Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Yigirma to‘rtunchi fasl  
NASIHAT AHLI VA VOIZLAR ZIKRIDA  
Voiz kerakki, «qolalloh»
48
so‘z aytsa va «qola rasululloh»
49
muxolafatidin qaytsa, xudo va rasul 
yo‘lig‘a qadam ursa. O‘zi kirgondin so‘ngra nasihat bila elni ham kivursa. Yurumagon yo‘lga elni 
boshqarmoq, musofirni yo‘ldin chiqormoqdur va biyobong‘a keturmak va bodiyada iturmakdur. 
Usrukki, elga buyurg‘ay xushyorliq - uyquvchidekdurki, elga buyurg‘ay bedorliq Uyqusida so‘z degan 
jevligon bo‘lur va degondek qilmoq ne degon bo‘lur.


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
Va’z bir murshid va ogoh ishidur va aning nasihatin qabul etgan maqbul kishidur. Avval bir yo‘lni 
bormoq kerak, andin so‘ngra elni boshqarmoq kerak. Yo‘lni yurmay kirgan itar va g‘ayri maqsud yerga 
yetar.
Voiz uldurki, majlisig‘a xoli kirgan to‘lg‘ay va to‘la kirgan xoli bo‘lg‘ay. Voizkim, bo‘lg‘ay olim 
va mutaqqiy - aning nasihatidin chiqqan shaqiy. Ulki, buyurub o‘zi qilmag‘ay, hech kimga foyda va asar 
aning so‘zi qilmag‘ay. Nazoirxon bila surguvchi maqol - dastiyor bila yirlag‘uvchi qavvol.
Qit’a: 
Voizki, dastyorsiz o‘lmas suxanguzor,  
Anga yorodu
50
 munga ayolg‘uvchi
51
 hukmi bor. 
Tengri so‘zin ayolg‘uvchi bo‘lmay dey olmag‘ay,
Bir soz bo‘lsa ham kerak ul qilg‘ay ixtiyor.  
Yigirma beshinchi fasl  
AHLI NUJUM ZIKRIDA  
Munajjimki, savobit va sayyor nazoratidin hukm surar, rammoldekdurki, nuqtalari hisobi bila lof 
urar. Ziji
52
- hech va tafhim va tavqimi-g‘alat taqsim; va usturlobi vojib-ul-ijtinob
53
va rif’at ulqamari
54
befoyda va besamar. G‘ofiledur bu asbob bila hangoma tutg‘on va haq taolo qazo va taqdiri so‘zin 
unutqon. O‘z ilgida bir anor bo‘lsa bilmaski, necha parda va necha xonasi bor va har parda va har 
xonasida necha donasi bor va ul dona achchig‘mudur yo zumuxtvash yo chuchukmudur va yo mayxush; 
borlar ani kesib yebdur va xosiyat va kayfiyatini bilib, elga ham sharh bila debdur. 
Falaki mudavvar va nujum va burjidin afsona der va alarning sa’d va nahsi hukmin surub tarona der. 
Bovujude ulki, o‘n so‘zidin ittifoqe biri ham rost kelmas, munung qabohatin yo bilmas va yo bilib ko‘ziga 
ilmas. «Kizb al-munajjimun»
55
mazmuni bila aning so‘zi yolg‘ondur va o‘z rostlig‘ kishvaridin yiroq 
qolg‘ondur va basirat ko‘ziga g‘aflat pardasin solg‘ondur.
Bayt: 
Emas afloku anjum holi benaf’u zarar, lekin Ani 
tengri bilur, ermas munajjim bilmagi mumkin.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling