Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
30
Ruboiy: 
Har kimki, qanoat tarafi nisbati bor,  
Borcha el aro tavozeu izzati bor,  
Ulkim tamau hirs bila ulfati bor, 
Yaxshi-yamon ichra zillatu nakbati bor.  
Hikoyat: Koshifi asrori ilohiy Shayx Shoh Ziyoratgohiy
16
(quddisa olloh sirrihu) ibodat farog‘ati 
uchun qanoat shior qildi va Ziyoratgoh qasabasida maskan ixtiyor qildi. Va ulus nazr va hadiyasin parvo 
qilmadi, va salotin in’om va suyurg‘olin ko‘zga ilmadi. Muhaqqar Mavrusi muhavvatasig‘a ashjor tikti 
va ekin ekti. O‘z muborak iliki bila ekin suvorurg‘a bel urar erdi va ashjor tarbiyati tesha va arra surar 
erdi. Bu nav’ qanoat bila natijasi «azza man qanaa»
17
hukmi bila ul yerga yettikim, Hirot dor us-
saltanasidin salotini masnadnishin va ulamoi din va mashoyixi ahli yaqin uch shar’i yo‘lni ul buzurgvor 
xizmatig‘a borur erdilar va ostoni tufrog‘in o‘pmak bila tafoxo‘r boshin falakdin o‘tkarur erdilar va ul 
ziroat nonidin va ul favokih jonidin har ne iliklarig‘a tutsa ko‘zlarig‘a surtub, qo‘yunlarig‘a solib, 
tabarruk uchun shahrg‘a ayol va atfollari uchun kelturur erdilar va andin yeganlar oxirat najotig‘a ham 
umidvor bo‘lur erdilar. Qanoat natijasi mundin komilroq oz vuhur qilib erkin va xursandlig‘ 
bog‘chasining rayohini mundin tarovatlig‘roq kam ochilib erkin.
Qit’a: 
Jahon ichra ko‘p sun’ ko‘rguzdi sone’, Emasdur 
kishi turfa andoqki, qone’.  
Kishidin talabsiz g‘ino hosil etmas,  
Yana judg‘a bo‘lmamoq hech mone’.  
Beshinchi bob  
SABR ZIKRIDA  
Sabr o‘zni chiqarmoqdur huzuz nafsonidin va tana’umot jismonidin va nafsni habs qilmoqdur ibodat 
mehnatida va qadamni sobit qo‘ymoqdur riyozot suubatida. Haq yo‘lida qotig‘ irikka tuzmakdur va 
yaxshi-yomondin har ne eshitgan va ko‘rganga taxammul ko‘rguzmakdur. Achchig‘dur, ammo 
sudmand; qattig‘dur, ammo dofei gazand. Qaysi nomurod ilik etagiga urdikim, murod topmadi? Va qaysi 
giriftor ko‘ngul sabr bandig‘a qo‘ydikim, kushod topmadi? Farahlar miftohidur va bandlar attohidur. 
Rafiqedur suhbati mumil, ammo oqibati murodqa qariyiliq va harifedur umidi uzun ammo nihoyati 
matlubqa hamnishinliq. Samandedur kohilxirom ammo manzilg‘a yetkurguvchi va buxtiedur saqilgom, 
lekin ma’mang‘a tushurguvchi.
Nosihi talx guftordek tab’ andin ozurda va lekin zimnida maqsud hosil, tabib batiy-ul-ilojdek,
18 
mariz andin pajmurda, ammo so‘ng‘ida sihhat vosil.
Ishq ahli zikridin mutag‘ayyir va lekin g‘oyati vaslg‘a umidvorliq, hajr eli yodidin mutanaffir va 
leknn nihoyati ittisolg‘a komgorlik.


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling