Mumtoz musiqa sadolari ostida 2 boshlovchi sahnaga chiqib keladi. Musiqa pastlatiladi
Download 10.6 Kb.
|
navoiy tadbir senariy
Mumtoz musiqa sadolari ostida 2 boshlovchi sahnaga chiqib keladi. Musiqa pastlatiladi. 1-boshlovchi: Assalomu alaykum, qadri baland mehmonlar, she'riyatga oshufta, ohangga oshno qalblar! 2-boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz talabalar! 1-boshlovchi: Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrli deydilar. Ulug‘ ajdodlarimizning benazir ijodini o‘rganish, ular qazigan ilm chashmalaridan bahra olish biz avlodlar uchun ham farz, ham qarzdir. 2-boshlovchi: Shu sababdan bugun ulug‘ mutafakkirimiz, so‘z podshosi hazrati Mir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan kechamizda siz azizlarimizni ko‘rib turganimizdan bag‘oyat shodmiz. 1-boshlovchi: Ruxsatingiz bilan, avvalo, tadbirimizni ochib berish uchun so‘zni ... ga bersak, marhamat. 2-boshlovchi: Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Ka'ba vayron o‘lsa, obod aylagay... 1-boshlovchi: Aziz mehmonlar, endi barchangizni asrlar osha moziyga sayohatga, ulug‘ ustozimizning she'riyat chashmalaridan bahramand bo‘lishga chorlaymiz! Malika budur: (yugurib chiqadi va qo’girchog’ini irg’itib) Men yutdim, men yutdim. Endi shartlarimni bajarasan, bajarasan. Aloviddin: Qanaqa shart? Malika Budur: Jinga buyur, bizni shunday joyga olib borsin. Ham buyuk insonlar bo’lsin, ham bir-biridan ajoyib-u g’aroyib voqealarni ko‘rmoq istarman. Aloviddin: Malika, bu ishlar mening qo’limda emas. Jin chiroqqa qaytib kelgan bo’lsa, bajonidil( chiroqni olib ichiga nimalarnidir shivirladi va ishqalab yerga otadi. Shovqin bilan jin paydo bo’ladi)
Jin: Amringizga muntazirman, xojam. Aloviddin: Ulamolar , aql, qalb ko’zlarini ravshanlashtiradigan odamlarni ko’rmoq istayman. Jin: (soqolidan uzib afsun o’qiydi) Hakkalla-dukkalla-cho’kkalla… Malika Budur: Vuy,chiroyliligini…
Aloviddin: Jim, mana bu joyga o’tir. Sahna 15-asrdagi ko’rinishda bezatilgan. Xontaxta atrofida to’rt-besh shoirlar ashor o’qishardi. Alisher Navoiy: La'lingni qilib nuqtasaro, ey qora ko’z, Ishq ahli hayotiga yaro, ey qora ko’z. Chekma yana surma ko’z aro, ey qorako’z, El qonig’a ko’z qaro, ey qorako’z.
Shoirlar: Ofarin, tasanno, bali-bali deb baho berarlar. Misralarg’a jo bo’lg’an ma’nisi meni ko’p hayron qoldiradur. 1-shoir: Avvalgi mushoirada bu ruboiy ustida bahs-munozara bo’lg’onini eshitib erdik. Mir Alisher, ne boisdin sizning bul shoh misralaringiz bahsga sabab bo’lg’on erdi?
Alisher Navoiy: Menim xos xattotim biroz betoblanib erdi. Havasmand xattotdan biri chiroyli ko‘chirishga olib ko’chiribdur. Biroq qora ko’z so’zida bir nuqtani tushirib qoldirg’onlig’in bilmagan. Uni o’qig’on shoiri buyuklar “Alisher “ko’z” emas, “ko’r” yozibdi, xato yozibdi, o’zlari nuqson-qusurga yo’l qo’yibdilarmi, boshqalardan nimani kutish mumkin” degan gap qulog’imga chalindi. Aslini ularg’a uzotib “meni ko’r qilg’onlar ko’r bo’lsin” deb anga javob berib yubordim. Shoirlar: Xato yozadirg’on xattotdan xattot chiqmas, ko’ngli egridan to‘g‘ri gap chiqmas deb bekorga aytmaslar, - debdilar.
Malika Budur: Aloviddin, Mir Alisher haqida ko’p bilmoqchiman. Menga hikoya qilib bersinlar. Tezroq. Aloviddin: (Chiroqni ishqalaydi, jin hozir bo’ladi va xojasining amrini kutadi) Jin, malika Budurga hikoyalar biladiganlarni ko’rsat. Kim haqida bilmoqchiligini anglagandirsan. Jin: Amringiz bajariladi, xojam. Navoiy hayoti va ijodi haqida vidio rolik qoyiladi Azizlar,“Qizlar gulshani” guruhi ishtirokida Alisher Navoiy g‘azallaridan tinglang, marhamat. G‘azallar: Mahliyo "Kelmadi" Feruza "O‘n sakiz" Gulandom "Topmadim" Lobar "Bo‘ldim sanga" Durxonim "Deyin" Sevinch "Meni men istagan" Malika budur: Aloviddin, bu g‘azallar menga zavq bag‘ishlayapti-ku, men biroz charchadim, musiqa tinglagim kelyapti. Aloviddin: Jin, malikaning buyrug‘ini bajar. Jin... 1-raqs.
