Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

O‘n uchunchi fasl  
MUFTIYI FAQIHLAR ZIKRIDA  
Muftiyi faqihe kerak mutadayyin va olime kerak mo‘‘min, islom ilmida mohir va diyonat nuri 
jabinida zohir. Mayldin ko‘ngli bequsur va hiyladin zamiri befutur. Qalami rivoyotda sodiq, raqami 
mujtahid so‘zi bila muvofiq; yo‘qki fosiqe bo‘lg‘ay mayxor va johile bo‘lg‘ay badkirdor va g‘addor. Bir 
diram uchun yuz haqni nohaq etguvchi va oz karam uchun ko‘p «lo»ni «naam»
14
bitguvchi. Bir sabat 
uzum uchun bir bog‘ni kuydurmakdin g‘ami yo‘q va bir botmon bug‘doy uchun xirmonni sovurmoqdin 
alami yo‘q. Muftieki, hiyla bila fatvo tuzar qalami no‘gi bila shariat yuzin buzar. Muzd uchun siym 
olibki, molig‘a qotar dinini dunyog‘a sotar. Mundoq mufti odamiykush tabibdur, biriga islom qatli, biriga 
musulmonlar qatli nasibdur.
Ruboiy: 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
11
Muftikim, ishiga muzd olib qilsa raqam,  
Muzd ortuq esa, mayl kerak qilg‘ay kam,
Fatvoda chu bo‘ldi muzd uchun «lo» vu «naam».  
Qilmoq kerak ul qalamzai ilgini qalam.  
O‘n to‘rtinchi fasl  
MUDARRISLAR ZIKRIDA  
Mudarrisning kerakki, g‘arazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni ayturg‘a murtakib bo‘lmasa va 
xudnomolig‘ uchun dars havzasin tuzmasa va xudsitonlig‘ uchun takallum va g‘avg‘o ko‘rguzmasa. 
Jahldin dastori uluv va aloqasi uzun bo‘lmasa va mubohat uchun madrasa ayvoni boshi anga o‘run 
bo‘lmasa. Diniy ulum bilsa va yaqiniy masoil ta’lim qilsa. Bebokliklardin haroson va nopokliklardin 
gurezon bo‘lsa, yo‘qki o‘zin olim bilgay necha majhulg‘a anvoi fisqni muboh, balki halol qilg‘ay, qilmas 
ishlarni qilmoq andin ma’lum bo‘lg‘ay va qilur ishlar tarki andin qoida va rusum bo‘lg‘ay. Bu mudarris 
emasdurkim, mubtade’dur va mundoq kishi suhbati islom mumtane’dur.
Olim kerakkim, mutaqqiy bo‘lsa va ogoh va ayturg‘a qola Alloh, qola Rasulloh.
Qit’a: 
Har ne aytur bo‘lsa Xudovu Rasuldin Andin 
so‘ng o‘lsa mujtahidu avliyo so‘zi.  
Andin kishi ne kim eshitur va yoki o‘rganur bo‘lsa, Xudo 
so‘zi yo‘q esa, Mustafo so‘zi.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling