Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchunchi bob TAVAKKUL ZIKRIDA
www.ziyouz.com kutubxonasi
28 toptim, balki ortuqroq ham. Haq subhonahu va taolo barcha tolibi niyozmandlarg‘a bu tariq orzumandlarg‘a ul gulistondin tuhfae va ul rayohindin shammae nasib qilsun. Bayt: Kimki ko‘nglidin aning faqr orzusi ketmagay, Bu durur ummedkim, haq oni navmid etmagay. Uchunchi bob TAVAKKUL ZIKRIDA Tavakkul 11 haq yo‘lida vosita asbobin raf’ qilmoqdur va vasila hijobin daf’ qilmoq. Va sabtlarg‘a miyonchiliqdin uzr qo‘lmoqdur va sabab va uzrsiz musabbibqa banda bo‘lmoqdur. Taqdir quti bozusi oldida sabab rishtasi churukda va qazo mash’ali partavi qoshida vosita uchquni o‘chuq. Tavakkul ahlikim, maqsud vodiysig‘a qadam qo‘yubdurlar yo‘l zodi haq xoni ehsonidin bilibdurlar. Tavakkul durust elning yemagi haq xoni in’omidur va ichmaki aning sharbatxonasi jomidin va kiymagi aning xizonai ehson ikromidin. Bas bular mavjud ko‘rungandin ul necha xushhol bo‘lg‘ay va nobud ekandin anga malol. Daryodin o‘targ‘a kemani sabab desang toboni nam bo‘lg‘ay o‘tguvchilarg‘a ne so‘zung bor va biyobon qat’ etarga markabni vosita gumon qilsang tayyi arz bila borg‘uchilar ollida markab ne e’tibor. Andoqki, sening nasibangni yana birov yemas, aning ham nasibin sen yemak mumkin emas. Sening ro‘zing sangadur, aning qismi anga. Tilamasang ham yetkurur, yemasang ham yedirur. Muni anglag‘anlar qutulubturlar ro‘ziy uchun mehnat chekardin va tinibdurlar farog‘at uchun dona ekardin. Ro‘ziy uchun kasbda ihtimom tavakkul qusuridin bo‘lg‘ay va maishat uchun sa’yi molokalom yaqin futuridin bo‘lg‘ay. Tengri razzoqlig‘in bilgan ro‘zi uchun g‘am yemagay va qassomlig‘in bilgan kishi rizq ozu ko‘pida so‘z demagay. Ulki vahshu tayr rizqig‘a zomindur, sanga yetkurmaygaymu? Ulki mo‘ru malahka ro‘ziy berur, sanga bermagaymu? Sa’y bila azal qismatin orturay degan yog‘in rishtasig‘a gireh uray der. Vajd bila qalam yozg‘on qazoni qaytaray degan quruq yerda kema suray der. Bu ishlar ko‘ngli uyi yaqin nuridin tiyralar ishidur va botiniy ko‘zi haqiqat quyoshidin xiralar odat va varzeshidur. Tavakkul ahli barcha asbob vositasidin ko‘z yumubdurlar va «filaytu qulli alo illoh» 12 daryosig‘a cho‘mubdurlar va ro‘ziy yetkurguchi haqni bilibdurlar. Ani yeydurguchi ham ani aqida qilibdurlar. Va shak va taraddudi qote’ tariqlaridin e’roz etibdurlar. Va vositasiz tavakkul bodiyasig‘a qadam urub maqsud ka’basig‘a yetubdurlar. Bayt: Kimki qat’ etsa tavakkul qadami birla tariq, Yog‘inu sel anga muziy emas va barq-hariq. Hikoyat: Shayx Ibrohim Sitnaba 13 bir muridi bila (quddisa sirruhumo) tavakkul qadami bila Ka’ba azimati qildilar. Shayx janobi muridg‘a ayttikim, senda hech ma’lum bormu? Murid Shayxg‘a dedikim, yo‘q, men tavakkul qadami bila bu yo‘lg‘a qo‘yubmen, amin va ma’lumni ne tilar! Yana bir necha qadam borg‘ondin so‘ngra Shayx muridg‘a yana ayttikim: - sen o‘zungni yaxshi ehtiyot qil, ma’lumung bo‘lsa tashlag‘ilkim, mening ayog‘im og‘irlik qilur. Yana murid dedikim: bir-ikki na’layn shiroki borki, bodiya qat’ida na’laynim shiroki uzulsa oni tortarg‘a olibmen. Shayx muridg‘a dedikim: Holo xud na’layning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling