Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Ikkinchi qism  
HAMIDA AF’OL VA ZAMIMA XISOL XOSIYaTIDA
Avvalgi bob  
TAVBA ZIKRIDA  
Tavbai
1
haqiqiy mazmumi af’ol qabohatig‘a mo‘talle’ bo‘lmoqdur va tavfiqi rafiq bo‘lub, ul af’oldin 
ijtinob qilmoqdur. Tavba mujrim bandaning vaqti ko‘zgusin isyon zangidan oritur va niyoz musqili bila 
yoritur. Shakovat tariqining nihoyatidur, hidoyat jodasining bidoyatidur, anoniyat g‘aflatidin 
seskanmakdur va bashariyat uyqusidin uyg‘otmakdur va nashoyist ahvolin anglamoqdur va noboyist 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
26
af’olin tonglamoq va yaramas maxfiylarg‘a koshif bo‘lmoqdur va kerakmas da’viylariga voqif bo‘lmoq 
va a’mol qaboyihidin sharmandalig‘dur va af’ol fazoyihidin sarafkandalig‘ va ogahlig‘dur, bashariyat 
inodig‘a voqiflig‘dur, nafsi amora fasodig‘a va ko‘ngulga naformonlig‘idin mutag‘ayyir bo‘lmoqdur va 
ruhg‘a nafarjomlig‘idin mutanaffir bo‘lmoqdur. Va haqdin najot vaqti yetmakdur va bandai nafs 
mutobaatin tark etmakdur. Bu gavhari shabchirog‘ har tiyra ro‘zgor loyiqi emas va bu sham’ tavfiqni 
hodiyi inoyat har kimga bermas. To qaysi orig‘ tiynatlig‘ yo‘ldin ozmish bo‘lg‘ay va qayu pok xilqatlig‘ 
jodadin chiqib, qilur ishin yozmish bo‘lg‘aykim, anga g‘arib, holat hodis bo‘lmish bo‘lg‘ay va ul holatqa 
shum nafs bois bo‘lmish bo‘lg‘ay va hodiyi tavfiq yetgay va ani ul holatin ogah etgay. Chun ogah bo‘ldi 
hayotidin toriqqay va uyot dudi dimog‘idin chiqqay va e’tizol bila qiladurg‘onidin ibo qilg‘ay va istig‘for 
bila qiladurg‘on jurmidin iste’fo qilg‘ay va nohamvor af’olig‘a andom bergay va birovning berohlig‘idin 
chiqib, haqiqat yo‘lig‘a kirgay. Bu martaba tariqat ahlining avvalg‘i gomidur va maqsad vodiysining 
avvalgi manzilig‘a homiydur. Bu saodat kishiga o‘zlugidin yetmak «ma’sho zolika fazululloh yu’tiha 
man yasha’»
2
. Har sohib davlatka bu ogahlig‘ bir vasila bila yetibdur va har saodatmand bu iqbolni bir 
vosita bila kasb etibdur.
Ruboiy: 
Haqdin angakim, yetti inoyat vaqti, Ko‘ngliga 
yomon fe’li siroyat vaqti. 
Isyonig‘a fosh o‘lur nihoyat vaqti. Bu 
bo‘ldi hidoyatqa bidoyat vaqti.  
Hikoyat: Mazhari sun’i haqqi taboraka Shayx Abdulloh Muborak
3
(quddisa ollohi sirruhu)ning 
tavbasining bidoyati va tuz yo‘lg‘a kirarning hidoyati bu ermishkim, hol avoyilida bir parivash ishqig‘a 
giriftor erdi va xalq arosida majnunshior ko‘ngli bir sho‘x husnig‘a mubtalo va xush va xirad. ko‘ngli 
mulkidin jalo. Bir qish kechasi ma’shuqi devori tubida vasli umidi bila pobast va yuzi xayolidin andoq 
bexud va mast erdikim, bovujudi ulkim bulut havodin zamharirbor va tun mushki ul zamharirdin 
kofurkirdor erdi va day sarsaridin qor ko‘ngli mulkiga ishq sipohi chopquyidin nishona ko‘rguzur erdi 
va burudat shiddatidin ashjor yafrog‘lari sovug‘ etgan, lol tillar holidin afsona aytur erdi. Ul ishq o‘ti 
haroratidin bu holdin xabarsiz va yolang a’zosi kor va zamharir burudati shiddatidin asarsiz tutub erdi. 
Anga tegrukim, tongqushi nola tuzdi va sahar muizzini na’ma ko‘rguzdi. Ul eshitgach, sog‘indikim, 
xufton namozining nidosidur va asho salovatining adosi ibtidosi. Chun tong yovushti quyoshdek ichiga 
iztirob va oshub tushti. Va subhi sodiq nuridin ko‘ngliga yorug‘liq yetti va mulhami hidoyat ani ogoh 
etti. O‘ziga dedikim ey Muborakning nomuborak o‘g‘li va ey tengrining qochqon va beadab quli! Xufton 
namozi qiroatida agar imom uzunroq sura o‘qusa malomat tutar va yuz fosid xayol ko‘nglungga o‘tar, 
qishning bir uzun tunini andoq shum nafsing havosig‘a mash’uf va mazmum tabiating komi xayolig‘a 
mag‘lub o‘tkarursenkim, xuftondin vuqufung va sahar yetgandin shuuring bo‘lmas. Bu holatda aning 
ichiga qo‘zg‘olon tushti va uyotdin ruhi badandin muforaqat qilg‘ali yovushti. Inoyati ilohiy qo‘ldadi va 
tavba hidoyatig‘a yo‘ladadikim, andoq riyozat va sulukka rosih bo‘ldikim, oz vaqtda Makka va 
Madinada shayx ul-mashoyix bo‘ldi. Umid ulkim, haq subhonahu taola barcha yo‘ldin ozg‘onlarni 
ogohliq bila bahramand kilg‘ay.
Qit’a: 
Tavbaekim, aning saodatidin,  
Bir qul o‘g‘li bu poya kasb etgay  


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling