Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

To‘qqizinchi bob  


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
35
RIZO ZIKRIDA  
Rizo
27
o‘z dilxoh va rizosidin kechmakdur va Haqqi subhonahu rizosi jomin lo jur’a ichmakdur.
O‘z ko‘ngli tilaganlar mavto adosin farq bilmak va mahbubi haqiqiy rizosi bila tirilmak. Bu maqoldur. 
Solikning a’zam maqomoti va arfa’ darajoti nechunkim, solik bidoyatda maskanat va haqorat maqomida 
haqirning rizosi va matlubi ham haqir bo‘lur. Chun o‘z rizosin bilkull fano o‘tig‘a otti va haq subhonahu 
taolo rizosi bila o‘zin tuzatti. Mosivolloh lavsi oriydin qutildi va «almutaxalliqu biaxloqillo-hi»
28
sifati 
bila Mutaassif bo‘ldi. Ajab maqoledurkim, agar bu korxonada xitoyi naqshin ko‘rsun va agar islomiy 
parchani naqqosh naqshbandxonai sun’idin mutasavvir bilg‘ay va har birini o‘z yerida benazar tasavvur 
qilg‘ay. Ravzai xuldidin ko‘p shod va do‘zax dudidin ko‘p tiyra nihod bo‘lg‘ay. Kalimulloh madhida 
mubolag‘a ko‘rguzmag‘ay. Xalilullohi
29
ogoh bila Namrudi
30
mardud arosida muxolafat eshikin rust 
ko‘rgay. Va muvofaqat rishtasin durust. Ofarinish bog‘idin agar boshig‘a gul yog‘ilsun, va agar ayog‘ig‘a 
tikan sanchilsun, chun bog‘bon chamanoro rizo va ixtiyori biladur ne ul biridin boshin yoshurg‘ay va ne 
ul biridin ayog‘in yig‘ishturg‘ay. Va do‘st rizosig‘a jon fido qilg‘ay va agar yana jon tirikligin aning 
rizosi uchun tilagay va o‘lumda aning rizosin topsa, jon istagay rizosin. Haq rizosi bilmish bo‘lg‘ay va 
murodin aning xostida mahv qilmish bo‘lg‘ay va o‘zlugidin xabar qolmamish bo‘lg‘ay va o‘ziga o‘z 
rizosidin asar. Haqdin agar g‘afforlig‘ zuhur etaraning marg‘ubi va agar qohhorlig‘ zuhur etar ham aning 
mahbubi. Nish yetsa zaxmig‘a marham va gar marham yetsa bag‘ri zaxmig‘a ham mug‘tanam.
Bayt: 
Rozi o‘lsa gar yomon, gar yaxshi bo‘lsa jilvagar, 
Sun’i kilkidin musavvardur chu har yanglig‘ savar.  
Hikoyat: Valoyat daryosining gavhari va hidoyat sipehrining axtari asadulloh ul-g‘olib, Amir 
ulmo‘‘minin Ali ibni Abu Tolib (raziollohu anxu va karamollohu vajhu) rizo maqomi ta’rifida va 
solikning roziliqqa mutaassir bo‘lg‘oni tavsifida varaq yuziga maorifnigor xoma urubtur va bu nav’ daqiq 
nukta surubdurkim, rizo maqomig‘a kamol o‘z rizosi haq rizosig‘a muvofiq qilg‘ong‘a hol budurkim, 
so‘l ko‘zung xonasi Xaybar eshigiga makon bo‘lsun va ul poshina ochilur-yopilurda ul makonda 
ko‘runsun. Eshitkuvchi ayni rizodin o‘z shonin unutmag‘ay va g‘oyati ta’zimdin o‘ng ko‘zin ul xizmat 
uchun ilgari tutmag‘ay. Agar mundoq qilsa, ulcha anga qazodur, aning muqobalasida ham fuzulluq, ham 
adam rizodur. Rizo maqomig‘a o‘zin nobud va farmonbardorlig‘da o‘zlukin nomavjud qilg‘ong‘a bu 
vujud qaydin keldikim, so‘l ko‘zni xor, o‘ng ko‘zni aziz bilg‘ay. Va bu xoru bu aziz arosida tamiz ham 
qilg‘ay, anga rizo sharti uldurkim, amrig‘a toat qilg‘ay va ma’mur bo‘lg‘on izhori toat. Va bu shirin meva 
valoyat bog‘i shajarasidin bo‘lg‘ay va bu laziz fokiha hidoyat shajarasining samarasi bo‘lg‘ay.
Bayt: 
Valoyat ichra bo‘lg‘ay mevalar ko‘p ta’mu holatlig‘, 
Vale qaysi valoyat bo‘lg‘ay muncha lazzatlig‘.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling