Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (17). 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
45
Vafo zaylida va hayo zikrida  
Karam va muruvvat ota va onadurlar, vafo va hayo ikki hamzod farzand. Har necha ul ikovga nur 
bila safodur, bu ikavga ittisol bila payvand. Har ko‘ngulnikim, vafo maskan qilur, hayo ham qilur va har 
maskandakim, ul topilur, bu ham topilur. Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q. Har kimda bu ikki 
yo‘q - imon yo‘q va har kimda imon yo‘q andin umid ko‘zin yorutsa bo‘lmas. Mahbubki, bevafodur - 
andin jovid visoli tama’ kutsa bo‘lmas...
Komillar - ahli hayo va noqislar behayo. 
Vafo va hayo olam tiyra makonidin o‘tubdurlar va lomakon olamida makon tutubturlar. Va o‘zlarin 
bir-birlari bila ovutubturlar va qolg‘on vafosiz behayolar alarni unutubturlar. 
Har kimgakim, bir vafo ko‘rguzdum, yuz bevafolig‘ ko‘rmaguncha qutulmadim. Va har kim bilakim 
bir mehru muhabbat oyini tuzdum, ming javru mazallat tortmag‘uncha xalos bo‘lmadim.
Bayt: 
Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosi ko‘rmadim, Ko‘rguzub 
yuz mehr, ming dardu balosin ko‘rmadim.  
Davr bevafolari javridin dod va dahr behayolari zulmidin fig‘onu faryod! To olam binosidur bu o‘tg‘a 
hech kishi mencha o‘rtanmaydur, to bevafolig‘ ibtidosidur bu yoling‘a hech kim mendek 
churkanmaydur. Zamon ahli bevafolig‘idin ko‘ksumda tuganlar va davron xayli behayolig‘idin 
bag‘rimda tikanlar, har qaysig‘a raqam uray desam, Ayub sabri anga vafo etmas va qalam suray desam
Nuh
16
umrida tamomg‘a yetmas. Haq yo alarg‘a rahm va insof sari tavassul bergay va bu maxrum 
jafokashg‘a sabr va tahammul.
Bayt: 
Yo marhamat ul xayli sitamkorg‘a bergil,  
Yo sabru tahammul meni bechoraga bergil.  
Tanbeh (18). 
Hilm zikrida  
Hilm inson vujudining favoqihlig‘ bog‘idur, odamiylig‘ olamining javohirlig‘ tog‘i. Hilmni havodis 
daryosida kishilik kemasining langari desa bo‘lur va insoniyat mezoni toshig‘a nisbat qilsa bo‘lur. Axloq 
shaxsning og‘ir baholig‘ libosidur va ul libos jinsining sangin debosi. Muxolif nafslar sarsari 
uchurmoqdin asrag‘uvchi va munofiq, bulhavaslar harzasi tundbodi sovurmoqdin saqlag‘uvchi. 
Haloyiqdin kishiga mujibi ta’zim va e’zoz va akobirdin asog‘irg‘a boisi iltifot va imtiyoz. Necha ulug‘ 
kishi tamasxur va tiybat qilsa, aning qoshida beshukuh va viqor. Nechakim, musin kishi hazl va xiffat 
ko‘rguzsa, aning qoshida beshavqat va bee’tibor. Ammo davron bog‘ining xas va xoshakoyinlari va 
yeldek besabot va tamkinlari ko‘ziga hilm ahli og‘irliqqa mansub va garon jonliq bila ma’yubdurlar. 
Quyundek tufrog‘ni havog‘a sovururlar va sabuksorliq bila boshlarin ko‘kka yetkururlar. Tog‘ paykorin 
ayog‘ ostig‘a olmoq oyinlari va dasht ajzosin havog‘a sovurmoq tamkinlari.
Yeldek har eshikdin kirarga orlari yo‘q, o‘tdek otashdonlig‘idin o‘zga shiorlari yo‘q. Yel agarchi 
lola tojin uchurg‘ay, ammo qiyo kamarig‘a neta olg‘ay. O‘t agarchi tog‘ etagin kuydurgan, ammo quyosh 
axgarig‘a nechuk yeta olg‘ay?


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling