Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
27
Kim, anga shohlar qul o‘lg‘aylar Munga 
o‘zluk bila nechuk yetgay.  
Ikkinchi bob  
ZUHD ZIKRIDA  
Zuhd
4
dunyo orzularidin kechmakdur va nafs alarning mavto zahrin ichmakdur. Va molu joh xayoli 
rishtasin ko‘nguldin uzmakdur va nangu nomus butlarin ushaturg‘a o‘zin tuzmakdur va qabul umidig‘a 
riyozat tariqin tutmakdur. Va shariat jodasida mardona turmoqdur. Va boshni riyoyi sajdag‘a 
indurmamakdur, balki andoq toatni xayolg‘a kechurmamakdur. Ko‘zni asramoqdur barcha nomahram 
yuzdin va tilni tutmoqdur barcha nomashru’ so‘zdin. Quloq karligidur molo, ya’ni mas’mu’otdin ilik 
tortmog‘lig‘dur barcha nomashru’otdin. Ayog‘ langligidur xaloyiq taraddudin va nutq gunglgidur so‘zda 
el tashdididin. Og‘izga savm muhridur nedinki, nafs tamannosi bo‘lg‘ay va nafsg‘a ya’s kofuridur har 
shay’dinki tabiat taqozosi bo‘lg‘ay. Taom qil-latidur onchakim, muyassar va aning jibillati rioyatidur 
onchakim, maqdur. Xilvatta ulfatdur alaldavom, uzlatga mudovamatdur molokalom. Va layl qiyomig‘a 
muvozabatdur va zikr davomig‘a mudovamatdur. Har solikkakim, bu maqom dorig‘ay xilqati riyozat 
nuri bila nafsoniyat lavsidin orig‘ay. Qo‘ngli uyig‘a oshnolig‘ sham’idin nur yetgay va ul nur partavi 
aning ko‘ngluni masrur etgay. Ibodat natoyiji yeta boshlag‘an va riyozat favoyidi bahramand eta 
boshlag‘ay. Ul soatan fisoatan ishida isig‘roq bo‘lg‘ay va lahzatan filahzatan qilmishida qiziqroq 
bo‘lgay. Bu fayz sog‘arlaridin ichib qonmag‘ay va bu zavq qadahlaridin jur’a tortardin o‘sonmag‘ay. 
Yorab, aning jur’ai jomidin mahrum tashnalablarni kamyob qilg‘il va bu vodiyda og‘zi qurug‘onlarni 
serob etgil, yo karim, yo rahim!
Bayt: 
Bu talabda kimki bo‘lsa anga ro‘zi etma hirmon,
Bu taabda kimki bo‘lsa anga qil vasl ila darmon.  
Hikoyat: Qidvai ahli yaqin Mavlono Shamsuddin Muiddi Ucha
5
(quddisa sirruhu) Jom viloyatida 
mazkur bo‘lgan kentda bo‘lur erdi, O‘tuz yil erdikim, jam’i zohir tana’ummotidin bebahra erdikim
qoyim ul-layl
6
, ud-daxr
7
erdi. Bir masjidda munzaviy erdikim, g‘ayri tajdidi vuzu’ uchun mazkur 
muddatda andin chiqmaydur erdi. Va jinsi bashardin nima qabul qilmaydur erdi. Va Hazrati Risolat 
(sallallohu alayha vassallam) mutoba’atig‘akim, Uhud g‘azvasida
8
muborak tishlari shahid bo‘lib erdi, 
o‘tuz iki tishin ushotib erdi va bu o‘tuz yilda yoni ostida bir bo‘ryo va boshi ostida bir xisht bila o‘tkarib 
erdi. Kichik Mirzo
9
(alayha raxma)
10
ul viloyatdin o‘tarda bu azizning, mazkur bo‘lgan sifotin eshitib, 
aning ziyoratig‘a yetti. Mavlono hamul masjidg‘a kirganda egnidagi xirqa va boshidagi eski bo‘rk bila 
erdi va taalluqi rangi itloqi anga qilsa bo‘lmas erdi. Mazkur Mirzoning ko‘ngliga riqqat kelib bir ovuch 
diram kelturub iltimos qilibdurkim, bu niyozmandlig‘in qabul qilgay. Mavlono debdurkim, chun men bu 
tariq bila odat qilibmen, hech nimaga ehtiyoji yo‘qdur. Agar Sizning xotiringiz uchun olsam ham manga 
ta’lim qilingkim, ne qilay va qo‘yay. Sizning bir mulozimingizning bir juzviy vasilasig‘a o‘ltururmen, 
minnatdor bo‘ldum. Siz karam qilib, meni ma’zur tutung. Kichik Mirzo bu so‘zga javob topay olmay, 
yig‘lab, quloq tutib, yer o‘pub chiqibdur, O‘zi (rahma illoh) bu faqirg‘a mundoq taqrir qildi. Bir necha 
vaqtdin so‘ngra bu faqr ham Mavlono xizmatig‘a musharraf bo‘lub, siyratini ham bu tariq bila muvofiq 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling