Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (28). 
Eranlar xizmatig‘a ulki umrin sarf etar, agarchi umri ketar, ammo jovid umrig‘a yetar. O‘zungni bu 
zumradin yiroq tutma, boshing borsa bu muddaoni unutma. Umr foniydur bevafo, ul boqiy hayot mujibi 
baqo.
Nazm: 
Eranlar xizmatidin chekmagil bosh, 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
48
Agar boshingga gardundin yog‘ar tosh Ki, 
gar ul tosh bila boshing ushalg‘ay, Saodat 
xattidur, gar zaxmi qolg‘ay.  
Tanbeh (29). 
Valine’matqa ayb ravo ko‘rguvchi piriga murtad muriddur va atosig‘a haromzoda o‘g‘il, Muridg‘a 
pir va o‘g‘ulg‘a ato va xodimg‘a maxdum haqqi andoqdurkim, bandalarg‘a qodiri kayyum haqqi.
Masnaviy:  
Kimki ato amrig‘a qo‘ymas bo‘yun,
Pir ila maxdum ishin der o‘yun. Balki, 
chekar tengri yo‘lidin ayoq, Tengri 
bila oq bo‘lar, pirla oq.  
Tanbeh (30). 
Harkimki, birov bila yordur yoki yorlig‘ da’viysi bordur, kerakkim, o‘ziga ravo tutmog‘onni yorig‘a 
ravo tutmasa, ko‘p nimakim, o‘ziga ham ravo tutsa, anga tutmasa. Bas mashaqqatkim, andin ruhg‘a alam 
yetar, kishi ani o‘z jismu jonig‘a tajviz etar. Ammo ani yorig‘a taxayyul qila olmas, agar taxayyul qilsa
vahshatidin hayoti qolmas.
Qit’a: 
Yor uldurki, har nechakim o‘ziga Istamas, 
yorig‘a ham istamagay.  
O‘zi istarki, yor uchun o‘lgay.  
Ani munda sharik aylamagay. 
Tanbeh (31). 
Ko‘ngul badan mulkining podshohidur, anga sihhat, munga ham sihhat, anga tabohi, munga ham 
tabohi. Pas ulkim, ko‘ngul mulkining sohib johi bo‘lg‘ay shohlar shohi bo‘lg‘ay. Badan saloh va fasodi, 
ko‘ngul saloh va fasodig‘a tobe’ va mulk obod va xaroblig‘i shoh adl va zulmig‘a roje’.
Podshoh - mulk badanining jonidur va ko‘ngul - badan mulkining sultoni.
Bayt: 
Mulk uchun solim keraktur xusravi kishvarpanoh, 
Tan uchun ul uzvkim, bo‘ldi badan mulkida shoh.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling