Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
Oltinchi bob
TAVOZU’ VA ADAB ZIKRIDA Tavozu’ xalqni kishi muhabbatig‘a shefta qilur va ulusni foil mavaddatig‘a firifta qilur. Do‘stlug‘ gulshanida nazorat gullari ochar va ul gulshandin uns va ulfat bazmida turluk gullar sochar. Mutakab bir Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 32 dushmang‘a muloyamat sari yo‘l ko‘rguzur va mu’jib xasm xotirig‘a insoniyat zavqin o‘lturg‘uzar. Takrori hayosiz muddaiyni uyat sarhaddig‘a boshqarur va te’dodi insofiz aduvni yamonlikdin o‘tkarur. Agarchi borcha eldin xo‘bdur va bari xaloyiqdin marg‘ub, ammo sarafrozlardin xo‘broqdur va beniyozlardin marg‘ubroq. Abnoyi jinsdin bir-biriga mustahsan, akobirdin asog‘irg‘a ahsan. Saxo qilmay elni shod qilur va ato ko‘rguzmay kishini g‘amdin ozod qilur. Adab kichik yoshlig‘larni ulug‘lar duosig‘a sazovor etar va ul duo barakati bila umrdin barxurdor. Kichiklar mehrin ulug‘lar ko‘nglig‘a solur va ul muhabbat ko‘ngulda muabbad qolur. Ushog‘larni ko‘zga ulug‘ qilur atvoridin xalq ulug‘liq bilur. Xalq jonibidin behurmatliq eshigin bog‘lar va kishini hazl va istixfofdin saxlar.Tabiatg‘a insoniyat tariyqida andom berur va mijozg‘a odamiyliq manzilida orom yetkurur. Kichiklarg‘akim, andin muncha bo‘lg‘ay, ulug‘larg‘a ko‘rkim, necha muncha bo‘lg‘ay. Muhabbatg‘a zebu piroya adabdin yetar va muvaddatg‘a ravnaq va baho tarkidin ketar. Adab va tavozu’ ko‘zgusig‘a jilo berur, ikki jonibdin yorug‘luq yetkurur. Tavozu’ va adab ahtlig‘a ta’zim va hurmat yetar va ul donani ekkan bu mahsulni jam’ etar. Xalq ixtilotida hamida axloq ibtidosi bu xisoldur va bu rusux topsa muhabbat ixtiloli maholdur. Ikki jonibdin agar xulqi karim bo‘lg‘ay, adab va tavozu’ muqobalasida izzat va ta’zim bo‘lg‘ay. Xusho, bu nav’ ahbob orasida suhbat va bu tavr ashob orasida muvaddat. Mundoq ahli muhabbat va vadod va xayli muvaddat va ittihod. Agar zoxirda do‘stlug‘ safosi uchundur dunyoda komgorliqdur. Va agar ma’noda tengri rizosi oxiratda umidi rastgorliqdur. Va agar tengrilik uchun bo‘lsa, «At-ta’zimu li amrilloh» 20 saodati hosil va agar xoliq do‘stlig‘i uchun bo‘lsa, «Ash-shafqatu alo xalqilloxi» 21 davlati vosil. Bu oliy martabag‘a shonista va loyiq muvaffaqedurki, zoti faqr davlatig‘a muloyim va muvofiq, yo‘qki, mutakabbiri hudpisand va johili noxiradmand. Bayt: Aqlu hikmat ishidur buyla maoshu oyin, Qayta topqay muni har nafsparastu xudbin. Hikoyat: Axbor roviylari va osor hoviylari mundoq rivoyat qilibdurlarkim, bir ov hangomasi g‘avg‘osida va chopmoq va otmoq orasida Xusrav Parvezning sarafrozliq tojidin gavhari obdor va durri shahvor uzulub yerga tushti. Va ov ishtig‘olidin anga hech kishiga xabar bo‘lmadi. Ovdin Madoying‘a kayttilar. Chun ul ishni bildilar va xaloyiqni munodi bila chiqordilar va ul gavhari noyobni tilay bordilar Chun ul zebi toj mulk xiroji erdi, topqong‘a ko‘l nima va kiromand sila va’da bo‘ldi. Xalq ul biyobonda justu jo‘yida va sila orzusi guftigo‘yida. Ittifoqo ikki hamroh: biri g‘ofil va biri ogoh. G‘ofil jahl yuzidin xudpisand, ogoh tavozu’ va adab zevaridin arjumand. Birining ismi Mudbiri jahongard va birining oti Muqbili javonmard. Ul biyobondog‘i yo‘lg‘a ozim va shahr sari borurg‘a jozim. Po‘yanamo va dashtpaymo erdilar, chun dar talab elga yovushtilar. Ul xalqni boshlab chiqqon kishiga yo‘luqushtilar. Mudbir takabbur bila anga boqmay o‘tti. Muqbil insoniyat tariyqin ilgari tutti. Ul solorg‘a adab va tavozu’ bila bosh indurdi, ayog‘i ostida gavhar xudtushgan ermish, ko‘rub olib, o‘pub ul solorg‘a tuta berdi, ul xud mav’ud silaning vakili erdi. Muqbilning iligin tutub shaharg‘a qaytti. Xusrav xushhol va munbasit bo‘ldi. Va aning uzrin degandin ortuq ehson bila qo‘ldi. Mudbir takabbur natijasidin shahar gulxanida maqom tutub, Muqbil adab va tavozu’ foydasidin gavxari maqsud topib, shoh gulshanida orom topti. Bayt: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling