Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
83
«Firoqnoma» masnaviylari o‘rin olgan. Navoiy bu shoirni ham majoz tariqida ijod qilganlar sirasida 
sanab o‘tadi.
36. Nosiri Buxoriy — Shohdarvesh hamda Darvesh Nosir nomlarida ham taniqli (vaf. 1371—72) 
shoir. Tahsil olish maqsadida Xuroson, Ozarbayjon va Iroqqa safar qilgan. Devonida 4000 bayt she’rlar 
mavjud. «Hidoyatnoma» nomli masnaviysi ham bor. Lirik she’riyatda Hofizga payravlik qilgan. Bu 
shoirni ham Navoiy majoz tariqida qalam tebratgai ijodkorlar qatorida tilga oladi.
37. Kotibiy Nishopuriy — Shamsuddin Muhammad ibni Abdulloh (vaf. 1435, Astrobod). Nishopur 
madrasasida tahsil olgan. Mavlono Siymiydan xattotlikni o‘rganib, xushxat kotib bo‘lib yetishgani uchun 
Qotibiy taxallusni olgan. Hirot, Samarqand, Astrobod, Mozandaron, Gelon, Hijozga safar qilgan. Bir 
necha devonlari va masnaviylari bor. Navoiy Kotibiyni «Majolis un—nafois»ning I majlisida keltiradi 
va «o‘z zamonining benaziri erdi. Har nav’ she’rg‘aki, mayl ko‘rguzdi, anga maoniyi g‘ariba ko‘p 
yuzlandi. Bataxsis, qasoidda balki ixtiro’lar ham qildi va ko‘p yaxshi keldi». Navoiy Kotibiy g‘azallari 
va qasidalariga yuksak baho beradi, «yaxshi so‘zi ko‘pdur» deb yozadi Kotibiyning Astrobodda toun 
(vabo) marazi bilan dunyodan o‘tganligi va No‘x go‘ron degan mazorda dafi etilganligi «Majolis»dan 
ma’lum. Bu yerda Navoiy Kotibiyni ham majoz yo‘lida yozgan shoirlardan deb qayd etadi.
38. Shohiy Sabzavoriy — Amir Oqmalik ibni Malik Jamoluddin Feruzko‘hiy, taxallusi Amir Shohiy 
(1385, Sabzavor — 1453, Astrobod) shoir. Ajdodi sarbadorlardan bo‘lgay, Shohiy Boysung‘ur mirzo 
nadimi sifatida saroy xizmatini bajargan. Sarbadorlar mag‘lub etilgach, ota yurtiga qaytib, dehqonchilik 
bilan mashg‘ul bo‘lgan, Shohiy 5—7 baytli oshiqona g‘azallarni ko‘p bitgan. Ularni Jomiy, Navoiylar 
yuksak baholagan. «Majolis un—nafois»da Navoiy yozadi: «Farog‘atdo‘st va xushbosh kishi erdi. Aning 
she’rini choshni, salosat va yakdast va latofatida ta’rif qilmoq hojat ermas. G‘azali garchi ozdur, ammo 
barcha xaloyiq qoshida pisandida va mustahsandur». Navoiy uni ko‘rmagan, lekin maktub yozishib 
turganligini ta’kidlaydi. Navoiy Shohiy nomi bilan majoz tariqida yozgan shoirlarni yakunlaydi.
39. Mavlono Abdurahmon Jomiy — Nuruddin Abdurahmon ibni Nizomuddin Ahmad ibni 
Shamsuddin Muhammad (1414, Jomning Xargardi —1492, Hirot) shoir va mutafakkir Navoiyning 
do‘sti, tariqatdagi ustodi. 3 ta she’rlar devoni, «Xamsa» yo‘lidagi 7 dostondan iborat «Haft avrang (etti 
taxt), «Bahoriston» kabi badiiy va qator ilmiy asarlar jumladan, «Risolan aruz», «Risolan qofiya», 
«Risolai musiqiy», «Risolai muammo» (3 ta) va b. sharhlar ham yozgan. Navoiy Jomiyni g‘oyat hurmat 
qilgan, har bir dostonida alohida madh qilgan, boshqa asarlarida ham yuksak hurmat bilan yodga oladi. 
Jomiy vafotidan so‘ng u haqda «Xamsat ul—mutahayyirin» (Hayratlanganlar beshligi) nomli 
muqaddima, uch maqolat vz xotimadan iborat maxsus asar yozgan. Unga o‘zining Jomiy vafotiga 
bag‘ishlab yozgan marsiyasini ilova qilgan. Sadruddin Ayniy bu asar «marsiya adabiyotning eng jon 
o‘rtovchi namunasidir. Bu tarkibbandda Jomiyning butun ilmiy va adabiy qudrati mujassamlalgan», — 
deb yozgan edi. Bu yerda Navoiy Jomiyni haqiqat va majoz tariqida ijod qilgan komil va yetakchi so‘z 
san’atkori deb keltirdi.
40. Tarj. ar.: Olloh uning yotgan joyini nurga cho‘mdirib, qabrini muqaddas aylasin.
Tarj. ar.: Ollohdin nafslarimizning yovuzliklari va ishlarimiznnng yomonligidan saqlanishni 
so‘raymiz. 
41. Valoyat ahli — avliyolar ahli. Valiy — do‘st, tasarruf sohibi va amir ma’nolariga ham ega. 
Ollohnnng 99 ismidan biridir. Avliyolar Ollohning amrlarini ummatlarga tushuntiradilar. Haq bilan xalq 
orasida bir muomaladir. Payg‘ambarning valoyati nubuvvatidan ustundir, degan tushuncha bor.
Valiylar Olloh hukmiga mutlaqo rioyat etishlari lozim. 
42. Shibliy — Abubakr Shibliy komil avliyolardan. «Nasoyim
ul—muhabbat»da Jomiy 4—tabaqa avliyolaridan deb yozadi. Attorning «Tazkirat ul—avliyo»sida 
Shibliy manoqiblaridan turli hajmdagi 60 ta naql, suhbatlarni keltiradi. Shibliy 334/945—46 y.


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling