Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
www.ziyouz.com kutubxonasi
81 22. Amir Xusrav Dehlaviy — Yaminiddin Abulhasan Amir (1253, Patyol—1325, Dehli). Shoir va mutafakkir. Uning otasi Sayfuddin Mahmud mo‘g‘ullar istilosi oldidan Shahrisabzdan Hindistonga ko‘chib ketadi. Xusrav ilk she’rlarini «Sultoniy» taxallusida yoza boshlaydi. Uning g‘inoniy—lirik she’rlar devoni 5 ta bo‘lib (umumiy hajmi 32645 bayt), ularni alohida nomlab chiqqandi va bu an’anaga asos soladi. Xusrav Nizomiy «Panj ganj»iga javoban «Xamsa» yaratib, xamsachilik an’anasini ham boshlab bergan shoirdir. Xusrav qator nasriy asarlar muallifi hamdir. «Xazoyin ulfutux» (G‘alabalar xazinalari) «E’jozi Xusraviy (Xusrav mo‘‘jizasi), «Manoqibi Hind» (Hind manoqiblari) shular jumlasidandir. Navoiy Xusrav Dehlaviyga katta muhabbat va yuksak ehtirom bilan qaragan va uni har bir dostonida hamda boshqa nasriy asarlarida madh etib o‘tgan. Bu yerda uni ishq ahli orasidagi sadoqatli oshiq va pok aqidalar yurituvchisi, deb ta’riflaydi. 23. Zahiriddin Sanoiy — Abdulmajid Majdud ibni Odam (1079 — 80, G‘azna, 1140, shu shahar) bo‘lishi kerak. Bu shoir ismi yo laqabi Zahiriddin bo‘lgani ma’lum emas. Zahiriddin Tohir ibni Muhammad Foryobiy (1160, Foryob (Balxdagi—1202, Tabriz) degan shoir ham bor. Lekin Navoiy shoir taxallusini Sanoiy deb aniq yozadi. Sanoiyning katta she’rlar devoni, ayniqsa «Hadiqat ul— haqiqat» (Haqiqatlar gulzori) nomli dostoni g‘oyat mashhurdir. 12 ming baytdan iborat bu dostonni adabiyotda tasavvuf qomusi deb ataydilar. Bu yerda Navoiy Sanoiyni «tasavvuf mushkilotlari tugunini yechuvchisi», deb yodlaydi. 24. Shayx Avhadiddin — Avhadiddin Ali ibni Muhammad ibni Ishoq Anvariy (1105, Xovaron (Abivarddigi) —1187, Balx) shoir va mutafakkir, Tusdagi madrasada ta’lim olgan. Zamonasidagi turli ilmlarning — nujum, handasa, hikmat, tib, falsafa bilimdoni. Sulton Sanjar davrida (1118 — 1157) saroy shoiri bo‘lgan.U sho‘x tabiatli, ozod fikr shaxs bo‘lib, she’riyatda hajvga moyil edi. Avhaddiddin Anvariyni «qasida payg‘ambari deb atashgan. Uning qasida (250), g‘azal (337), qit’a (557) va ruboiylardan (472) tarkib topgan Devoni qariyb 15 ming baytdan iborat. Navoiy bu shoirni «ahli yaqin (Allohni taniganlarning) yagonasi», deb ta’riflaydi. 25. Xoja Hofiz Shamsuddin Muhammad (1321, Sheroz — 1389, o‘sha shahar) — Mashhur shoir tojir oilasida tug‘ilib, yosh yetim qoladi. U nonvoyga shogird tushib, oila ro‘zg‘origa qarashadi. Qur’oni karimni yod olgan hofiz bo‘lgan, taxallusi shu fazilatidan olingan. Hofizni o‘z davridayoq «rind» deb atashgan edi. Buning boisi ko‘proq uning she’riyatda jaranglagan jur’atli ovozi, hur va dadil fikrlariga ko‘ra edi. Hofiz, asosan g‘azalsaro shoir 1967 y. Tehronda Xalxoliy Hofiz vafotidan 35 yil o‘tgach, tartib qilingan devon matnini boshqa nashrlar bilan qiyos qilib bosib chiqaradi. Unda 418 g‘azal, 5 qasida, 41 ruboiy, 3 ta kichik masnaviy — «Soqiynoma», «Ohuyi vahshiy» va «Mug‘anniynoma» asarlari mavjud. Hofiz talqinida ishq — halovat sababi ayni chog‘da ishq — aziyat mohiyati. Hofiz g‘azallarida irfoniy g‘oyalar, tasavvufga e’tiqod ustundir. Navoiy lirik she’riyatda Hofizni o‘z ustozlaridan biri sifatida e’tirof etadi. Bu yerda shoirni ma’nolarni ochib beruvchi deb ta’riflaydi. 26. Kamol Isfaxoniy — Kamoluddin Ismoil Isfaxoniy (1170, Isfaxon — 1237, o‘sha shahar). 10 ming baytdan ziyod she’rlar kirgan devonga ega shoir. Devoni g‘azal, qasida, qit’a, ruboiy va tarkibbandlardan tarkib topgan. Shoir qasidalari faqat madhiya ruhida bo‘lmay, ularda mahorat bilan zamona nosozliklari, ilm -hunar ahlining nochorliklari, ba’zi davlatmandlarning johilligi yuzasidan dadil fikrlar ilgari suriladi. Shoirning ijtimoiy qarashlari, ayniqsa uning qit’alarida o‘z aksini topgandir. Navoiy bu shoirni she’riyatda ko‘proq majoz tariqida yozgan shoirlar sirasida tilga oladi. 27. Xoqoniy Shervoniy — Afzaliddin Badil ibni Ali (1120, Shervon —1198, Tabriz). Kosib oilasida dunyoga keladi. Amakisi qo‘lida tabib va shoir bo‘lib yetishadi, ilm o‘rganadi. Birmuncha vaqt shervonshohlar saroyida xizmat qiladi. Lekin bu muhit va undagi makr—hasad, fitna—fujurlarga dosh bera olmay Haj safariga otlanadi. Qaytgach «Tuhfat ul—Iroqayn» (Ikki Iroq tuhfasi) masnaviysini yozadi. Saroyni tark etgan shoirni Shobron zindoniga tashlaydilar. U Rum (Vizantiya) shahzodasi Andronik Komnonga qasida bilan murojaat qilib, uning ko‘magida zindondan xalos bo‘ladi. Zindonda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling