Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
www.ziyouz.com kutubxonasi
34 Sekkizinchi bob TAVAJJUH ZIKRIDA Tavajjuh 26 Haq subhonahu taolag‘a yuzlashmak va ul yon elanmoqdur. Va xalqdin taalluq torin uzub anga ulanmoqdur. Jami’ orzudin chiqmoqki, Haqning g‘ayrig‘a aylandurg‘ay va Mosivolloh ishtig‘olig‘a chirmondurg‘ay. Andoqkim, dunyo va oxirat saodatin arza qilsalar va siddiqlar va payg‘ambarlar marotibin jilva bersalar, solik ul yon nazar o‘qin otmag‘ay va ko‘ngliga alarning raddu qabulin mutlaqo yo‘latmag‘ay. Agar tavajjuhda yuziga o‘qlar kelsa, ko‘z yummoqni unutqay, agar bir ko‘zini ul o‘qlar zoe’, yana birin ilgari tutqay. Agar ul nazzorada tosh yog‘sa boshin yoshurmag‘ay va ani muhofazat qalqonig‘a qochurmag‘ay. Agar ollida sheri jayon yuzlansa, anga mo‘rcha kelmagay yomon va agar pili damon uchrasa, ul hamon bo‘lg‘ay va pashsha hamon. Seli balodin tavajjuhga nam yetmagay va sarsari ofat bir tori mo‘yin xam etmagay. Charxi g‘addor fitnaliq nujumi bila anga bir zarafshon varaqi moviy va barqi havodis anga yel uchurg‘on bir sariq gul yafrog‘i bila musoviy. Mehri munir ollida zarradin haqir va xoksor, bahri zaxxor nazarida bir qatradin bemiqdor, ya’ni ul tavajjuhiga mone’ mumkin bo‘lmag‘ay va ul nazzorasi shu’lasi daryolar suyi bila sokin bo‘lmag‘ay. Va bu maqom solikning sidqiga doldur va ixlosig‘a guvohi xoldur. Va oshiqlig‘ida yakdillig‘ig‘a dalili beishtiboh va yakro‘y, yakjihatlig‘ig‘a guvoh va shavqi g‘oyatsiz erkaniga guvohi sodiq va muhabbati nihoyatsiz erkaniga dalili muvofiq. Masnaviy: Tavajjuh birla hindu sa’y etar chog‘, Tushurur ko‘k yog‘ochdin toza yafrog‘. Kashaf aylab tavajjuh bayzasig‘a, Borar ko‘z birla bosmay kosasig‘a. Hikoyat: Bir gulxaniyi mehnatkash ko‘ngliga bir shahzodai xurshedvash ishqi harorati tushti va harorat tobidin qoni qurushti va ruhi muvoraqat qilurg‘a yovushti. Xirad matoi ilgidin bordi va junun shaydoliqqa bosh chiqordi. Atfol quvub tosh urarlar erdi. Ko‘chadin ko‘chaga surarlar erdi. Aning og‘zida shahzoda oti mazkur va ko‘ngli aning zikri bila masrur. Chun atfol toshidin to‘yar erdi, qochib gulxang‘a yuz qo‘yar erdi. Chun gulxaniyi majnunni shahzoda ishqi mashhur etti, bu so‘z shahzoda qo‘log‘iga ham yetti. Andoqki, pok ishq bil-xosiyat ma’shuq ko‘ngliga jozib bo‘ldi. Shahzodai parivash devonasin ko‘rarga rog‘ib bo‘ldi. Sayr asnosida markabni ul gulxan sori surdi, chun devonai nomurodni ko‘rdi, nazzora va tavajjuhi andoq bexudluqqa ulashtikim, gulxan o‘ti boshin ayog‘iga tutashti. Ul nazzoradin bexabar el yetib o‘tin o‘chirguncha andin ne xabar qoldi va ne asar. Shahzodai qotil devonasi holidin yig‘lab g‘ussa yutti, turfa ko‘rkam, o‘zi o‘ltirib, o‘zi azo tutti. Bayt: Majoziy ishqda mundoq tavajjuh ayla xayol, Agar o‘lsa ishqi haqiqiyda ko‘r ne bo‘lg‘ay hol. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling