Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
25
Rindeki, fano jomini tortar payvast,
Dunyo bila oxiratqa ermas pobast. Haq 
rahmati umidi bila tun-kun mast, Ko‘p 
ortuqroqki, zohidi zarqparast.  
Umid ulki, bori nomurodlarg‘a haq bu fano davlatin qarib qilg‘ay va tavba saodati bila baqoyi jovid 
nasib etgay.
Qirqinchi fasl  
DARVYeShLAR ZIKRIDA  
Darvesh
67
uldurkim, bo‘lg‘ay rizoandesh, agar ichida bo‘lsa yuz nish toshi bo‘lg‘ay marhamoyin va 
malomatkesh. Darvesh kerakkim, sidqu fano tariqin tuzgay, o‘zin nechukki, bor andoq ko‘rguzgay. 
Anoniyat g‘ilzatig‘a qotiq riyozatlar bilasafo bermish bo‘lg‘ay va nafsoniyat shiddatidin azim 
mujohidalar bila chiqib, faqr tariqig‘a kirmish bo‘lg‘ay va fano dor ulamoni jamoat xonasig‘a yetmish 
bo‘lg‘ay. Himmati nazarig‘a mosivollohi nomavjud, balki vujudi mutlaqdin o‘zga barcha nobud. Ichi 
toshi bila muvofiq, balki ortig‘roq, botini zohiri bila musoviy, balki yorug‘roq. Agar zohirida botin ixfosi 
uchun ko‘runsa andin murode bo‘lsa malomatkashliq. Botini sofi zohir tiyraligi koni munofiy. Darvesh 
to‘ni yirtuq andoq tururkim, ganji makoni buzuq. Saro ahli jahonda andoqdururkim, Faridun
68 
ganji 
vayronda. Ma’ni ahli haqiqati maxfiy va surat ahlining haqiqiy da’vi va da’viyi haqiqatda bema’ni. 
Eranlar hollari suratin yoshurubturlar va malomat suratida na’li bozguna urubturlar va zohirlari binosin 
buzubturlar va botinlari asosan tuzubturlar. Qazodin ne kelsa o‘zlarin rizog‘a yosobturlar va olam 
ahlining qotig‘ ranj va irik malomatig‘a chidabdurlar. Yemak-ichmakdin kechibdurlar. Haq rizosin 
istarda g‘am yeb va qon ichibdurlar. Rizovu taslim zoviyasi maqomlari, fano bodiyasida oromlari. Adabu 
tavoze’ alarg‘a kish dushman va do‘stig‘a inkandesh. Bu sifat va oyin bila bo‘lg‘on erur darvesh.
Ruboiy: 
Yo rabki, fano qushin romim ayla, Romim 
demayinki, saydi domim ayla. Ham faqr 
tariqida xiromim ayla,  
Ham zoviyai fano maqomim ayla.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling