Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchi bob QANOAT ZIKRIDA
www.ziyouz.com kutubxonasi
29 shiroki butundur, uzulmaydur. Dedi: bale. Shayx dedi: Bas, ortuq shirokni tashla. Murid debdurkim, tashlamay choram yo‘q edi, zaruratdin tashladim va gireh bila borur erdim, yo‘lda nogoh na’laynim shiroki uzuldi, turub ilik urdumkim, ani na’layn surub tashlag‘aymen va Shayxni ul amrda ta’n qilg‘aymen. Ko‘rdumkim, na’layn yonida bir shirok tushub yotur. Men taajjub yuzidin ul shirokni na’layng‘a torttim va Shayxqa erishtim, har qachonkim, na’layin shirokig‘a ehtiyoj voqe’ bo‘lsa erdi, hamul dastur bila muhayyo shirok zohir bo‘lur erdi. Bu ishda mening tavakkulim durust bo‘ldi. Tavakkul ahli haq yo‘lin bu nav’ yorutublar va aning g‘ayrig‘a tavassul xayolin ko‘nguldin chiqoribdurlar. Qit’a: Tavakkul chin durust ermas muxaldur, Anga na’layining ortug‘ shiroki. Durust o‘lg‘ach yig‘ilsa ganji Qorun Yo‘l ul dam rohravning hech boki. To‘rtinchi bob QANOAT ZIKRIDA Qanoat 14 ibodat quvvati hosil bo‘lg‘oncha quvvat bila o‘tkarmakdur va andin ortug‘ barcha nimaning havasin xayoldin, ko‘tarmakdur. Va benavolig‘ bila nafsni ozurda tutmoqdur va mahrumlig‘ bila quvoyi shaxvoniyni pajmurda qilmoqdur. Qanoat chashmaedurkim, suvi olmoq bila qurumas va maxzanedurkim, naqdi sepamoq bila o‘ksumas va mazraedurkim, tuxmi izzat va shavkat bar berur va shajaredurkim, shoxi istig‘no va xurmat samar kelturur. Ko‘ngulga andin ochug‘luq foydasi yetar va ko‘z andin yorug‘luq natijasi kasb etar. Qone’ darveshning quruq noni, tome’ shohning xitoyi xonidin xo‘broqdur. Va forig‘i faqrandishning yovg‘on umochi olg‘uvchi g‘aniyning nabotiy kulochidin marg‘ubroq. Shoh uldurkim, olmag‘ay va bergay. Gado uldurkim, sochmag‘ay va tergay. Ulkim qanoat mo‘‘tod bo‘ldi - shoh va gado taraddudidin ozod bo‘ldi. Maosh uyi garchi bo‘lur tor, ammo har kecha mubolag‘a qilsang yeri bor. Hisoredurkim, anda kirsang, nafs sharridin qutulursen va ko‘hsoredurkim, anda chiqsang, dushman va do‘stdin mustag‘niy bo‘lursen aftodalig‘edurki, natija sarafrozliq va niyozmandlig‘edur; foydasi beniyozlig‘dur - tuxmi bari g‘ino va shajaredur samari istig‘no; maedur - achchig‘ na nash’asi tarabangiz; yo‘ledur - qattig‘, ammo manzili farahomez. Qanoatda nechakim, farog‘bol, aksi tama’da razolat va nakol. Xasis ta’bg‘a do‘stedur laimvash-gadoshevalik va razolat aning tavriga xush. Muvofaqatig‘a asar xorlig‘, munosabatig‘a bahra sabukborlig‘. Har tab’dakim, ul mavjud bo‘ldi, ul kishi ulus tab’ig‘a mardud bo‘ldi. Laimliq va razolatqa kamol andin, odamiylik va insoniyatqa zavol andin. O‘tedur nomus uyin kuydurguvchi, yeledur izzat xirmanin sovurguvchi va viqor sham’in o‘churguvchi. Tama’ in’omg‘a andoqdurki, sharataomg‘a, ul biri dunlar harakoti, bu biri bahoyim sifoti. Qanoat javharedurkim, elni mundoq ikki balodin o‘tkarur va mundoq ikki ibtilodin qutqarur. Bu ikki zamima fe’lki, yomondur, go‘yo ikki nohush tav’amondur, ul mundin yomon va bu andin yomon, ikkalasi yomondin-yomon. Biri laim va biri mudbir ikkalasining haqiqati bir. Muxbiri sodiq 15 (sallollohi alayha vas-sallam) munga mundoq debtur: «Qone’ ne azizg‘a tome’, ne zalilg‘a nisbat beribdur». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling