Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
33
Mutakabbir kezibon shaharda xoru mardud,
Mutavozi’ni g‘aniy ayladi durri maqsud.  
Yettinchi bob  
ZIKR ShARHIDA  
Zikr ko‘ngul bila haq yodi ishtig‘olidur va til bila dag‘i hamul takallum maqoli. Va ba’zi tilga ul 
amrdin ma’dulluq debdurlar va ko‘ngulga mudovamat va mashg‘ulluq. Ko‘ngul bila Haq yodidin xoliy 
bo‘lmoqdur va aning g‘ayri xaylidin xoliy bo‘lmoqdur. Va ul mashg‘ulluq «ma xalaqa olloh»
22 
fanosidur 
va «mo xalqi olloh»
23
xoliqining baqosidur. Nafy kalimasi bilakim, «lo iloha» bo‘lg‘ay, mosivollohni 
unutmoqdur va isbot kalimasi bilakim, «Illalloh» bo‘lg‘ay ko‘ngulni ovutmoqdur va mashg‘ul 
tutmoqdur. Va aning nihoyat martabasi zokiri mazkurda nobud va yo‘q bo‘lmoqdur. Va anda tilga kogal 
yo‘q va taqriru bayong‘a madxal yo‘q. Ne lisong‘a takallumdin xabar va ne bayong‘a tarannumdin asar. 
Bu haramg‘a kulli mahram bo‘lmag‘liq nafyi xotirdur va ifnoyi mavjud va nomavjud. Va g‘oyib, va 
hozir o‘zni budu nobud xayolidin qochurmoqdur va maqsudi asliy talabida oshno bo‘lsa bo‘lmas. Va 
budu nobuddin xoliy bo‘lmog‘uncha bu hayot zulolidin to‘lsa bo‘lmas. Bu daryog‘a kirgan gavhari 
maqsud tilasa dam asramoq kerak va bu haramg‘a yo‘l topqon mahramliq tilasa dam urmamoq kerak. 
Shoh rozin asramoqda tilin tiymag‘anning boshi boribdur va g‘ayrat va siyosat tig‘i aning nihodidin 
zamor chiqoribdur. Bu may ichgandin kayfiyat izhori ko‘ngli betoblig‘idindur va bu boda mastlig‘ining 
sharoblig‘idindur.
Ruboiy: 
Mayxona jam’iki erur bodaparast, Zohir 
may ichgandin o‘lurlar badmast.
Mingdin bir emas bu haqiqat mayidin,
Ichgan ani oxsum o‘lsa tong yo‘q payvast.  
Hikoyat: Muqarrabi Hazrati boriy Xoja Abdulloh Ansoriy
24
(quddisa sirruhu) dedikim, ul 
takallumg‘akim Mansur
25
dam urdi, men ham urdum. Ul oshkor etti va men yoshurdum. Menkim 
yoshurdum, tojdorlig‘ manqarib bo‘ldi. Ul oshqor etti, dorg‘a tok bo‘lmoqlik nasib bo‘ldi. Ul hanuz xom 
erdi va bu ma’nidin xurush qiluri behangom erdi. Eshitguvchi ibo etti va anga yetti va ulcha yetti. Men 
ul so‘zni anjumanda guhor etarmen va izhorida isror va takror etarmen hech kas manga nima dey olmas 
va demaskim, so‘zumning agarchi ma’nisi uldur, ammo suvrati ul emaskim, suvrat ahli suvratga nazar 
solurlar va ma’ni ahli ma’nidin bahra olurlar. 
Ilohiy, bu ogohlar ayog‘i tufrog‘idin biz gumrohlar tiyra ko‘ngliga ochug‘liq yetkur va qororg‘on 
ko‘zlariga yorug‘lug‘ yetkur.
 Bayt:  
Hamul ko‘hl ul javohirni ko‘zumga to‘tiyo ayla,
Ul iksiri saodatdin vujudim kimiyo ayla.  


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling