Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
50
Tanbeh (37). 
Ilm o‘rganmak din tavqiyati uchundur, yo‘qki dini jam’iyati uchun. Xayrsiz g‘aniy - yog‘insiz sahob 
va amalsiz olim - dobbaki anga yuklagaylar kitob.
Bayt: 
Hammol nafis raxt ila gar ursa qadam,  
Yo‘q naf’ anga g‘ayri muzd birikki diram.  
Tanbeh (38). 
Baxilning molin asrardin mehnati qattig‘ va hasudning fe’li uyotidin ayshi achchig‘kim, ul o‘z 
anosidin zalildur va bu o‘z qilig‘idin alil.
Bayt: 
Anga molining hifzi ranju ano,  
Munga fe’ling zishti dardu balo.  
Tanbeh (39). 
Kishi molidin nekim bahra oldi aningdekdur, har nekim asradi o‘zganing. Zahmat bila topqoningni 
o‘zungdin ayama va mehnat bila yiqqoningni do‘stlar bila dushmanlar uchun asrama.
Bayt: 
Mol uldurkim, el andin topsa bahr, 
Dushman andin topsa tengdur no‘shu zahr.  
Tanbeh (40). 
Uqalo salotin lutfig‘a e’timod qilmaydurlar va hukamo majonin qavlig‘a e’timod, joyiz 
bilmaydurlarkim ul biri sohibi ixtiyordur va bu biri beixtiyor. Xiradmandg‘a ikkalasidin ehtiroz qilmoq 
sazovor. 
Bayt: 
Ul chu sohib ixtiyor o‘ldi-yu bu beixtiyor
Ikkisida jazmu hikmatning xilofi oshkor.  
Tanbeh (41). 
Har dushvor ishki, mol sarf etmak bila muyassardur - qilmasang jong‘a xatardur, sarfin g‘animat bil 
va salomat sori azimat qil.
Qit’a: 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
51
Diram bila bo‘la olsa zararni qaytarmoq,
Xatodurur kishi ul ishida aylamak ta’til. 
Aning panohig‘a kir, tengrini panoh aylab, 
Valek ayla bu xayr ish qilurda ko‘p ta’jil.  
Tanbeh (42). 
Har ish kifoyatidakim, saranjomida tashaddud bo‘lg‘ay va tab’g‘a taraddud, ul jonibni tutkim, 
emgagi ozroq yuz bergay va ozori kamrak xotirg‘a kirg‘ay.
Dunyoga taalluq ishini saxl tut va din ishida sud tasavvuri bila ko‘ngulni ovut.
Nodon pandida g‘alat muqarrardur va dushman nasihatida firib mutasavvardur. Andin bozi yema va 
mundin o‘zungga bozi berma.
Bayt: 
Xushtur xiradi ko‘p el so‘ziga kirmak,  
Ne boziy yemak xushu ne boziy bermak.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling