Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Yigirma oltinchi fasl  
TIJORAT AHLI ZIKRIDA  
Tujjori sayohatshior aqolim va buldon holidin xabardor, ajoyibdin afsonaguzor va g‘aroyibdin 
nodiraguftor. 
Jibol toshi va dasht qumig‘a noqa surgan, bihor amvoji talotumdin naf’ va zarar ko‘rgan. Halol ro‘zi 
kasbiga masofatlar qat’ etgan, jamiyati zohir tilabu botin parishonlig‘lari anga yetgan.
Biri yuz bo‘lurdin boshida ming savdo, bo‘zi katon bo‘lurdin ko‘nglida necha tamanno. Mundoq 
kishining maqsudi tamom asig‘ bo‘lmasa va bu asig‘ husuli uchun ranji qattig‘ bo‘lmasa, savdo uchun 
tengizga kema surmasa, dur uchun nahang komig‘a qadam urmasa, mol va diramni azamatig‘a sabab 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
qilmasa, xadam va hashamni hashmatig‘a jihat bilmasa, nafis ajnosni
56
ayab chopon kiymasa, laziz 
ag‘ziyani isirkab qurug‘ non yemasa, ranji maosh suhulati bo‘lmasa va sudi ko‘ngul farog‘ati uchun 
bo‘lsa, safardin azizlar suhbatig‘a yetmak murodi bo‘lsa va rioyatidin nomurodlari ishi kushodi bo‘lsa 
shar’iy zakot bo‘ynida qolmasa, fuqaro haqin o‘z bo‘ynig‘a olmasa, yo‘qki, molin aziz asrab, o‘zini xor 
etgan va o‘z molin tamg‘odin o‘g‘urlab o‘ziga mazallat yetgay, yo vorissipor uchun yig‘ing‘ay, yo hodisa 
qo‘zg‘ar uchun qovg‘ong‘ay. Mundoq kishi xoja emas, muzdurur va o‘z razillig‘idin hamisha ranjurdur. 
Bayt: 
Mundoq kishida yo‘q xirad va hushdin nishon
Bilgil gado agarchi erur Xojai Jahon.  
Yigirma yettinchi fasl  
ShAHARDA OLIB SOTQUVChILAR ZIKRIDA  
Shahr savdogari g‘adrkish o‘ziga sud va musulmonlarg‘a qahtandish. Elga ziyon aning sudi, o‘ng‘oy 
olib og‘ir sotmoq aning maqsudi. Olurda katonni bo‘z deb, sotarda bo‘z vasfida katondin ortug‘ yuz so‘z 
deb. Sholni to‘rqa o‘rnig‘a o‘tkara olur bo‘lsa, ta’sir yo‘q, bo‘ryoni zarbaft yerida sota olur bo‘lsa, taqsir 
yo‘q. Do‘konida barcha mato’ mavjud, g‘ayri insof. Noinsoflig‘idin barcha jins hosil g‘ayri taqsirg‘a 
e’tirof. Tojiri musofir ul kadbonug‘a hamzonu, balki ani cherikchi desa bo‘lur, muni kadbonu. Anga sud 
- olg‘uvchig‘a nuqsoni mol, ikki jonibdin yolg‘on ont ichguvchi dallol.
Bayt: 
Bu xayl odam emaslar, yaxshi boqsang, Erur 
suding alardpn gar yiroqsai.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling