aqolim (iqlimlar), va kishvar (mamlakat)larga 
yiborib, elga o‘zining parastishini (o‘ziga sig‘inishni) buyuradi. Ollohning qahriga uchradi va Zahhok 
Jamshidni arra bilan ikkiga bo‘lib, pora—pora qildi, taxtini egalladi. Tasavvufda Alaviy, Mavlaviy 
Bektoshin tariqatlarida Jom bir zikr nomi bo‘lib, zikrdan so‘ng sharob ichiladi. Jam maqomi, jam ul— 
jam degan komil maqom ham bor. Bu yerda Navoiy Xarobot rindlari o‘z shavkatini Jamshidnikidan ortiq 
biladilar degan fikrga urg‘u bermoqda.
67. Darvesh — bir tariqatga bog‘li odam. Asl ma’nosi Olloh yo‘lida xoksorlik va faqirlikni qabul 
qilgan kimsani anglatadi. Adabiyotda darvesh farog‘at go‘shasida sokin, qanoat xazinasi sohibi, 
martabada sultondan yuksak, ma’naviyat podshohi, o‘z yurtida musofir, xirqapo‘sh sayyor sifatida 
qalamga olinadi. 
68. Faridun — Afridun holida ham uchraydi. Qadimgi Eron peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. 
Navoiyning «Tarixi muluki ajam» asarida yozishicha, ba’zi manbalarda Jamshid nabirasi, ba’zilarida 
Taxmuras naslidan deyiladi. Navoiy Faridunni «Yaxshi axloqlik olim va odil podshoh erdi» deb 
maqtaydi. U Muso payg‘ambar va Horun uning zamonida yashaganlar, deb yozadi Navoiy. Faridun o‘z 
yaralariga odamzod mag‘zidan boshqa davo topmagan Zahhokni mahv etgan, Kova ohangar (temirchi) 
saxtnyonini bayroq qilish qoidasini o‘rnatgan edi. Faridun o‘zining boy xazinasi bilan ham mashhur 
bo‘lgan ekan. Bu yerda ana shu Faridun ganjga ishora qilinadi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling