Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
37
Avvalg‘i qism. Avom ishqidurkim, avom un-nos orasida bu mashhur va shoe’durkim, derlar: «Falon 
falong‘a oshiq bo‘lubtur». Va bu nav’ kishi har nav’ kishig‘a bo‘lsa bo‘lur, shag‘ab va iztiroblaricha 
lazzati jismoniy va shahvati nafsoniy emas va bu qismning biyikrak martabasi shar’iy nikohdurkim, bari 
xaloyiqqa sunnatdur va muboh. Va pastroq martabasida parishonliq va mushavvashliqlar va besomonliq 
va noxushliqlareki, zikri tarki adabdur va bayoni behijobliqqa sabab.
Ikkinchi qism. Xavoss ishqidurkim, xavoss ul ishqqa mansubdurlar. Ul pok ko‘zni pok nazar bila 
pok yuzga solmoqdur va pok ko‘ngul ul pok yuz oshubidin qo‘zg‘olmoq va bu pok mazhar vositasi bila 
oshiqi pokboz mahbubi haqiqiy jamolidin bahra olmoq. Ishq ahlining pokbozlari va shavqu niyoz 
ahlining nazmtiroz va afsonapardozlari mutaqaddimindin andoqkim, nazm beshasining g‘azanfari va 
dardu ishq otashkadasining samandari va zavqu hol vodisining pokravi Amir Xusrav Dehlaviydurkim, 
pok nafas va guftori, pok alfoz va maoniyliq ash’ori ishq ahlining orasida g‘avg‘o va vajduhol anjumani 
fazosida alolo solibdur.
Yana so‘zi poku, ko‘zi pok ishq ahlida mujarrad va munfarid va bebok bu toifaning benaziru adil va 
toqi faxrulmillatu vad-din Shayx Iroqiydurkim
33
, ishq sifotig‘a muttasifdur va lamaoti pok maoniy va 
tarokibig‘a munsifdur. Va mutaaxxirindin ikki olamni bir dov bila o‘ynag‘on muqammir shevalar 
pokbozi va ishq dayri fanosida haqiqat bodasidin mast rindlar hamrozi shamsul-millati vad-din Xoja 
Hofiz Sheroziydur. Dunyo va oxiratni bir oh ila o‘rtagan pok oshiqlar imomi va mulk va malakutda 
soyirlar shayx ul-islomi hazrati murshidiy va maxdumiy nur ul-millat vad-din Abdurahmon Jomiydur 
(navvarallohi marqadu- hu) kim, agarchi alar vasfi nazmg‘a nisbat berurdin yuqoriroqdur, ammo har sinf 
nazmda benazir erdilar va nechaki ta’riflari she’rda mahoratdin tashqaridur va lekin har uslub she’rda 
jahongirdurlar. Va nazimlarida har she’r bila ishq o‘tin olamg‘a urubturlar, she’rlarida har bayt bila dard 
ahli jonu ko‘ngul olamin ko‘ydurubdurlar.
Yana ul hazrat jomi muhabbatidin durkashlar va irshodi sulukidin foniyvashlarkim, dardu ishq tavri 
adosida guftorlari turk ulusida haroratomez va sort xaylida ofatangizdur. Borining g‘arazi guftorlari 
ishtig‘olidin va ano yolinidin ajzu niyozliq holati va dardu balo choqinidin so‘zu gudozg‘a mubohoti 
o‘zin bu ishqqa mansub qilmoqdur, balki ko‘runur bu ishq olamida oshiqliqning sa’b holi va 
ma’shuqning mufrit jamoli har yerda har birining ajab holoti va g‘arib xayoloti va g‘oyatsiz bul ajablar 
va nihoyatsiz rangu taablarga yuzlanibdur va aning izhori lozim kelibdur. Ul jumladin, ma’shuq husnu 
jamolining benihoyatlig‘i va nozu istig‘nosining behaddu g‘oyatlig‘i. Va andoq ahvolkim, munga 
muvofiq bo‘lg‘ay, andin so‘ng oshiq dardu shavqining farovonlig‘i va ajzu niyoz va so‘zu gudozining 
bepoyonlig‘i. Va har umurkim, unga munosibdur, yana ikkalasining bir biriga imtizoji va tarkibidin va 
ixtisosi va tarbiyatidin vuqu’ topqon holot adosida va yuz ko‘rguzgan mushkilot imlosidakim, har birida 
agar kitoblar tasnif qililsa va mujalladlar tarkib etilsa, hanuz ulcha aning adosining haqqidur tahrirg‘a 
keturmak, taqrir qalamin surmak mutag‘ayyir ko‘runur, balki mutaazzirdur. Va qoinot bozorining 
g‘avg‘osi va unsuriyot chorsusining alolosi bu takallum va tarannum biladur va munsiz inson kalomi 
tanedur jonsiz va bashar alfoz va iboroti chamanedur gulu rayhonsiz.
So‘zkim, dard choshnisidin harorati bo‘lmag‘ay, nursiz sham’ bil va sarvarsiz jam’ gumon qil. 
Hosilikim, so‘zga bu taronadur va mundin o‘zga barcha afsona, dur va so‘z ishq so‘zidur va ko‘ngulda 
hayot nash’asi ishq o‘zidur.
Bayt: 
So‘zki ma’nosida ishq o‘ti nishoni bo‘lmag‘ay,
Bir taharruksiz badan onglaki, joni bo‘lmag‘ay.  


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling