Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
O‘ttuz to‘rtinchi fasl
MUBRIM GADOLAR ZIKRIDA Tilanchi va gado ko‘pragi beg‘ayrat va bahayo. Kunduz kezmaklari ibrom bila eldin nima olmok uchun, kecha kelib o‘g‘urlarg‘a el jihotig‘a ko‘z solmoq uchun. Ne ne’mat olib mun’imdin shokir, ne in’om topib mukrim uzrig‘a tillari zokir. Yemak bila ju’ ahlidek me’dalarig‘a to‘lmoq yo‘q, tilamak bila mustasqiydek suvdin serob bo‘lmoq yo‘q. Qadu va kachkuli mamlu bangilar xotiridek mutanavvi’ xayolotidin. Xaritasi to‘la riyoiy sufiylar zamiridek mutalavvin xavotir holotidin. Har diramki tugub, g‘assoldin o‘zga kishi ochmoq mahol, har siymkim ko‘mub, tufrog‘din o‘zga birov ani yemakka yo‘q ehtimol. Ko‘zlari hirsning «sod»i 60 va tama’ning «ayn»i 61 va bu hirs va tama’din jonu ko‘ngullarida mahrumluq shayni. Bular orasida o‘ziga qalandar ot qo‘yg‘on mal’un, odamiylig‘din mag‘bun va dev va shayton olida mat’un. Insoniyat va musulmonliqdin yiroq, to‘nguz va ayig‘ odamiylig‘da alardin yaxshiroq. Shakl tag‘yiri bila odamiylig‘din karona, po‘stun evura kiymaklari hayvonlig‘ va sabuiyatdin nishona. Ulug‘-kichikdin har turlukda gadoyi muvahhish, fosid xavotiridek sofiy ko‘ngulga mushavvish. Nazm: Bermak bo‘lmas alarg‘a inson hukmi, Yo odamu mo‘‘minu musulmon hukmi. Fosid axlotig‘aki vojibdur daf’. Bo‘lg‘aymu kishi beray desa jon hukmi. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 22 O‘ttuz beshinchi fasl QO‘ShChI VA SAYYoD ZIKRIDA Qo‘shchi sayyodlarg‘a muqtado va hukmron va bu jamoat anga raiyyat va ma’muri farmonkim, ilgida qush kecha-kunduz ranj va mashaqqatg‘a tush. Kecha uyqusi harom, emgakdin yo‘q anga orom. Nafis hazzi uchun bir gunohsiz ayog‘iga solib band va uzun tunlar aning azobi bila xursand. Amal rishtasin tama’ ignasiga chekib, ul bezabonning ko‘rar ko‘zni ham tikib. Maqsudi ani sayyod qilmoq va o‘zga jonlig‘lar qasdig‘a jallod qilmoq. Qunduz dashtu vodiyg‘a chopib, bir necha zabun g‘ofil topib, yuz makru hiyla bila qushin alarg‘a solib va ul solg‘oni ul mazlumni olib. Oldurg‘ondin so‘ngra ul sayd boshi ustida tutib o‘run, qoni to‘lg‘on zabunni bismil qilmasdin burun, ne deyki qanotin suvurib, qo‘ltig‘inmu yoradur va o‘zi ul qotil shogirdin shaaf bila to‘yg‘oradur. Necha mundoqningkim, qonin to‘kti va qo‘ltug‘in yorib, qanotin so‘kti. Fitrokiga bog‘lab uyiga yondi, o‘zi va qushi qilg‘onlarg‘a quvondi. Shum nafs hazzig‘a bir-ikki ayog‘larig‘a irtikob qilg‘ay va olida shirolg‘asin kabob qilg‘ay. Ba’ziniki, tongla begiga eltib tortqay, aning iltifotidin ko‘ngliga juldu tama’i ortg‘ay. Qush ta’rifida degani barcha lof, o‘z tahsinida so‘zlagani bori gazof. Muncha mazmun amrig‘a bois nafs komi, xoh emgagi, xoh tomoshasi, xoh kabobi, xoh bek in’omi. Masnaviy: Bular boisi barcha nafsoniyat Ki, anda doxil insoniyat. Ko‘nolg‘a olib qayda qo‘nsa diram, Ot arpasi ham, qushig‘a to‘‘ma ham. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling