Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
O‘ttuz birinchi fasl
DYeHQONLIK ZIKRIDA Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 20 Dehqonki, dona sochar, yerni yormoq bila rizq yo‘lin ochar. Agar rostliq va salohi bordur, o‘yi Solih noqasidin namudordur. Qo‘shi ham ikki zo‘r pahlavon, yukiga bo‘yun sunub olida ravon; ish qilurda hamdam va hamqadam, dehqon alarni suradi andoqki Odam 58 . Olam ma’murlig‘i alardin, olam ahli masrurlig‘i alardin. Har qayon qilsalar harakot, elga ham qut yetkurur, ham barakot. Dehqonki, tuzluk bila dona sochar, haq biriga yetti yuz eshigin ochar. Sochqon dona ko‘karguncha, o‘rub xirmon qilib, mahsulin ko‘targuncha qurtu qush andin bahramand va dasht vahshi aning bila xursand. Mo‘rlar uyi andin obod va go‘rlar xotiri aning bila shod. Kabutarlarg‘a andin mastliq, to‘rg‘aylarg‘a andin nishotg‘a hamdastliq. O‘roqchig‘a andin ro‘zi, boshoqchiniig yorub andin ko‘zi. Barzagarg‘a andin kom hosil, pushtakashg‘a andin murod vosil. Gado andin to‘q, kadxudo to‘qlug‘i ham andino‘q. Musofirg‘a andin taom, mujovirg‘a andin kom. Itmaqchi tanuri andin qiziq, allof bozori andin issiq. Fuqaro rizqi vofiy, g‘urabo quti andin kofiy. Zohidg‘a andin xuzuri toat, obidg‘a andin lofi qanoat. Soyil xaritasida andin muhayyo aqtoi, shoh xizonasida andin bahru kon matoi. Dehqonning bir dona socharida bu holdur, o‘zga ishlari ta’rifi maholdur. Bog‘i jannatdin namudor, polizida ruh quti padidor. Ashjorining har biri charxi axzar, ul shajar va rayohin va favoqihi nujum va axtar. Fuqaro sirka va dushobi andin, ag‘niyo nuqlu mayi nobi andin. Gunogun favoqih bilakim bog‘da tazyin, chaman mulkida bog‘lanib ta’biya va oyin. Mundoq kishi kerakki, buxldin muarro bo‘lsa va kizbu imsoqdin mubarro. Shoh molin berurdin ibo qilmasa va zabun sherikka jafo qilmasa, to donosi durri saodat bar bergay va tuxm sochib, anjumi uluvvi rif’at tergay. Mundoq dehqon Odamning farzandi xalafidur, balki marzuqlar anga farzand va ul Odami safiydur. Q i t’ a: Kimki dehqonlig‘ ayladi pesha, Dag‘i non bermak o‘ldi anga shior. Buyla kimsa uluvvi rif’atdin. Odam o‘lmasa, odamiy xud bor. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling