Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
Tanbeh (126).
Kelduk mushabbahg‘akim, olam asbobidur, kishi tilasakim, ko‘ngul tilagandek va bashariyat tomeasi taqoza qilg‘ondek asbobini tuzatgay nima ko‘p kerak ul keraklik nimalardin bir nechasi muyassar bo‘lsa, yana aning itmomi va takmilig‘a yuz oncha, balki ko‘prak kerak bo‘lur ham aning anjomin taaqqul qilsa ul ham mujibi zavoidlar bo‘lur. Andoqkim, aning saranjomining tasavvuri maholotqa yuz qo‘yar. Masalan, ba’zi salotindekkim, necha iqlimni oldilar o‘zga aqolim xayoli boshlarig‘a tushti, muning dag‘i iloji va tadoruki bir necha muddaodin kechmak va bir necha orzudniki bashar tab’ining lozimasidur, o‘tmak bila hosil bo‘lur. Emdi so‘zning aslig‘a shuru’ qiloli: Bu olam asbobi muddao va orzusin andoqkim, biror nima xotirdin salb qilg‘on bila ko‘p tashvish za taklifdin maxlas voqe’ bo‘lur, agar bilkull tamomi muddao va orzudin kishi ilix tortsa, dunyoning barcha ofat va baliyatidinkim, ishtig‘oli haq yo‘lining mone’idur, ozod va forig‘ bo‘lmoq muyassardurkim, bu davlat ko‘p muvofiq bandalarga dast beribdur va aroda bor ekandurlar va holo ham bor ekanlar. Va alarkim, arodin chiqibdurlar, zikrlari mashoyix va ulamo kutubida mazkurdir. Emdi kelduk mushabbahg‘akim, farsh to‘shmamakdur, ul dag‘i andoq xishti ushotqon bila, zoviya qilg‘on bila ko‘p mushkulligi osonliqqa yuz qo‘yar. Agar bu farsh xayolin tamom ko‘nguldin chiqarulsa, kishi ul mahol tasavvurdin ham tinar va xalos ham bo‘lur yo o‘yga agar farsh bo‘lmasa tana’umoti va talazzuzotidin ne o‘ksugay. Va avliyo (quddisa allohu asrorihum) axloh va sifoti ta’rifida, balki anbiyo (salovotillohi alayhum) ahkom va sharoe’i zikrida o‘y farshi so‘zi o‘tubmu ekin andoqkim, o‘y farshig‘a hech ish vobasta emas va ul hech ishga muhtoji alayh emas. Fil-haqiqat olami asbobi dag‘i besh kunlik umrdakim, nihoyati o‘lmakdur va barcha qonlar yutub hosil qilg‘on asbobin yuz hasrat va armon ila qo‘yub ketmak. Har kishikim, haqdin qabul saodatig‘a musharraf bo‘lubtur, ani rad qilibdur va bori ahli qabulning mardudi bilibdur chun ani tamomi xotirdin mahv etibdur, asli maqsudig‘a yetibdur. Va ul mushabbah va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling