Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘qquzinchi fasl YaSOG‘LIQ VA QORA ChYeRIK ZIKRIDA
Sekkizinchi fasl
YaSOVUL GURUHI ZIKRIDA Yasovul, bir mazlum ishi keyincha borg‘ay va ul mazlumni zolimdin qutqorg‘ay. Agar muzd tilamagi maqdurdin ortuqroqdur, ul zolimga ulug‘roq o‘rtoqdur. Agar sa’yig‘a yarasha olur xayoli bo‘lg‘ay, ota merosi va ona sutidek haloli bo‘lg‘ay. Va agar tama’i haqq us-sa’yidin kamdur, erlik va muruvvat anga musallamdur. Va agar sa’y qilg‘ay va olmag‘ay, muzdkim anga haqdur, ani desa bo‘lg‘aykim, valiyi mutlaqdur. Ko‘p eranlar bu ishni shior etibdurlar va bu suluk bila maqosidg‘a yetibdurlar. Masnaviy: Avliyoullohki, har suratda bor, Ba’zi etmish bu ravishni ixtiyor, Chun erurlar qubbalar ichra nihon, Haqdin o‘zga kimsaga ermas ayon. To‘qquzinchi fasl YaSOG‘LIQ VA QORA ChYeRIK ZIKRIDA Yasog‘liq degan qora cherik, ya’juj va ma’juj xaylig‘a sherik. Emgakdin alarg‘a orom yo‘q, yasoq tortardin bir nafas kom yo‘q. Ishlari talay olg‘onni talamoq, yot yurtda chugurtkadek sabza va yafrog‘ni yalamoq. Insonliq bila alar orasida muboyanat, musulmonliq bila alar o‘rtasida munozaat. Fahmu idrokdin alar zoti oriy, aqlu insofsiz bizzot bori. Qayong‘akim yuzlandilar, alarg‘a yonmoq yo‘q, kecha va kunduz tag‘oful uyqusidin uyg‘onmoq yo‘q. Isig‘ va sovuq tanlariga tafovut qilmay, ochlig‘ va yalang‘ochliq zararini jismlari bilmay. Odamiysizliqda maxluqotdin mumtoz, hayvonliqlari ko‘pu mardumliqlari oz. Ruboiy: Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 9 Ul qavmdin a’juba xaloyiq bo‘lmas Kim, me’dalari harom yerdin to‘lmas. O‘lguncha balo chekib erurlar mavjud, Chin bo‘ldi bu da’voki, yasog‘liq o‘lmas. Turfa bukim, chun haqning har nav’ elga inoyati pinhoni bor, bular orasida ham yashurun eranlarning imkoni bor. O‘rdu bozori o‘zin yasog‘liqqa qotg‘uvchi, o‘ngay ham ulush olmay og‘ir sotg‘uvchi. Cherik ulushidin har bor alar shatalxor, andoqkim mulk ahlidin amaldor. Bayt: Sipohiy molin ul xayli tabohi, Tunu kun muft olib xohi naxohi. Mumkin yo‘qkim, odamizod alarg‘a sazo bergay, magar tengri alarg‘a balo birla jazo bergay. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling