Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘n birinchi fasl ShAYX UL-ISLOM ZIKRIDA
O‘nunchi fasl
ShOH ULUSI O‘ZIGA MUShOBIH BO‘LUR ZIKRIDA Shohg‘a har kimki, mulozim va tobi’ bo‘lg‘ay, ishi va tavri shoh ishig‘a mushobih voqe’ bo‘lg‘ay. Agar shohg‘a adolat shior, ulusi shiorida ham adolatdin osor. Agar zulmpesha - elida ham zulmidin andisha. Agar ul islomoyin, xalq shiori ham islom bila din. Agar ul kufrxisol - elga dog‘i kufr tariyqi af’ol. Hukamo shohni debdurlar: daryoyi zaxxor va qavmu xaylin daryo tegrasidag‘i anhor. Daryo suyig‘a ne kayfiyat va ne xosiyat, anhorg‘a ham ul kayfiyat va xosiyat.Ul achchig‘ - bu achchig‘; ul chuchuk - bu chuchuk; ul tiyra - bu tiyra; ul suzuk - bu suzuk. Masnaviy: Arig‘larki, ul bahrdin ayrilur, Biliklik alarning suyin ham bilur, Chu birdur suv daryo bila nahr aro, Emas ta’mida hojati mojaro. O‘n birinchi fasl ShAYX UL-ISLOM ZIKRIDA Shayx ul-islom musulmonlar peshvosidin iboratdur va islom muqtadosida ishoratdur. Mundoq kishi olime kerak islompanoh va orife kerak muqarrabi dargoh, xiradmandi shariatshior va faqrg‘a xursand va tariqatosor. Yaxshi-yamon shafqati fayzi om va ulug‘-kichikka irshodi naf’i molokalom. Komi bo‘lg‘ay shar’ qonunig‘a rosix va barcha mubtade’lar bid’atig‘a nosix. Angakim, bu nav’ bo‘lg‘ay oyini islom shayx ul-islom desa bo‘lur vassalom. Bayt: Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 10 Mundin o‘ldi muqarrabi boriy, Shayx ul-islom piri Ansoriy. O‘n ikkinchi fasl QUZOT ZIKRIDA Qozi islom binosig‘a arkondur va musulmonlar xayr va sharrig‘a nofizi farmondur. Ulumi diniyadin ko‘ngli mulki ma’mur kerak va yaqiniy farosatdin xotiri jam’iyati befutur. Mayli shaxsiy zamiri kishvaridin mutavoriy va mudohana tarrori muloyamatidin sof ko‘ngli oriy. Mahkamasi maxzani ulumu shar’iya va hukm qilurida oshnoyu begona anga alas-saviya 13 . Ilmu taqvosidin ko‘ngullarda shukuh va diqqat, farosatidin bediyonatlar ko‘nglida anduh. Ko‘ngli Kalomulloh ahkomidin qaviy va hukmida muqtado ahodisi mustafaviy. Shar’iy hiylalar girihidin ko‘ngli ochuq, fuqaho tazvirlari tiyraligidin zamiri yoruq. Rishvaxo‘r muftilar - qoshida mankub va hiylakor vakillar - olida ma’yub. Omiy qoziki may ichkay - o‘lturgulukdur va do‘zax o‘tiga yetmasdin burun kuydurgulukdur. Qoziyi rishvaxo‘r-islom hisorig‘a raxnagar. Ulki rishvat berib qazo ola olg‘ay, rishvat olib ham shar’ni buza olg‘ay. Qoziy kerakkim, jodai shar’din qadam chiqarmag‘ay va siroti mustaqimdin tashqari bormag‘ay. Mustaqim xat har qayonkim, mayl qildi egri bo‘ldi. Soz toridekkim, e’tidoldin tajovuz qildi, tuzuki buzuldi. Ulki hukmi el moli va jonig‘a joriy bo‘lg‘ay, kerakkim, da’bi muqmir shiori bo‘lg‘ay. Ayog‘ikim, siroti mustaqimdin toyildi va yal chohi tubin maqom qildi. Bu ishni o‘zi qilurmen degan beboku kozib, kozibi bebokka payg‘ambar shar’i hokimlig‘ig‘a ne munosib. Qit’a: Muxbiri sodiq shahekim qildi dinu shar’ni, Bori adyon nosexi andoqki, mumkin erdi tuz. Kozib ul yo‘lni nechuk tuzgayki, bir kazzob ham, Qildi ko‘p da’vo, vali qo‘ydi jahannam sori yuz. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling