Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qirqinchi fasl DARVYeShLAR ZIKRIDA
www.ziyouz.com kutubxonasi
25 Rindeki, fano jomini tortar payvast, Dunyo bila oxiratqa ermas pobast. Haq rahmati umidi bila tun-kun mast, Ko‘p ortuqroqki, zohidi zarqparast. Umid ulki, bori nomurodlarg‘a haq bu fano davlatin qarib qilg‘ay va tavba saodati bila baqoyi jovid nasib etgay. Qirqinchi fasl DARVYeShLAR ZIKRIDA Darvesh 67 uldurkim, bo‘lg‘ay rizoandesh, agar ichida bo‘lsa yuz nish toshi bo‘lg‘ay marhamoyin va malomatkesh. Darvesh kerakkim, sidqu fano tariqin tuzgay, o‘zin nechukki, bor andoq ko‘rguzgay. Anoniyat g‘ilzatig‘a qotiq riyozatlar bilasafo bermish bo‘lg‘ay va nafsoniyat shiddatidin azim mujohidalar bila chiqib, faqr tariqig‘a kirmish bo‘lg‘ay va fano dor ulamoni jamoat xonasig‘a yetmish bo‘lg‘ay. Himmati nazarig‘a mosivollohi nomavjud, balki vujudi mutlaqdin o‘zga barcha nobud. Ichi toshi bila muvofiq, balki ortig‘roq, botini zohiri bila musoviy, balki yorug‘roq. Agar zohirida botin ixfosi uchun ko‘runsa andin murode bo‘lsa malomatkashliq. Botini sofi zohir tiyraligi koni munofiy. Darvesh to‘ni yirtuq andoq tururkim, ganji makoni buzuq. Saro ahli jahonda andoqdururkim, Faridun 68 ganji vayronda. Ma’ni ahli haqiqati maxfiy va surat ahlining haqiqiy da’vi va da’viyi haqiqatda bema’ni. Eranlar hollari suratin yoshurubturlar va malomat suratida na’li bozguna urubturlar va zohirlari binosin buzubturlar va botinlari asosan tuzubturlar. Qazodin ne kelsa o‘zlarin rizog‘a yosobturlar va olam ahlining qotig‘ ranj va irik malomatig‘a chidabdurlar. Yemak-ichmakdin kechibdurlar. Haq rizosin istarda g‘am yeb va qon ichibdurlar. Rizovu taslim zoviyasi maqomlari, fano bodiyasida oromlari. Adabu tavoze’ alarg‘a kish dushman va do‘stig‘a inkandesh. Bu sifat va oyin bila bo‘lg‘on erur darvesh. Ruboiy: Yo rabki, fano qushin romim ayla, Romim demayinki, saydi domim ayla. Ham faqr tariqida xiromim ayla, Ham zoviyai fano maqomim ayla. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling