Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘n sakkizinchi fasl DABIRISTON AHLI ZIKRIDA
www.ziyouz.com kutubxonasi
13 Ruboiy: A’lolaridur nedinki dersen a’lo, Adnolari ham barcha danidin adno. Avsatlarikim, hech nimaga yaramas, Bilkim, nafas urmamoq alardin avlo. O‘n yettinchi fasl KOTIBLAR ZIKRIDA Kotib shuaro so‘zining varaqnigoridur va so‘z maxzanining xazonadori. Xozin hunari amonat bo‘lur va tasarrufi xiyonat bo‘lur. Aminki, xiyonatg‘a mansub bo‘lg‘ay va o‘z hunarida ma’yub bo‘lg‘ay, andoqning ilgi qat’i xo‘b bo‘lg‘ay. Yaxshi xat va nuqtadin safhag‘a jamol, andoqki, yaxshi yuz safhasig‘a xattu xol. Xushnavis kotib so‘zga oroyish berur va so‘zlaguvchiga osoyish yetkarur. Roqimki, raqami rostdur, rostlar ko‘ngliga qabuliyati bexost. Muharrirki, tahriri tuz pisandidadur, agar bir bayt bitir, agar yuz. Agar xat surati noxushdur ma’ni xayli andin mushavvashdur. Xushnavis hamkim, sahvi ko‘p bo‘lg‘ay ilgi falaj illatig‘a jo‘b bo‘lg‘ay. Ulki, bejo nuqta bila «habib»ni «habis» qilg‘ay va «muhabbat»ni «mehnat» - aningdek habisi mehnatzadag‘a yuz la’nat. Yamon xatg‘a g‘alati behisob, qarriyi masxara soqolig‘a xizob. Ul xatni qirqib mabrazg‘a tashlag‘oli yaxshi va iyasini moliki do‘zax jahannamg‘a boshlag‘oli. Mahbubdin maktubkim, ham xati xo‘b bo‘lg‘ay va ham mazmuni xo‘bjong‘a uldur marg‘ub va ko‘ngulga uldur matlub. Xati yamon ham bo‘lsa yamon emas, muhib mahbub xatini yamon demas. Yamon kotib manzili qalamdonidek choh aro bo‘lsun, qalamidek boshi yaro va yuzi qaro bo‘lsun. Bayt: Qaysi bir kotibki, ul so‘zga qalam surgay xilof, Ul qaro yuzluk boshi bo‘lsun qalam yanglig‘ shikof. O‘n sakkizinchi fasl DABIRISTON AHLI ZIKRIDA Maktabdor begunoh ma’sumlarg‘a jafokor. Atfol azobig‘a rog‘ib va alar ta’dibig‘a murtakib. Zoti bemadoro, dimog‘i po‘lod va ko‘ngli xoro. G‘azabdin qoshida chin, gunahsizlar bila oyini xashu kin. Ko‘pragida tab’ g‘ilzati va tama’ illati padidor va aql qillatig‘a giriftor. Ammo tavsani atfol ta’bini jafo bila rom qilg‘uvchi, nohamvor sig‘or tavrig‘a siyosat bila andom berguvchi. Agarchi xo‘ylari durushluqda namoyondur, ammo atfol nohamvorlig‘i islohig‘a irik suhondur. Aning ishi odamdin kelmas, qaysi odamki, dev qila olmas, har qattig‘ kishini bir tifl muhofazati ojiz etar, ul bir surukka ilm va adab o‘rgatgay, anga ne yetar. Oncha borkim, ul qavmning idroku fahmi oz tushar, andoq kishiga yuz muncha mashaqqat ne bushar. Har taqdir bila atfolg‘a haqqi ko‘pdur, agar Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 14 podshohliqqa yetsa va anga qulluq qilsa xo‘bdur. Shogird agar shayx ulislom, agar qozidur, agar ustod andin rozidur - tengri rozidur. Bayt: Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling