Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

O‘ttuz sakkizinchi fasl  
RIYoIY ShAYXLAR ZIKRIDA  


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
24
Shayxi riyoiy - ra’noliq jilvanamoyi. Misedur, oltun bila ro‘kash, tashi xushnamo va ichi noxush. 
Surati darveshvash va ma’nisi sarosar g‘ash. Orostalig‘i barcha qayd va karomati tamom shayd. 
Amomasi riyosat yuki, boshida bir fosid xayol har tuki. Egnidag‘i muraqqa’ rangomezliq bila mullama’. 
Ridosi uyubining pardadori va riyo charxi igirgan har tori. Misvoki tama’ tishin elturga suhon; 
shonadonida rishxand olati nihon. Muhrabozliq tasbihin evumak va uzunroq namozdin g‘arazi el 
ko‘rmak. Kulohi davlat ul davlatmandg‘a dastor va uzunroq aloqasi tulku quyruqidin namudor. Mahalsiz 
sayhasi bag‘oyat sovuq, andoqki, vaqtsiz un tortqon tovuq. G‘aflatdin avrodida alolo, nechunkim mastlar 
bazmida «dirno talolo»
63
. Barcha kalimoti hiylatangez va majmu’ harakoti g‘arazomez. Voqeasi bari 
yasalg‘on. Uyg‘oqlig‘ida degani barcha yolg‘on. Simoi usuldin tashqari, vajdu sa’qasi ta’rif ohangidin 
nari. Suratida muncha pech dar pech, ma’nisi xud boshdin-ayoq hech. Bu habis zotg‘a muncha oroyish, 
eranlar holidin anda namoyish.
Hayhot-hayhot, uyat, yuz ming uyat. Turfa bukim, bu mazharg‘a muridlar ham bor, xizmatida barcha 
sheftau qaror. Ul bu do‘konni yurutib tadbir bila va ma’rakani qurub tazvir bilakim, shayoting‘a mahalla 
hayratdur va devi laing‘a mujibi ibrat va nafratdur.
Nazm: 
Faqr ismi birla muncha zarqu shaydu bu riyo, 
Saltanatdekdurki, qilg‘ay podshohi bo‘ryo. Bu 
agar darvesh o‘zin qilsa gumon, ul podsho,
Yo‘q ajab, chun ikkisida yo‘q turur aqlu hayo.  
O‘ttuz to‘qqizinchi fasl  
XAROBAT AHLI ZIKRIDA  
Rindi
64
xarobatiyki, may ichmak bila o‘tar avqoti, hubobdek boda havosi boshida, surohidek bosh 
qo‘yar yeri sog‘ar qoshida. Dayrda
65
har qayonki bazme qurub, sabukashlik vasilasi bila o‘zin yetkurub. 
Nomus dastorin boshidin olib, bir, jur’a uchun mayfurush oyog‘ig‘a solib. Mayxona taraddudidin 
bexonumonlig‘i, paymona taalluqidin besaru somonlig‘i. Har mug‘bacha ilgidinki, jome tortib
Jamsheddin
66
istig‘no va shavkati ortib. Mug‘bachalar yuzi olida butparast, dayr piri ayog‘ida boshi 
tufroqqa past.
Yoqasi mayxora sho‘xlar ilgidin chok, ko‘ngli ham alar ishqi tig‘idin zaxmnok. Dayrda may 
gadolig‘ig‘a ashg‘oli, ilgida mayxonaning sinuq safoli. Rasvoliq ko‘yida ayog‘i yalang, boshi xam va 
badmastlar dastburdidin manglayi zaxmliq, qoshi ham. Vujud shaxsin qilur uchun pomol, majolisda yeri 
safi niol. Boshig‘a amoma mehnatin ortmay, bo‘ynida rido minnatin tortmay. Nafsi garchi tufroqqa 
hamdast, himmati olida falak past. Zamon navoyibidin ko‘ngli g‘amsiz, falak havosidin xotiri alamsiz. 
Bujud va adamdin bo‘lmay haroson, boru yo‘q himmati olida yakson. Surohidek talx yig‘lamoqdin 
nishoti, maydek ayoqg‘a tushmakdin inbisoti.
Mug‘ dayridek bir dam sog‘olmay, dahr xayru sharrig‘a ko‘z solmay, Zamon yaxshi-yamoni bila 
ishi yo‘q, desa bo‘lg‘ayki, olamda mundoq kishi yo‘q. Dahr ahli zulmidin mundoq maosh muhiq, haq 
avf va rahmatig‘a mustahiq. Vujud maykadasi tufrog‘ida foniy, umidi haq karamidin baqoyi jovidoniy.
Rind va gadog‘akim yetib bu iqbol va davlat, shohlarg‘a aning holidin orzu va hasrat.
Ruboiy: 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling