Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
41
Agarchi zotida yuz nav’ qalbi g‘ashliq bor,
Vujudi oltuni ul qalbu g‘ashdin ayrilibon, Ne 
javhariy ani ko‘rsa topar tamom iyor.  
Uchinchi qism. Bu nav’ ishda mufrit bee’tidollikdur, ul ham uch nav’dur. Avvalgi nav - bu mazkur 
bo‘lg‘on atvorda mufriti bee’tidolliq tuzmakdur va ul g‘oyatqacha ifrot ko‘rguzmakdurki, boshig‘a 
saltanat havosi bunyod bo‘lg‘ay va ul bosh bu havo bila barbod bo‘lg‘ay. Va bu nav’ ko‘p bexirad 
nodonlar o‘zlarin sharifu aziz tasavvur qilg‘an uyla qillatbonlar azizu sharif umr tarkin qildilar va 
mazallat va horliq bila siyosat dorig‘a osildilar va toj xayoli bila boshlarin tark ettilar adam mulki 
taxtgohig‘a kettilar. 
Ikkinchi nav’ - bu jamoatdin mutahavvirroq va bu guruhdin xudpisandroq va mutakabbirroq. Ul 
xayledurkim, nubuvvat da’visi maydonig‘a markab surdilar va bu fosid xayol qal’asi burjiga alam urdilar 
va shu’badalariga e’joz tuhmati bog‘ladilar va bema’ni xarzalarini vahiy kisvatida jilva berdilar. Va har 
xoin kozibki, bu da’vi qila kirishti anbiyo arvohidin anga jazo va rasvoliqlar yetishti. Va do‘zaxqa 
yetmasdin burun ba’zini kuydurdilar va ba’zini so‘ydurdilar va kulini ko‘kka sovurdilar va alarning 
fitnasi o‘tin o‘chirdilar.
Uchinchi nav’ - bulardin dag‘i g‘aflatkirdorroq va la’natqa sazovorroq ham o‘tubturlarkim, g‘arib 
da’vi yo‘lin tutubturlar. Andoqkim, Fir’avni beavn va Namrudi mardud. Yana ham bulardek beadab va 
behayolarkim, qilib sahvu xatolar og‘izlarig‘a tosh va tufrog‘kim, mazkur bo‘la olmas ishga da’vi va 
loflar urdilar va da’vilari ustida gazoflar surdilar. Oxir xudovandi bemislu monandkim, anga yo‘qtur 
shabih va shurik va volid va farzand, yaktoedur behamto, beishtibohu ikroh (vahdahu lo sharika lahu lo 
iloha illolloh)
12
g‘ayrati ilohiy va g‘azabi nomutanohiy bila alarg‘a ham ne rasvolig‘lar nasib etti va darak 
ul-asfalg‘a ketib, ishlari ne yerga yetti.
Bayt: 
Zarradin ming qatla kamrakkim, quyoshliq ursa lof, Kimki 
bo‘lsa zarra aqli bilurkim der gazof.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling