Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
Tanbeh (10).
Ammo bu zamon va davronda yo davroni zamon inqilobi qusuridin yo davron va zamon ahli xirad va insoniyat futuridin, holo bu varaq evrulubtur va bu qaziya bar aks bo‘lubtur, yaxshilik jazosi xushunatdin o‘zga va muloyamat podoshi takabbur va ruunatdin o‘zga naqsh tutmas va surat bog‘lamas. Har kimgakim, bir xizmat qilding o‘n shiddatg‘a muhayyo turmoq kerak va har kishiga yuz muloyamat ko‘rguzdung ming g‘ilzat va quduratg‘a salo urmoq kerak. Anikim, bir duo qilding, ko‘p qarg‘ish bila qutulmoq yo‘qtur. Birovgakim, bir madh deding, o‘n zam bila xalos bo‘lmoq yo‘qtur. Bir sog‘ar may bergandin qadah-qadah xunob yutmoq kerak va bir qadah no‘sh ichirgandin ayoq-ayoq zahrg‘a o‘zni omoda tutmoq kerak. Har nav’ xidmatkorliq qilib, muqobalada yuz jafo ham ko‘rsang yana xidmat ko‘z tutarlar. Va agar vafodorliq qilib, o‘truda ranju ano ham cheksang, yana ubudiyat tama’ qilurlar. Har vafog‘a yuz jafo tortmasang, gunahkorsen va har mehru muhabbatg‘a ming dardu mehnat qabul qilmasang, tabah ro‘zgorsen. Alarg‘a jon fido qilsang, shukronai jong‘a minnat qo‘ymoq tilarlar, agar bu shukronani ado qilsang, takrorg‘a shuru’ qilmoq istarlar. Yuz muddaolari hosil bo‘lub, biri qolsa, boshdin ayoq muqassirsen. Ming orzulari butub, kishi bir uzr arog‘a solsa ayoqdin bosh mudbirsen. Yamonliq qilg‘onlarnga ming niyoz ko‘rguzsang sening ishingdin yamonroq hech kishining ishi yo‘q. Joningni do‘stlug‘larida bermasang, dushmani joning erurlar, xotirlari uchun nohaq qong‘a rozi bo‘lmasang, Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 43 qoningg‘a tonug‘luq berurlar. Doim tilaganlaridek qilg‘ong‘a bir qatla ta’xir bo‘lsa, shikoyat va tashni’lari shoe’ va mudom istaganlaridek qilg‘oningg‘a bir navbat taqsir bo‘lsa, umrungda qilg‘onlaring bari zoe’. Payopay olmoq alarg‘a hunar, yuz din biriga evaz xayolidin ko‘ngullariga zarar. Emgaklarig‘a ko‘p chidasang, oting beidrok, takliflaridin oz yod etsang, zotingg‘a tuhmat va imsok. Borlar molingni fidolari qilsang bir qatla sahvdin unutsang, laqabing bemuruvvat. Jafolarn muqobalasida uzrxohliqqa jon bermasang, xitobing beahamiyat. Boshlarig‘a gul sochsang, alardin yuzungga tikan sanchilur, agar ul gul sochmog‘ni bas qilsang, bag‘ringga cho‘qur tikilur. Mutaoqib niyozlarg‘a mutavotir noz peshalari va payopay sitamlarig‘a damodam lutfu karam ko‘z tutmoq andishalari. Bechora ul mazlumkim, bu zulmkeshlarg‘a giriftor va bu sitamandeshlarg‘a farmonbardor bo‘lg‘ay, bular jafosin bu jafokash jonidin so‘r va sitamlari jarohatlari majruh bag‘ri zaxmidin ko‘r. Qit’a: Jafolarkim, mening jonimg‘a yetmish dahr xalqidin, Biri kuffordin kelmas asir o‘lg‘on musulmong‘a. Ne bedodikim, istarlar qilib so‘ngra o‘kush tuhmat, Dag‘i yuklarlar oxir bu jafokash zoru hayrong‘a. Bu bedod ahlidin gar jon berib maxlas erur mumkin, Qilib joni fido, billahki, minnat qo‘yg‘amen jong‘a. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling