Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

O‘ttuz oltinchi fasl  
TARBIYaT TOPIB, XAROMNAMAKLIQ QILG‘ON NAVKARLAR ZIKRIDA
Navkarki, vali ne’matidin rioyat ko‘rgay va bek va maxdumidin tarbiyat va inoyat ko‘rgay. Erlik va 
insoniyat uldurkim, muqobalasida qulluq va hidmatkorlik, balki yakjihatliq va jonsiporliq qilg‘ay va 
tilagaykim, anga jon fido etgay to shafqati huquqin ado etgay. Hamiyat ul emaski, maxdum yana birovga 
ko‘prak multafit bo‘lg‘onidin shikoyat izhor qilg‘ay va gilamandlig‘ guftu guzori, to ish anga yetgaykim, 
ne’mat kufroni orog‘a tushgay va haq noshinosliq tug‘yoni mojarog‘a surushgay va bu odamiysizliq 
qochmoqqa munjar bo‘lg‘ay, aduv eshigiga borurg‘a muqarrar bo‘lg‘ay. O‘zin birovga qul deb sotqon 
dodaktur, balki dodakdin yuz qatla kamrakdur. Bataxsiski, mufrit tarbiyat ko‘rmish bo‘lg‘ay va 
muqobalada beandom loflar urmish bo‘lg‘ay. Abrki, bir yerdin yana bir yerga qochqay, nomardliq 
tufrog‘in yigitlik boshig‘a sochqay. Chun mundoq kishi erlik sonidin noridur va yigitlik doirasidin 
tashqaridur. Hokimekim, kiyosati bor, aning qoshida mundoq kishiga qachon eranlar siyosati bor. 
Eranlardin mardona gunoh vujudqa kelsa, bo‘ynig‘a yuklangandin so‘ng bo‘yin urarlar, qizil yuzluk qilur 
uchun bo‘ynig‘a tig‘ surarlar. Ammo aning so‘rxro‘lug‘ig‘a gulguna sazovordur va yuz oqlig‘ig‘a 
munosib sapida bordurkim, qari muxannas mabhut va aning xolazodasi kaftori fartut shirkat bila 
mashshotaliq tuzgaylar va bu kelin zebu ziynatida sehrlar ko‘rguzgaylar va qoshin olib, vusmaga shoyista 
qilg‘aylar. Saqolin qirqib, ikki quloq tuzig‘a zulflar oshuftahol qo‘yg‘aylar. Ammo ikki uzori tarafidin 
chap va rost ikki xol qo‘yg‘aylar. Oriyati dastorin boshig‘a burunjok qilg‘aylarki, arusi masturadur va 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
23
gardizi nomasturdur kashidalig‘ yog‘liq farfig‘a lachak solg‘aylarki, javoni mahdur va xalla nozukligi 
nomaqdurdur. Bu nav’ orasta qilg‘ondin so‘ngra chanbarshoh yo‘rg‘a o‘yga teskari mindurgaylar va 
shahrning ko‘y va mahallotig‘a kezdurgaylar va nazzoragar el ta’nu tashni’ bilakim, «chor dong 
sipohgari govmish toxtan ast»,
62
-deb faryod qilg‘aylar. Va agar yuz qarolig‘idin uyot va qaro tillik 
bo‘lurdin hijob bo‘lmasa anga munosib hariflar mastur va anga muvofiq oshiqlar mazkur bo‘lgay erdi va 
ayshu nishot bazmi qurilg‘ay erdi. Ammo andoq siyohro‘yning tavzihi ul nav’ qaro yuzlukning tafzihi 
har nechakim olam ahliga multamas bo‘lg‘usidir.
Bayt: 
Bu nav’ masxaraliq elga bas durur hayrat  
Ki, o‘lg‘ay eshitibon kimga bor esa g‘ayrat.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling