Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
Ikkinchi qism
HAMIDA AF’OL VA ZAMIMA XISOL XOSIYaTIDA Avvalgi bob TAVBA ZIKRIDA Tavbai 1 haqiqiy mazmumi af’ol qabohatig‘a mo‘talle’ bo‘lmoqdur va tavfiqi rafiq bo‘lub, ul af’oldin ijtinob qilmoqdur. Tavba mujrim bandaning vaqti ko‘zgusin isyon zangidan oritur va niyoz musqili bila yoritur. Shakovat tariqining nihoyatidur, hidoyat jodasining bidoyatidur, anoniyat g‘aflatidin seskanmakdur va bashariyat uyqusidin uyg‘otmakdur va nashoyist ahvolin anglamoqdur va noboyist Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 26 af’olin tonglamoq va yaramas maxfiylarg‘a koshif bo‘lmoqdur va kerakmas da’viylariga voqif bo‘lmoq va a’mol qaboyihidin sharmandalig‘dur va af’ol fazoyihidin sarafkandalig‘ va ogahlig‘dur, bashariyat inodig‘a voqiflig‘dur, nafsi amora fasodig‘a va ko‘ngulga naformonlig‘idin mutag‘ayyir bo‘lmoqdur va ruhg‘a nafarjomlig‘idin mutanaffir bo‘lmoqdur. Va haqdin najot vaqti yetmakdur va bandai nafs mutobaatin tark etmakdur. Bu gavhari shabchirog‘ har tiyra ro‘zgor loyiqi emas va bu sham’ tavfiqni hodiyi inoyat har kimga bermas. To qaysi orig‘ tiynatlig‘ yo‘ldin ozmish bo‘lg‘ay va qayu pok xilqatlig‘ jodadin chiqib, qilur ishin yozmish bo‘lg‘aykim, anga g‘arib, holat hodis bo‘lmish bo‘lg‘ay va ul holatqa shum nafs bois bo‘lmish bo‘lg‘ay va hodiyi tavfiq yetgay va ani ul holatin ogah etgay. Chun ogah bo‘ldi hayotidin toriqqay va uyot dudi dimog‘idin chiqqay va e’tizol bila qiladurg‘onidin ibo qilg‘ay va istig‘for bila qiladurg‘on jurmidin iste’fo qilg‘ay va nohamvor af’olig‘a andom bergay va birovning berohlig‘idin chiqib, haqiqat yo‘lig‘a kirgay. Bu martaba tariqat ahlining avvalg‘i gomidur va maqsad vodiysining avvalgi manzilig‘a homiydur. Bu saodat kishiga o‘zlugidin yetmak «ma’sho zolika fazululloh yu’tiha man yasha’» 2 . Har sohib davlatka bu ogahlig‘ bir vasila bila yetibdur va har saodatmand bu iqbolni bir vosita bila kasb etibdur. Ruboiy: Haqdin angakim, yetti inoyat vaqti, Ko‘ngliga yomon fe’li siroyat vaqti. Isyonig‘a fosh o‘lur nihoyat vaqti. Bu bo‘ldi hidoyatqa bidoyat vaqti. Hikoyat: Mazhari sun’i haqqi taboraka Shayx Abdulloh Muborak 3 (quddisa ollohi sirruhu)ning tavbasining bidoyati va tuz yo‘lg‘a kirarning hidoyati bu ermishkim, hol avoyilida bir parivash ishqig‘a giriftor erdi va xalq arosida majnunshior ko‘ngli bir sho‘x husnig‘a mubtalo va xush va xirad. ko‘ngli mulkidin jalo. Bir qish kechasi ma’shuqi devori tubida vasli umidi bila pobast va yuzi xayolidin andoq bexud va mast erdikim, bovujudi ulkim bulut havodin zamharirbor va tun mushki ul zamharirdin kofurkirdor erdi va day sarsaridin qor ko‘ngli mulkiga ishq sipohi chopquyidin nishona ko‘rguzur erdi va burudat shiddatidin ashjor yafrog‘lari sovug‘ etgan, lol tillar holidin afsona aytur erdi. Ul ishq o‘ti haroratidin bu holdin xabarsiz va yolang a’zosi kor va zamharir burudati shiddatidin asarsiz tutub erdi. Anga tegrukim, tongqushi nola tuzdi va sahar muizzini na’ma ko‘rguzdi. Ul eshitgach, sog‘indikim, xufton namozining nidosidur va asho salovatining adosi ibtidosi. Chun tong yovushti quyoshdek ichiga iztirob va oshub tushti. Va subhi sodiq nuridin ko‘ngliga yorug‘liq yetti va mulhami hidoyat ani ogoh etti. O‘ziga dedikim ey Muborakning nomuborak o‘g‘li va ey tengrining qochqon va beadab quli! Xufton namozi qiroatida agar imom uzunroq sura o‘qusa malomat tutar va yuz fosid xayol ko‘nglungga o‘tar, qishning bir uzun tunini andoq shum nafsing havosig‘a mash’uf va mazmum tabiating komi xayolig‘a mag‘lub o‘tkarursenkim, xuftondin vuqufung va sahar yetgandin shuuring bo‘lmas. Bu holatda aning ichiga qo‘zg‘olon tushti va uyotdin ruhi badandin muforaqat qilg‘ali yovushti. Inoyati ilohiy qo‘ldadi va tavba hidoyatig‘a yo‘ladadikim, andoq riyozat va sulukka rosih bo‘ldikim, oz vaqtda Makka va Madinada shayx ul-mashoyix bo‘ldi. Umid ulkim, haq subhonahu taola barcha yo‘ldin ozg‘onlarni ogohliq bila bahramand kilg‘ay. Qit’a: Tavbaekim, aning saodatidin, Bir qul o‘g‘li bu poya kasb etgay |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling