www.ziyouz.com kutubxonasi
16
Ammo bu toifaning soyiri ham agarchi taraboyin va mehnatzadadurlar va lekin filhaqiqat, laimsiyrat
va gadodurlar. Aytquvchi va cholg‘uvchi zorlig‘ va iynamak bila olg‘uvchi. To buyurg‘uvchida sila va
in’om bor, alar mulozimdurlar va xizmatgor. To suhbatda ne’mat ko‘p, alarga barcha amru nahying jo‘b.
Chun bazmda tana’um oz bo‘ldi, alar ishi istig‘nou noz bo‘ldi. Ne’mat degan nimaki tamom yo‘q bo‘ldi,
alarning ko‘ngli sendin tamom to‘q bo‘ldi. Agar yillar bahra olibdurlar ehsoningdin, oshnolig‘ bermay
o‘tarlar yoningdin. Oz olsalar nosipos, ko‘p olsalar haqshunos. Aksari fosiq va badxo‘y va qolg‘oni
kajtab’u durushtgo‘y. Harakotlari tuzuksiz so‘zlaridek va kalimotlari hashv va mahalsiz nozlaridek. Vafo
alar tab’idin maslub, vafo ahli olida mardud va manqub. Mug‘anniy vafosiz, kungir hayosiz. Agar yillar
rioyat qilibsen va hamxonadur, bir qatlaki bermading - begonadur.
Er suratida shohidedur tannoz va muloyim kisvatida mufsidedur xona barandoz. Xavosqa
dilfirebedur savt
46
va nag‘am
47
bila, avomg‘a rohzanedur tablu alam bila.
Nazm:
Kishiga bo‘lmasun bu fitna duchor Ki,
unidin najoti tayri uchor.
Yonsa qo‘nmoqqa tabl urar har dam,
Kim o‘shul qushqa ko‘prak o‘lg‘ay ram.
Yigirma uchunchi fasl
QISSASOZ VA QISSAXONLAR ZIKRIDA
Qissasoz - bekor va qissaxon - harzaguftor; har kim ma’junnok yo bangi, ko‘nglida aning ma’rakasi
ohangi. Biyik un bila ovuch qoqmog‘i har dam, xirad va ozarm qushlari topmoq uchun ram. Harakotidin
zohir telbalar atvori va kalimotidin bohir usruklar shiori. Teva qumalog‘in sotarda qand deguvchi,
ma’rakasidag‘i mu’taqidlari ani sotqun olib yeguvchi.
Bayt:
Kishikim bo‘lmag‘ay ma’junu qandining
Xaridori, Oning hangomasi birla tuzalmas hech
bozori.
Do'stlaringiz bilan baham: |