Malika Budur: Aloviddin, men mashhur shoirning asarlari haqida bilgim kelyapti Aloviddin: Qaysi asari? Malika Budur: O'sha mashhur asari "Xamsa " haqida Aloviddin: Jin malika ikkimizga "Xamsa" asari haqida ma'lumot ber Jin: Hakkala-dukkala-chokkala Xamsa Hayrat ul abror Farhod shirin Dilsoz Layli majnun. Bikajon apka Sabbai sayyor Saddi iskandariy Barno Malika: Aloviddin men bu asarlarni tinglab, ular orasiga tuwib qolgim keldi Aloviddin: Qaysi asariga Malika Budur: Bilmayman. Lekin shu asarlar olamida bo'lishni juda xohlayman. Aloviddin:(chiroqni olib ishqalaydi, jin xizmatga hozirligini bildiradi) Budur ikkimizni tillarda doston bo’lgan Farhod va Shirin yoniga olib bor. Jin:Amringiz bosh ustiga, xojam. “Farhod va Shirin” dostonidan kichik lavha ko’rsatiladi. Shirin. Risolat Farhod. Mohigul Shirin:Ki, Ey na’layning o’rni qiblagohim! Harami nazhating g’amdin panohim! Farhod: Necha yetkay sanga mendin malolat, Necha kelgay manga ondin xijolat. Shirin:Boshimg’a tig’i g’am ursang ne bo’lg’ay, Bu so’z deguncha o’ltursang ne bo’lg’ay, Farhod:Meni hindidek otashgahga boshla, Uzorim xolidek o’t ichra tashla. Shirin:Ki jismim bo’lsa ui o’t ichra nobud, Sochimdek chiqqay ondin chirmanib dud. Farhod: Malolimdin bari olam qutulsin, Tanim yuz ming balodin ham qutulsin. Shirin: Qulog’i mustami bo’lmay so’zimga, Ko’zi oylar o’tub tushmay yuzumga. Farhod:Tog’ ichra sel yanglig’ oqizib yosh, Urub tosh uzra hardam seldek bosh. Shirin:Xayolim birla ko’nglim kone aylab, Firoqim ichra umrin zoye aylab. Jin:Hakkalla, dukkalla,cho’kkalla. Aslingga qayt! Budur: voy, menga Shirin juda yoqib qolgandi! Aloviddin: Malika Budur, bu tomonga qaragin, shoirning yana bir asari qahramonlari orasiga tushib qolibmiz! Budur: Voy,bu o'sha Sabbai sayyor dastonidagi mashhur 7 go'zal emasmi. Aloviddin: Ha, bular 7iqlimdan kelgan malikalar. "Sabbai sayyor 7 go‘zal: Barno
Mohinur Madina
Dilnavoz Gulandom
Sanobar Bonu
Malika budur: Ajoyib, qanday go‘zal!!! Aloviddin: Malika Navoiy bobomizning ruboiylaridan ham tinglaylik. Nima deysin Malika: Hop qanday yaxshi-ya Jin:...... Ruboiy Dilbar
Maftuna Mohigul
Mohinur Shahnoza
Kamola Bikajon apka Risolat Boshlovchi: Malika, Aloviddin bizning Navoiy bobomiz butun dunyoga mashhur shoir, keling boshqa mamlakat olimlaringing bobomiz haqidagi oltinga teng fikrlaridan tinglaylik Malika: Hop Fikrlar:
Hayitmetov. Gulasal Rashidiy. Barno I. Karimov. Dilnovoz Mohinur. Hakimshoh Husayn Bayqaro. Muhlisa Jomiy. Guli Bobur: Dilsoz
Aloviddin: Unda kel biiir qoshiq tinglaylik "Binafsha" raqsi
Malika: Voy qanday yaxshi, judayam qiziqyapman qanday bolar ekan dep, tezroq ewtaylik Jin:. Amiringiz bosh ustiga Malikam.. Chet tilidagi ruboiylar: Navoiyniki: Maftuna, turk Gulandom. Fransuz Sanobar: Ingliz tili 1-boshlovchiO'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa, Oltin boshning kalla bo'lgani shudir. Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa, Qora sochning malla bo'lgani shudir. O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa, Dod demoqqa palla bo'lgani shudir. Ma'rifatdan ayri o'ynasa, kulsa, Aza chog'i yalla bo'lgani shudir. 2-boshlovchi: El komil bo'lmasa, yurt emas ulug', Beqadr mahalla bo'lgani shudir. Qalb to'la nur xalqning rizqi ham to'lig', Ombor to'la g'alla bo'lgani shudir. O'zbek o'zligini anglasa bekam, Uning "Barakalla" bo'lgani shudir. Olamga Navoiy nasliman degan Ovozi baralla bo'lgani shudir. 1-boshlovchi: Ha, azizlar Navoiy ijodini o'rganish, uning merosini asrab avaylaw har birimizga nasib qilsin. 2-bosh:Shuning bilan bugungi tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi. 1-boshlovchi: Barchangizga sog‘lik-salomatlik, ishlaringizga rivoj tilab bugungi tadbirni yakunlaymiz. E'tiboringiz uchun rahmat! Tadbir tugadi! Download 10.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling