Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
www.ziyouz.com kutubxonasi
38 Hikoyat: Majnun ishqi o‘ti hijron gudozig‘a ulashti, zaif badanig‘a ul haroratdin isitma shu’lasi tutashti. Har muolajakim qildilar sud etmadi, maraz ortti va isitmasi ketmadi. Chun bemor ishi naz’ holig‘a yetti, birov ul holdin Laylig‘a xabar etti. Parivashni ul xabar noshod qildi, devonasin so‘rarg‘a noma savod qildi, qosidkim ul nomani Majnung‘a yetkurub berdi, ruhdin tanida ramaq yo‘q erdi. Mehribonlarkim, nomani mutolaa qildilar bemorg‘a istimoidin asar bildilar. Har kimki ani takror etar erdi, ul nafasdin bemor tanig‘a ruh yetar erdi. Ul damkim, ishi hirz va duodin o‘tdi, ma’shuq nomasi hirz va duo yerin tutti. Mariz za’fdin sihhat topkuncha takror qildi chun sihhat topti, bo‘ynig‘a tumor qildi. Ishq so‘zidin marazi sihhat topti va ul so‘z takroridin-badani quvvat. Bayt: Oshiqqa garchi za’fu marazliqdurur mijoz, Ma’shuq zikri ul marazig‘a erur iloj. Uchunchi qism. Siddiqlar 34 ishqidurkim, alar xaqning tajalliyoti jamolig‘a mazohir vositasidin ayru vola va mag‘lubdurlar. Va ul mushohada bexudlig‘ida alardin shuur, alardin maslub. Shuhudlari istig‘roqqa yetgan za ul istig‘roqdin istihloq maqomin hosil etgan. Agar havodis yeli sipehr gulshani avroqin uchursa, alarg‘a andin xabar yo‘q va anjum gulbarglarin har sori sovursa alarg‘a andin asar yo‘q. Havosslari nokor tajalliyot jamoli sadamotidin va shavqlari nomiqdor ishq hujumi g‘alabotidin. Anbiyoyi mursalin yetgandii nazarlarin maqsuddin olmay va maloika muqarribin o‘tgandin nazarlarin ul sari solmay. Hollari matlub mushohadai jamoli va ishtig‘ollari ham aning mulohazai sanoe’ va kamoli visol mayi zo‘ridin ko‘ngullari bexud va mast, mutaoqib tajalliyot satvatidin a’zolarida shikast. Vasl bodasidin o‘zga ruhlariga kom yo‘q va haq mushohadasidin o‘zga ko‘ngullariga orom yo‘q. Bulardur ishqda vasldin kom topqon va «inda malikin muqtadirin» maqomida orom topqon. Va bu toifani vosillar debdurlar, ishqdin vasl maqsudi hosillar. Hikoyat: Haj sharafin hosil qilg‘an mashoyix va avliyoyi alayhum attahiyat vad duo Arofatda munojot qilib, har qaysi bir murod istar erdi va o‘zlari uchun bir tilak tilar erdi. Va ko‘pning duosi bu erdikim: - Ilohi, bizga tavfiqing birla hamrohlig‘ ber va o‘z haqiqatingdin ogohlig‘. Va kutb us-solikin va sulton ul orifin irfon tariqida avliyodin mumtoz Shayx Abu Said Harroz 35 (quddisa sirruhul-aziz) og‘zida sukut muhri zoxir va jamoli tajalliyotqa mustag‘riq va mutahayir turub erdi, ko‘zin osmong‘a urub erdi. Birov dedikim: - Yo Shayx, bu mahalda maqbuldur va bori mashoyix duog‘a mashg‘ul. Sen nechuk dam urmassen va duo raxshin ijobat maydonig‘a surmassen. Shayx (quddisa sirrihu) dedikim: - Har ne bu xaloyiq duo bila tilaydurlar, borini manga beribdur, balki ortug‘roq ko‘nglum uyida beribdur. Andin ne istay va duo qilib ne tilay? Alarki, ogohlig‘ tilaydurlar, manga matlub. Bir zamon g‘aflatdur va holima evrulgali bir nafas muhlatdurkim, aning vujudi tajalliysi sadamotidin betobu tavonmen va ul og‘ir yuk ostida xasdek notavonmenkim, aning jamoli hayratidin o‘zumdin xabarim yo‘qtur va o‘zlugumdin asarim yo‘qtur. Ishqning g‘oyati bu yergachadur va oshiqqa vasling nihoyati bu so‘zni dergachadur. Bu oshiqlarkim, olinda qabul ahlidurlar va tariqati mashoyix istilohotida vusul ahlidurlar, bularni tangriga oshiq desa bo‘lur, mahbub ham va haqga tolib ot qo‘ysa bo‘lur, matlub ham. Ruboiy: Bu yerga yetursa bandasin lutfi iloh, Tahqiq bilur har kishikim bor ogoh. Kim, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling