Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanbeh ( 5).
Tanbeh (3).
Xudpisand - noxiradmand. Xudoro - shohidi ra’no. Mustag‘niy - mag‘bun, mutakabbir - mal’un. Shahvatparast - nafsg‘a zardast. Xudparast - butparast. Bu balolardin nafsin fano qutqarur va bu mahlaklardin najot sari boshqarur. Tanbeh (4). Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 40 Fano axlig‘a ko‘p aytmoq marduddur va ko‘p eshitmak matlub va mahmud. Eshitmak elni to‘la qilur va aytmoq xoli, eshitguvchi va aytguvchining budur holi. Ko‘p degan ko‘p yangilur va ko‘p yegan ko‘p yiqilur. Qolab amrozining moddasi ko‘p yemakdur va qalb amrozining moddasi ko‘p demaq. Ko‘p demak so‘zga mag‘rurluq va ko‘p yemak nafsg‘a ma’murluq. Odamiyg‘a bu sifatlar zavoid, barchasi xudparastliqqa oid. Tanbeh (5). Xudparastliqki, erur moddai idbor, munda dag‘i tavofut va matib bor. Xudparastki, ne qilg‘oni o‘ziga xo‘bdur, bu nopisand fe’lg‘a tafovut ko‘pdur. Agarchi anga ko‘p aqsom lozim bo‘lur, ammo bu yerda ixtisor uchun qismg‘a munqasim bo‘lur. Avvalg‘i qism uldirkim, o‘zining aqvoli va af’oli va ashkoli har nekim bor, o‘ziga xo‘b ko‘rungay, agarchi elga mardud bo‘lg‘ay, anga mahbub va marg‘ub ko‘rungay, andoqki, mazkur bo‘ldi va avroqqa mastur. Ikkinchi qism uldurki, jamni holoti noxush xayoloti o‘ziga pisandida va raboyanda, mustahsan va xush oyanda ko‘rungay. Va ul kaboyixni yaxshi deb o‘kungay. Karih zot o‘zin Yusufi Kan’oniy 6 degay. Va «ankar-al-asvot» 7 uning Yusufi Andigoniy 8 alhoni. Nomavzun abyotin Salmoning 9 «masnu’» qasidasidin yaxshiroq bilgay va bema’ni hazayonin Jorulloh 10 bitgan «Kashshof» 11 gumon qilg‘ay. Haqning hech amrig‘a bo‘yun qo‘ymag‘ay va shayotinning barcha buyrug‘in bajo keltururdin to‘ymag‘ay. O‘z olida dono va chechan va har nomaqbul qiladurg‘oni anga ma’qul va mustahsan. Mayg‘a haris, badmast va muzmin, majlisig‘a giriftor bo‘lg‘onning qutulmog‘i nomumkin. Nomuborak bazmig‘a ulki giriftor bo‘lg‘ay, nomatbu’ harakotidin umridin bezor bo‘lg‘ay. Majlisida o‘kta hukmlar surar chog‘i, barcha ijroni ahkom bir, bu dog‘i, giriftor majlisidin qo‘parga suruk qaltaboni mone’ va agar ani g‘ofil qilib eshigiga yetsa, darboni mone’. Mubtalog‘a baloe tushgayki, o‘lumni ko‘ziga, to‘tiyo qilg‘ay, o‘lturub seni bu balodin kutqoray deganga jonin fido qilg‘ay, gar kutulsa, Rum, balki Faranggacha turmag‘ay, yana majlis agar bihisht bo‘lsa, ul yon qadam urmag‘ay. Bu xudpisandi badkirdor va bu lavandi murdor bu palid majlisidakim, zindon andin yaxshiroq va bu najis mahallidakim, mustaroh andin arig‘roqdur, agar ilayidin kekirsa va keynidin o‘zga yel sekirsa, o‘z qoshida mahbublug‘i ul martabada va o‘z af’olining xo‘blug‘i o‘z olida ul masobodakim, tama’i bukim, bazmidag‘i hozirlar va bu ahvol va af’olig‘a voqif va nozirlar bu voqe’ bo‘lg‘on harakotning ham unin dilpisand degaylar, ham royihasin sudmand. Bu qaboyihni kishi anga ayta olmag‘ay va ayta olg‘onning so‘ziga quloq solmag‘ay va eshitsa ham, musallam tutmag‘ay va nomuloyim ishini o‘z «sharif zotig‘a» yovutmag‘ay. Nosihg‘a izo va qasd etgay va bu nasihatdin anga ko‘p mazallat yetkay. Bu nav’ kishiki, anga mundoq bo‘lg‘ay kirdor, halo bu davrda mavjud va hozir bor. Bu tavrda yana azizlar ham jilva qilurlarkim, zamon ahli taammul qilsalar borin bilurlar. Agar ba’zi mazkur bo‘lg‘on azizlardin kichik bo‘lsa, ba’zisi uluqtur va ag‘ar ba’zi ishlari andig‘ o‘ksuk bo‘lsa ba’zisi ortuqdurkim, ko‘piga bu faqiri mazlum nomaqdur rioyatlar yetkurubdur va muqobalada nomahsur zulm va taaddilarin ko‘rubdur va ko‘rmasga solib kechurubdurkim, tengri alarni insof haramig‘a xos qilg‘ay yo bu mazlumni va soyir mazlumlarni alar zulmidin xalos. Bu mazkur bo‘lg‘on af’ol va bu mastur xisol barcha kishi qoshida o‘z mahbublig‘idindur va nafsi shayton amrig‘a ma’mur va mag‘lublig‘idindurkim, majmui zamoyim af’ol munga doxildur va barining daf’i shikastalig‘ va fanodin hosil. Qit’a: Kishiki topsa fano ko‘rasi o‘tig‘a guzor, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling