Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xotimada: Tanbeh ( 125). Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com
Tanbeh (124).
Uyg‘oqlig‘da ne olingga kelsa, qazodin ko‘r, uyquda har ne tushungga kirsa, yaxshi yo‘q. Elning so‘ziga har ne yomonliq mahal topma, g‘olib aduv mag‘lubing bo‘lsa, shar’ tarafin zohir qilib, xayr jonibin yopma. Qaviy dushman zabuning bo‘lsa muruvvat qil, karam va avf ko‘rguzgil. Zolim va bedard suhbatida nukta surma, nammom na nomard muloyamatida dam urma. Dono ilikdin borg‘ondin so‘z aytmas, o‘tgan yigitlik orzu bila qaytmas. O‘tgan ro‘zgor adamdur. Kelmagandin so‘z aytqon ahli nadamdur va hol mug‘tanamdur. Bir turk bu ma’nida debdurkim: «Dam bu damdur». Bayt: Moziyu mustaqbal ahvolin takallum ayla kam, Ne uchunkim, dam bu damdur, dam bu damdur, dam bu dam. Xotimada: Tanbeh (125). Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 75 Suvdin asrag‘ulukdur tufroq va balchig‘ uyin. Va o‘tdin asrag‘uluqdur yag‘och va qamish uyin. Va yeldin asrag‘ulukdur bo‘z uyin. Va tufrog‘din asrag‘ulukdur ko‘z uyin. Jami’i mosivallohdin asrag‘ulukdur ko‘ngul uyin. Bayt: Nechukkim, to‘rt uyga to‘rt ziddi nuqsoni shoye’dur, Beshinchi un dag‘i ag‘yordin ul nav’ zoe’dur. Olam asbobining tuganmasligida bu tanbehdurlar: Masalan, birovkim kirpichdin bir-biriga farsh to‘shar bo‘lsa, chun ma’xud budurkim, xishtni darz bar darz solmas, qirog‘larin bir-biridin o‘tkarib, avvalg‘ig‘a yondoshtura solg‘on ikki xishtning taraflarida ikki ulug‘ farja paydo bo‘lurkim, yana ikki xisht tilar. Oni solmoq lozimdur. Bu qiyos bila ming yo ikki ming xisht farsh soli(n)sa bu nav’ farjalar bag‘oyat ko‘p hosil bo‘lur. Har qaysining islohig‘a yana xisht solg‘on sayn ul farjalar ul xishtlarga ko‘ra ko‘p zohir bo‘lur. Agarchi ul farja zohir bo‘lg‘on takmili uchun yana xisht soli(n)sa, arzi olloh vossat yuzni, balki kurai arz davrasin tamom xisht solmoq lozim bo‘la kelur. Bovujudi ulkim, bu mahol xayolni kishi taaqqul qilsa tuganmog‘ining imkoni yo‘qtur. Qishi tuganmagini faraz qilsa, ul farjalar birla ming, balki yuz ming bilonihoyat ortar. Alaring islohini mahol faraz birla ham taaqqul qilsa bo‘lmas. Muning iloji va tadoruki xishtni zoviya qilmoq bila va andin ham ushog‘roq ushatmoq bila muyassar bo‘lurkim, muddao qilg‘oncha yerga chun farsh to‘shaldi, paydo bo‘lg‘on farjalarg‘a ko‘ra xishtlarni ushotib solg‘aylar yo ul dushvorlig‘ osonlig‘ bila ilaydin qo‘pqay. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling